Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari
Download 1.67 Mb.
|
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI
Suyaklarning tuzilishi. Suyaklaming asosi zich va g’ovak moddalardan iborat suyak plastinalaridan tashkil topgan. Suyak plastinalari ma'lum yo’nalishda joylashgan bir-biriga paralel tolalardan iborat. Suyakning g’ovak plastinalari o’ziga xos to’r kabi chatishib ketgan suyak boylamlaridan tuzilgan. Har bir suyak o’ziga xos mexanik harakatga bog’liq tuzilishga ega bo’lib, ularning plastina va to’siqlarining yo’nalishi shu bo’limda siqilish chizig’iga monand ravishda joylashgan bo’ladi. Ikki qo’shni suyaklar plastinalarining yo’nalishi bir birining davomchisi bu’lib, ular bo’g’imlarda tugaydi. Masalan, oyoq panjasida har bir gumbazligi qator mustaqil suyaklardan iborat bo’lib, suyak plastinalarining yo’nalishi yoyga o’xshash shaklga ega.
Suyak kompakt (zich) va g’ovak moddalardan tashkil topgan. Suyakda, vazifasiga qarab kompakt va g’ovak moddalar taqsimlanangan. Kompakt modda ko’pincha tayach va harakat (richag) vazifasini bajaruvchi suyaklarda, yoki ularning qisimlarida joylashgan. Suyaklarda yengillik va mustaxkamlik talab qiladigan qisimlarida g’ovak moddalar bo’ladi. Suyaklarning yuzalari suyak pardasi bilan qoplangan. Suyak pardasi bog’lovchi-to’qimali g’ilof bo’lib, u tashqi - tolasimon va ichki - suyak tashkil qiluvchi qavatlardan iborat. Suyak pardasi suyak ichiga kirib boruvchi qon tomirlari va nerv tarmoqlari bilan boyitilgan. Suyak pai*dasida sezuvchi nerv tolalari mavjudligi tufayli suyaklar lat eyish paytida og’riq seziladi. Suyak pardasi himoya. modda almashinuv(trolik); nerv - boshqarish va suyak tashkil qilish vazifalarni bajaradi. Suyak pardasining ichki qavat hujayralarini ko'payish (bolalash) hisobiga suyakning qalinligi oshadi va lat egan, yoki singan suyaklarni bitib ketishiga xizmat qiladi. Suyaklarni birlashuvchi, ya'ni bo’g’im qismida suyak pardasi bo’lmaydi. Suyakning ichida ilik yog’i joylashgan bo’lib, u qizil yoki sariq rangda bo’ladi. Qizil ilik yog’i qon tashkil qiluvchi organ hisoblanadi. Yoshi ulug’ odamlarda qizil ilik suyakning g’ovak (naysimon suyaklaming epifizida, umurtqa, qovurg’a. to’sh chanoq va bosh suyaklarida) qismida joylashgan bo’ladi. Sariq ilik yog’i esa- naysimon suyaklarning diafiz bo’shlig’ida bo’lib, ular yog’ hujayralariga boy. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling