Suyaklar klassifikatsiyasi. Suyaklarning shakli (tuzilishi). vazifasi va rivojlanishi darajasi bilan uch anatomik sinflarga bo’linadi. Shu printsip asosida suyaklar uzun va qisqa naysimon, uzun g’ovak, qisqa va sesamosimon, hamda bosh miya, tos (chanoq) va yelka kamarlari, aralash suyaklariga ajratiladi.
U z u n n a y s i m o n (yelka, bilak, tirsak, son. katta va kichik boldir) suvaklari g’ovak va zich (kompakt) moddalar bo’lib, uning o’rtasida ilik yog’i joylashgan bo’shlig’i mavjud. Har bir naysimon suyak tana (diafiz) qismidan va ikkita kengaytirilgan (epifiz) boshchalaridan iborat. Bu boshchalarida, tog’aylar bilan qoplangan, bo’g’im yuzalari joylashgan. Naysimon suyaklarninig zich qavati. diafiz qismida yaxshi rivojlangan. G’ovak modda esa- suyak ichining epifiz qismida bo’ladi. Uzun naysimon suyaklar tayanch, himoya va harakatlantirish vazifalarini bajaradi.
Q i s q a n a y s i m o n (qo’lva oyoq kafti, barmoq falangalari) suyaklari uzun naysimon suyaklarga o’xshash, lekin ular ancha qisqa bo’lib, richag vazifasini bajaradi.
U z u n g’o v a к (qovurg’a, to’sh) suyaklari asosan g’ovak moddalardan iborat bo’lib, atrofi zich qavat bilan qoplangan. Ular himoya va tayanch vazifalarini bajaradi.
Q i s q a g’o v ak (umurtqa, qo’l kaft usti, oyoq kaft oldi) suyaklari asosan tayanch vazifasini bajaradi.
S e s a m o s i m o n (tizza qopqog’i. no’xotsimon, qo’l va oyoq barmoqlarininig sesamosimon suyaklari) bo’g’im atrofida joylashgan bo’lib, ularni barpo bo’lishiga va harakatlanishiga yordam beradi, lekin skelet suyaklari bilan bevosita bog’liq emas.
Ya s s i (yopib turuvchi) bosh suyaklari - himoya, (kurak, chanoq) suyaklari himoya va tayanch vazifalarini bajaradi. Yassi suyaklar, ichki va tashqi zich plastinalar oralig’ida, yupqa g’ovak qatlamni tashkil qiladi.
A r a 1 a sh (bosh suyaklarining asosi) suyaklariga bir necha turdagi birikib ketgan suyaklar kiradi. Bunda mushaklar yopishadigan joylarida, g’adir-budir va o’simtalar bo’ladi. Yoshi ulug’ odamlarda, yosh bolalarga nisbatan, erkaklarda ayollarga nisbatan bu g’adir-budirliklar va o’simtalar ancha ko’proq rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |