Amaliy ish mavzu: iii-sinf nivelirlash dasturi bo`yicha nivelirlashni bajarish va jurnalni ishlab chiqish
Download 58.06 Kb.
|
4-amaliy ish geodeziya)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rtacha
4-AMALIY ISH Mavzu: III-sinf nivelirlash dasturi bo`yicha nivelirlashni bajarish va jurnalni ishlab chiqish Amaliy ishni bajarish uchun berilgan ma’lumotlar:
III - sinf nivelirlashni bajarishda quyidagilarga amal qilish talab etiladi:
Stansiyalardagi nivelirlash quyidagi tartibda bajariladi: (1-jadval).
1 – jadval Nivelirlash yo‘li 27 gurunt reperidan 28 grunt reperigacha. 2022 y. 5 noyabr boshlanishi 1030, ob-havo ochiq. Tugashi 1120. Tasvir – ravshan.
Berilgan variantldagi ma’lumotlarga y’ani nivelirning qarash trubasi orqali reykalardan olingan sanoqlar bo’yicha jurnaldagi xisoblash ishlari quyidagi tartibda bajariladi:
(9) = (2) – (3), ya’ni 1050 – 1550 = 500 yoki 50,0 m; (10) = (5) – (6), ya’ni 0551 – 1051 = 500 yoki 50,0 m.
(11) = (2) – (5), ya’ni 1050 – 0551 = + 0499 mm; (12) = (3) – (6), ya’ni 1550 – 1051 = + 0499 mm.
(13) = (9) – (10), ya’ni 500 – 500 = 0; (13) = (12) – (11), ya’ni + 0499 – (+ 0499) = 0. (13) farqlar – orqa va oldindagi reykagacha bo‘lgan masofalarning bo‘laklardagi farqi bir-biriga teng bo‘lishi va 20 mm dan oshmasligi kerak. Farqlar «nisbiy balandliklar» ustuniga qiya chiziqchaning ustiga yoziladi. Bu farqlarning yig‘indisi (13) kabi bir yo‘la xisoblab ketiladi va va ushbu ustunga qiya chiziqning tagiga yoziladi. Butun seksiya bo‘yicha yig‘ilgan farqlar yig‘indisi bo‘laklarda 50 mm dan yoki masofada 5 m dan oshmasligi kerak.
(14) = (1) – (4), ya’ni 1300 – 0801 = +0499 mm; (15) = (8) – (7), ya’ni 5982 – 5585 = +0397 mm.
(16) = (8) – (1), ya’ni 5982 – 1300 = 4682 mm; (17) = (7) – (4), ya’ni 5585 – 0801 = 4784 mm.
(18) = (14) – (15), ya’ni +0499 – (+0397) = + 102; (18) = (17) – (16), ya’ni 4784 – 4682 = + 102; (18) qiymat, ya’ni nisbiy balandliklar farqi reykalar nol shkalasining oldindan ma’lum bo‘lgan 3 mm dan iborat farqlaridan oshmasligi kerak. (18) formula ikkala xisoblashlarda xam bir xil natija berishi kerak. Bu stansiyalarda xisoblash ishlarining to‘g‘ri bajarilganligini bildiradi.
.
Ularning farqi 3 mm oshmasligi kerak, aks xolda stansiyalardagi barcha kuzatishlar takrorlanadi. Keyingi stansiyalarda xisoblash ishlarini bajarishda (16) va (17) farqlar xamda (18) farqlar ishorasining almashinishiga e’tibor berish zarur, bu almashinish jurnaldagi xisoblashlar va yozuvlarning to‘g‘riligini ko‘rsatadi. Seksiyalardagi nivelirlash ishlari tugatilganidan keyin nazorat xisoblashlariga kirishiladi. Nazorat ishlari xar bir betda va nivelir yo‘li oxirida quyidagi tartibda bajariladi:
(20) = (9) = 1823; (21) = (10) = 1822. (20) + (21) farqlar yig‘indisini metrga aylantirish uchun ushbu yig‘indi 10 ga bo‘linishi kerak (20) va (21) qiymatlar orasidagi farqlar qiya chiziqning ustiga yoziladi va berilgan betdagi barcha stansiyalar uchun (13) farqlar yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak. Nivelir yo‘li bo‘yicha reyka va nivelir orasidagi (22) masofalar tengsizliklari to‘plamlari yig‘indisi, qiya chiziqning tagiga yoziladi. Qiya chiziqning tagidagi (22) qiymati oxirgi stansiyaga tegishli qiya chiziqning tagidagi ushbu betdagi (13) qiymatga teng bo‘lishi kerak. Orqadagi reykadan olingan xamma sanoqlar yigindisi (23) formula orqali xisoblanadi: (23) = (1) + (8) = 32558. Oldingi reykadan olingan barcha sanoqlar yig‘indisi (24) formula bo‘yicha xisoblanadi: (24) = (4) + (7) = 24311.
(25) = (14) + (15) = +8247.
(26) = (19) = +4123,5. Orqadagi va oldingi reykalar bo‘yicha olingan sanoqlar yig‘indilari orasidagi farqlar xisoblanadi: (27) = (23) – (24) = +8247.
(28) = (25) = = +4123,5.
(27) = (25), ya’ni +8247 = +8247. (26) = (28), ya’ni +4123,5 = +4123,5. To’g’ri va teskari nivelir yo’llari o’lchab chiqilgandan keyin ulardan topilgan nisbiy balandlik farqi kuyidagicha topilagi: d = hto’g - htes . Farq- d = ± 10 mm chekdan oshmasligi kerak. Download 58.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling