Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar:
Malaka oshirish kursi o‘quv rejasining “Pedagogning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish”, “AKT va mediasavodxonlik”, “O‘zini-o‘zi rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari”, “Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi”, “Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari”, “Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda foydalanish masalalari”, “Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari”, “O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari” modullari bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar tegishli yo‘nalish bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim va Texnologiya fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablari bilan belgilanadi.
Malaka oshirish kursining davomiyligi 36 soatni tashkil etadi. Malaka oshirish toifasi bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgan kurs tinglovchilariga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. O‘quv modulining har 2 soatini o‘zlashtirganligi uchun tinglovchiga 1 kredit ball beriladi.
Dasturning axborot-metodik ta’minoti
Modullarni o‘qitish jarayonida ishlab chiqilgan o‘quv-metodik majmualar, ilmiy jurnallar, internet resurslari, multimedia mahsulotlari hamda boshqa elektron va qog‘oz variantdagi manbalardan foydalaniladi.
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari texnologiya fani o‘qituvchilarini ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish shaklidagi uzluksiz kasbiy rivojlantirish” kursining ishchi o‘quv dasturidagi modullarning mazmuni
“PEDAGOGNING KOMMUNIKATIV KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH” MODULI
Do'stlaringiz bilan baham: |