Amaliy ish topshirig’i: Har bir talaba mavjud biznes loyihasi bo’yicha “Beam Denta” misolida


Amaliyotda raqamli biznes modellari: tish cho'tkasi innovatsiyasi


Download 221.08 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi221.08 Kb.
#1603748
1   2   3   4
Bog'liq
5-amaliy dars

2.Amaliyotda raqamli biznes modellari: tish cho'tkasi innovatsiyasi
Biz ushbu bo’limda kundalik obyektga raqamli biznes modellarini qo'llashning oddiy holatini ko'rib chiqamiz; tish cho'tkasi misolida. Keling misolni avvalo oddiy, kundalik hayotimizga yaqinroq narsadan boshlashga harakat qilib ko’raylik. Raqamli biznes modellarini qanday qilib hayotiy narsalarga – masalan tish cho'tkasiga qo'llashimiz mumkinligini ko'rib chiqamiz. Tish cho'tkasi mahsulotiga yana qanday yangilik kiritishimiz mumkin? Biz hammamiz tish cho'tkasi mahsulotlarida mavjud bo’lgan son-sanoqsiz o'zgarishlarni bilamiz, bular - o'zgaruvchan ranglar, yumshoqlik, bolalar va kattalar uchun tish cho'tkalari, elektr tish cho'tkalari va boshqalar. Tish cho'tkasidagi yangilik bu – unga yanada boshqacha xususiyatlarni qo'shishni anglatadi. Bu biznes modeli to'g'ri chiziqli biznes modelidir; tish cho'tkasi mahsuloti sizning tishlaringiz gigiyenasini yaxshilashga yordam berish orqali qo'shimcha qiymat qo'shadi. Qiymat tish cho'tkasining o'zi orqali yetkazib beriladi - va mahsulot uchun pul to'lash orqali sotib olinadi. Ushbu biznes modelini nusxalashdan himoya qilishda klassik tovar belgilari, marketing va tarqatish kanallaridan tashqari boshqa himoya vositasi yo’q. Tish cho'tkalarini ishlab chiqaruvchilar raqamli texnologiyalar vositasida yanada sifatli mahsulotlar yaratishga harakat qilishayotgani ajablanarli hol emas.

“Oral B” telefon Bluetooth tizimi orqali ulanadigan elektr tish cho'tkasini ishlab chiqaradi. Qo'shimcha ilova tishlar gigiyenasini yaxshilashni monitoring qilishda yordam beradi, siz qancha vaqt tishlarni yuvganingiz, necha marta yuvishingiz va tishlarni tez-tez yuvishingiz uchun motivatsiya beradi. Ushbu VisionMobile ma’lumotlari asosida foydalanishni rag'batlantiradi, diqqat markazida qiladi, foydalanishni kuzatadi uchinchi tomon (ishlab chiquvchi) dasturlari orqali Hammadan ilgari harakat qilishning afzalligi tish cho'tkasi Raqamli tish gigiyenasi qurilmalarni sotish Yaratish yetkazish egallash himoya qilish An’anaviy mahsulot foydalanuvchilarning tish yuvish odatlarini monitoring qilish va tishlarini tez-tez tozalashni eslatish orqali ko'proq qiymat yaratadi. Bu esa yanada o'sib borayotgan yangilikdir. Keyingi bosqich nima bo’lishi mumkin? Qanday qilib biz raqamli biznes modellari orqali tish cho'tkasi mahsulotida navbatdagi boshqa yangiliklar kirita olamiz? “Oral-B”, dasturiy ta'minot ishlab chiquvchilariga tish cho'tkasi qiymatini oshiruvchi yangi usullarini qo’shishga imkon beradigan SDK (dasturiy ta'minotni ishlab chiqarish to'plami) ni taklif etadi. SDK-dan foydalangan holda, foydalanuvchi qanchalik tez-tez tishlarini yuvayotgani, tishlariga qanday bosim o'tkazayotgani, qancha vaqt tishlarini yuvayotgani va boshqa ko'p narsalarni aniqlashi mumkin. Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar endi tish cho'tkasining funksiyasini kengaytiradigan va ishlab chiqaruvchi hech qachon tasavvur qilmagan yoki hech qachon tajriba qilishni xayoliga keltirmagan mobil yoki veb-ilovalarni yaratishi mumkin. Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar endi "Oral-B" kabi, sog'lom tish yuvish faoliyatini rag'batlantiruvchi qiziqarli tajribalar yoki ogohlantirishlarni ishlab chiqishi mumkin. Biznes-model endi yana ham yangi yo'llar bilan - uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilari dasturlari orqali qiymatlarni taqdim etadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchiga o'z biznesini yangi usullar bilan ishlab chiquvchilar va ularning ilovalari ekotizimini rivojlantirish orqali himoya qilishga imkon beradi. Muvoffaqiyatga erishilgan taqdirda, ushbu raqamli biznes model kompaniyaga raqobatdosh ustunlik berib, boshqa hamkorlarni jalb qilish orqali minglab dastur ishlab chiqaruvchilar hamda foydalanuvchilar uchun xilma-xil va foydali platformalarni yaratishi mumkin. Bozorga yangi kirgan boshqa ishlab chiqaruvchilar dasturchilarni “Oral-B” platformasidan emas, balki boshqa manbaalardan jalb qilishlari kerak bo’ladi. Tish cho'tkasi innovatsiyasini yanada rivojlantirishni tasavvur qila olasizmi? Sizning tish cho'tkangiz bilan birgalikda ishlaydigan sug’urta plani taklif qiluvchi start-up “Beam Dental” misolini ko'rib chiqishimiz mumkin. Yaratish yetkazish egallash himoya qilish
Beam Dental” raqamli biznes modeli
Rivojlangan bozorlarda tish cho’tkasi bilan bog’liq innovatsiyaga “Beam Dental” biznes modeli misol bo’la oladi. “Beam Dental” faqat odatiy tish cho’tkasi bilan ajralib qolmaydi. Unda cho’tkalar turi juda ko’p. Shu bilan birga bu cho’tkalar elekronlashgan bo’lib tish insondan ko’ra yaxshiroq tozalay oladi. Bu kompaniya 5ta yangicha fikrni ilgari suradi. Elektr tish cho‘tkasi oddiy tish cho‘tkasidan yaxshi va qattiq cho‘tkalar tish emalidagi mikroblarni yaxshi ketkazadi — bu va boshqa tabassumga zarar yetkazadigan yanglish fikrlarga ko‘pchilik ishonadi. «Noviy ochag» nashri ana shunday ommalashgan qarashlardan qaysilari aslida yanglish ekani haqda so‘z yuritdi.


Download 221.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling