Sayfi Saroyi she’rlariga nazar solsak, mavzu jihatdan turlicha ekanligini ko’ramiz. Ishq-muhabbat, vafodorlik va sadoqat mavzulari yetakchilik qilgani holda, odamiylik, inson qadr-qimmati, ijtimoiy mavzular ham uchraydi. SHoir so‘z o’yinlaridan mahorat bilan foydalanadi. «Erur» radifli g’azali bu jihatdan xarakterlidir: - Sayfi Saroyi she’rlariga nazar solsak, mavzu jihatdan turlicha ekanligini ko’ramiz. Ishq-muhabbat, vafodorlik va sadoqat mavzulari yetakchilik qilgani holda, odamiylik, inson qadr-qimmati, ijtimoiy mavzular ham uchraydi. SHoir so‘z o’yinlaridan mahorat bilan foydalanadi. «Erur» radifli g’azali bu jihatdan xarakterlidir:
Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur, - Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur,
- Bo‘yina oshiq sanubar, yuzina gul, zor erur.
- Og’zi fistuq, ko‘rki tangsuq, o‘zi mushfiq yor erur,
- Husnining chovi Xitou CHin ichinda bor erur.
- Asli alchin, so’zlari chin, ko‘zlari totor erur,
- Ming yashar har kim dudog’i sharbatin totor erur...
- Vasfina Sayfi Saroyining ishi ash’or erur,
- Andin o’zga birla oshiqqa yemak osh, or erur.
Sayfi Saroyi g’azallari o‘zining ohangdorligi, sodda va o‘ynoqiligi bilan ham ajralib turadi. - Sayfi Saroyi g’azallari o‘zining ohangdorligi, sodda va o‘ynoqiligi bilan ham ajralib turadi.
- Yangi oydur qoshing, ey ko‘rka boyim,
- Qilur ta’zim yuzungni ko‘rsa oyim.
- Su ichkanda dudog’ingdan su tomsa,
- Bitar qandu shakar ul yerda doyim...
SHoir yaxshilikni ilgari suradi. Yomonlik qilganga ham yaxshilik qil deydi: - SHoir yaxshilikni ilgari suradi. Yomonlik qilganga ham yaxshilik qil deydi:
- Yamonlik qilgan erga, ezgulik qil,
- Qopar it og’zini luqma otadur.
- Sayfi Saroyining bunday qarashlari «Gulistoni bit- turkiy»da keltirilgan baytlarda ham ko’rinadi.
- Etganicha kuching ko’ngul yopqil,
- Kim xaloyiq senga duo qilg’ay.
- Tushgan er hojatin ravo qilsang,
- Haq sening hojating ravo qilg’ay.
Do'stlaringiz bilan baham: |