Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari
Download 1.67 Mb.
|
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3.1. QOL’NI ERKIN TURGAN QISMINI SKELETI.
Skeletning qismlari. Odam skeleti tana, oyoq va qo’lni erkin turgan qismi va bosh skeletlaridan tashkil topgan. Tana skeleti umurtqa pog’onasi va ko’krak qafasi
suyaklaridan iborat. Umurtqa suyaklari skeletning tayanchi hisoblanib, oraliqlarida egiluvchanligini oshirish uchun tog’ay disklai*i bor, 33-34ta suyaklardan tuzilgan. Umurtqa suvaklari bir-birlari bilan mustaxkam boylamlar yordamida birikishi natijasida. umurtqa bukilish va yozilish. ya'ni old va orqaga egilish qobiliyatiga ega. Umurtqa suyaklari yettita bo’yin umurtqasi, o’n ikkita ko’krak, beshta bel, beshta dumg’aza, to’rt yoki beshta dum kabi besh bo’lakka bo’linadi. Dumg’aza va dum umurtqalari ko’pincha birlashib umumiy dumg’aza va dum suyaklarini tashkil qiladi. Ko’krak umurtqa bo’limi old tomonida to’sh bilan birikkan o’n ikki juft qovurg’alar ko’krak qafasini tashkil qiladi. O’n ikkitadan ustki yetti juft qovurg’alar o’zlarining tog’aylari bilan to’shga birikkan va ular asosiy qovurg’a, pastki besh jufti esa to’shgacha yetib kelmay. “yolg’on qovurg’alar’*deb ataladi. Ulardan, 8-nchi, 9-nchi va 10-nchining bir qismi, ustida turgan qovurg’aga tog’aylar vositasida yoysimon ulangan, pastki 11-chi va 12-chi qovurg’alar “yetim qovurg’alar” deb atalib, bir-birlari bilan birikmaydi. Bosh suyaklarining skeleti boshqalardan fai*qli ravishda, ancha murakkab tuzulishga ega. Bosh suyaklari bir-birlari bilan mustaxkam birikkan va yoshi ulug’ odamlarda ularning ko’pchiligi chatishib ketgan bo’ladi. Qo’l va oyoq skeleti qo’l va oyoqning erkin turgan qism suyaklari va tanaga birikkan yelka va chanoq kamarlariga bo’lish qabul qilingan. Povabzal va qo’lqop loyihalovchi konstruktorlarga asosan qo’l va oyoqni erkin turgan qismini tuzilishi va vazifasini bilishini hisobga olib. ularni anatomiya va fiziologivasini batafsil ko’rib chiqamiz. 1.3.1. QOL’NI ERKIN TURGAN QISMINI SKELETI. Qo’lni erkin turgan qismi o’zining lokomotor (lokomatsiya-harakat) vazifasini yo’qotgan. Odamning mehnat faoliyati tufayli. u boshqa jonzodlardan farqli ravishda, qo’l har xil va aniq harakat bajariladigan ushlash qobiliyatiga ega organga aylangan. Natijada qo’l, mehnat organi bo’lib, oyoq suyaklaridan nisbatan yengil va nozik, bundan tashqari ular juda serharakat birikmalar bilan birlashgan. Qo’l skeleti yelka kamari va qo’lni erkin turgan qismlaridan iborat ikki bo’lakka bo’linadi. Y e l k a k a m a r i n i n g s k e l e t i . U qo’lni erkin turgan qismini tana bilan birlashtiruvchi va birlashuvchi bo’laklarning mushaklarini boshlanish joyi hisoblanadi. Kurak (1.3.a-rasm) va o’mrov (1.3.b-rasm) suyaklari yelka kamarining skeletiga kiradi. u г a к yassi uchburchak shakldagi suyakdan iborat bo’lib, tananing orqa yuzasiga yopishgan. U ustki 1, medial 6 va lateral 5 tomonlaridan, yana lateral 13, pastki 12 va ustki 10 burchaklaridan iborat. Ustki tomoni chuqurcha 2 ga ega (1.3.a-rasm). Medial tomoni umurtqa pog’onasiga, lateral tomoni esa qo’ltiq chuqurligiga qaragan. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling