Amaliy ish №1 Mavzu
Yo’l – yo’riqlar o’tkazish tartibi haqidagi Nizom
Download 76.79 Kb.
|
1-amaliyot XQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastlabki yo’l– yo’riq
- Birlamchi yo’l– yo’riq
- Takroriy yo’l– yo’riq
- Rejadan tashqari yo’l– yo’riq
Yo’l – yo’riqlar o’tkazish tartibi haqidagi Nizom
Ishga kirishda va ishlash davrida har bir ishchilar quyidagi yo’l – yoriq va sinovdanlardan o’tkaziladi Dastlabki yo’l – yo’riq Birlamchi yo’l – yo’riq Takroriy yo’l – yo’riq Rejadan tashqari yo’l – yo’riq Maxsus yo’l – yo’riq Joriy yo’l – yo’riq Dastlabki yo’l– yo’riq mehnat xavfsizligi buyicha barcha ishga kirayotgan xodimlarga, ishchilarda maxsus dastur asosida xavfsizlik texnikasi bo’limining kabenitida o’tkaziladi. O’tkazilgan yo’l – yo’riq haqida yo’l – yo’riq o’tkazgan va yo’l – yo’riq bilan tanishgan kishilar maxsus jurnalga qayd etiladi va imzo quyadilar. Birlamchi yo’l– yo’riq ishchi va birinchi kun ishga chiqqanda, ya’ni unga sexda ishlash paytida zarur bo’ladigan qoidalar va xavfsizlik talablarini o’rgatish maqsadida maxsus tasdiqlangan dastur asosida o’tkaziladi. Birlamchi yo’l – yo’riq sex boshlig’I yoki u tayinlagan muhandis texnik xodimlar tomonidan o’tkaziladi. Birlamchi yo’l – yo’riq tushuntirilgandan so’ng ishchidan yo’l – yo’riq haqidagi tushunchalar so’raladi va ishchining shaxsiy yo’l – yo’riq kartasiga yozilib, unga yo’l – yo’riq o’tkazuvchi va yo’l – yo’riq olgan ishchi imzo quyadilar. Birlamchi yo’l – yo’riqdan o’tgan ishchi ish usullari va ishlashni o’rganish uchun sinov muddatini o’taydi. Takroriy yo’l– yo’riq yakka tartibda yoki bitta kasbdagi bir guruh ishchilar uchun texnika xavfsizligi bo’yicha bilimini oshirish va shu kasb uchun zaruriy yo’riqnomalar hajmida o’tkaziladi. Takroriy yo’l – yo’riq bevosita rahbar, ya’ni smena ustasi tomonidan o’tkaziladi. Takroriy yo’l – yo’riq o’tilgani haqida ishchining shaxsiy yo’l – yo’riq kartasiga yozib, yo’l – yo’riq o’tkazgan va yo’l – yo’riq olgan kishi imzo quyadilar. Rejadan tashqari yo’l– yo’riq bevosita javobgar xodim tomindan quyidagi hollarda o’tkaziladi. Sxemalar yoki texnologik jarayon tartibi o’zgarganda, yangi ishlab chiqarish jihozlariga almashilganda; Xavfsiz ish olib borilishi uchun yangi yoki qayta ishlangan yo’riqnomalar amalga kiritilganda; Ishni xavfsiz bajarish uchun texnika xavfsizligi qoidalariga va yo’riqnomalarga amal qilinmaganda Nazorat tashkilotlari va yuqori tashkilot talabi asosida Ish jarayonida 60 taqvim (kalendar) kunidan 1 yilgach uzulish bo’lsa. Ishchi yo’riqnomalari va texnika xavfsizligi bo’yicha ishchiing bilimi qoniqarsiz deb topilganda; Korxonaga qo’shni korxonalardan halokat (avariya) va baxtsiz xodisalar sodir bo’lganligi haqida ma’lumotlar kelganida; Korxona va sexda sodir bo’lgan halokat va baxtsiz xodisalardan so’ng o’tkaziladi. Rejadan tashqari yo’l – yo’riq o’tilgandan keyin ishchining shaxsiy yo’l – yo’riq kartasiga yozilib imzolar quyiladi. Download 76.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling