Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


ANATOMO-FIZIOLOGIK ASOSLARI


Download 1.67 Mb.
bet2/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

ANATOMO-FIZIOLOGIK ASOSLARI.

Odam anatomiyasi, organizmning hayot faoliyatini o’rganuvchi biologik ta'limotlar turkumiga kiradi. Odam organizmi umumiy birlikni tashqil qilib, hamma sistema va a'zolar rivojlanishi va vazifalarni bajarishi chambarchas bog’liq. A'zolarning o’zgaruvchanligiga homilaning rivojlanishi, yoshi, jinsi, odam hayotining ijtimoiy, mehnat va turmush sharoitlari ta'sir ko’rsatadi. Homilani rivojlanishi bilan bog’liq omillarga odamlarga irsiyat orqali o’tuvchi va shu irsiyat bilan tug’ilishi kiradi.


Odam tanasining hamma a'zolari voshiga bog’liq o’zgarishlarga moyil. Bular natijasida bir xil a'zolar tezroq rivojlanadi, boshqalari esa - tezroq qariydi.


Jinsiy hususiyatlar butun a'zolarini tuzilishidagi u yoki bu darajada, ayniqsa kichik tos a'zolarining o’zgarishlariga bog’liq.


Shunday qilib, xuddi yuqorida keltirilgan omillar kabi, odam organizmining individual o’zgaruvchanligi, cheksiz va xilma-xil deb hisoblanadi.


Anatomiya (grekcha anatome-bo’linish) - a'zolar, sistemalar va butun organizmni shakli va tuzilish haqidagi fan. U odam tanasini vazifasidan kelib chiqib, dunyoga kelishi, yoshi, mehnat tarzi va sharoitiga nisbatan tuzilishini va rivojlanishini o’rganuvchi fan va u morfologiyani bir bo’limi hisoblanadi [1].

Organizmni qismlarga ajratish usuli bilan uning tuzilishini o’rganish tavsiya etiladi.


Har xil darajadagi tirik materiyaning tashqil qilish, hujayralar va ularni bo’laklarini tuzilish qonuniyatlarini o’rganish, organizmni va butun tanani anatomiyasi hisoblanadi. Anatomiyaning moxiyati, fizologiya va antropologiya kabi fanlar bilan chambarchas bog’lanib ketishishidir.


Fiziologiya (grekcha physis-tabiyat va logiya - o’rganish) - yaxlit organizm, ayrim organlar va ular sistemasining, ya'ni hujayra va a'zolarning hayot faoliyatini o’rganuvchi fan.
Anatomiya va fiziologiya chambarchas bog’liq fanlar. Odam organizmini tuzilishi va vazifalari bir-biri bilan bog’liq, hamda mustaxkam hamkor. Odamning xar bir organi muayyan vazifani bajaradi. Umumiy vazifalarni birgalikda bajaradigan organlar, guruhlar va sistemalarni tashqil etadi. Organlar sistemalarini faoliyati o’zaro bog’liq. Organ, bu tananing bir qismi bo’lib, u o’z tuzilishiga, shakliga ega va bitta yoki bir nechta vazifani bajaradi. Ular bir vaqtda kechuvchi uyg’un jarayonlar sifatida, butun organizmning hayotini ta'minlaydi. Bir xil organlar zararlanishidan himoya qiladi, boshqalari uning harakatlanishini ta'minlaydi, uchinchi xil organlar ovqatni o’zlashtirib, to’rtinchi xil organlar tananing hamma organlariga to’xtovsiz qon yetkazib beradi. Xar bir organda qon tomirlari mavjud. Ko’plari esa ingichka tomirlarga ega. O’xshash vazifani bajaruvchi har xil organlar bir sistemaga birlashgan bo’ladi. Bular tayanch harakat, ovqat hazm qilish, ichki sekretsiya bezlari, ko’payish organlari kabi
sistemalardir. Masalan; o’pka - havo almashish. buyrak - siydik ajratish, oshqozon esa ovqat hazm qilish vazifalarini bajaradi.


Morfologiya (grekcha morphe - shakl va logiya - o’rganish) - organizmning shakl va tuzilishini o’rganuvchi fan. Odam morfologiyasi - antropologivaning bir bo’limi
bo’lib, odam organizmini yosh jinsiy, xududiy va kasbiy (professional) o’zgaruvchanlik qonunivatini o’rgatadi.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling