Amaliy ishi №5. Tormoz kolodkalariga yo‘l qo‘yilgansiqilish kuchini anilash


Download 25.01 Kb.
Sana25.10.2023
Hajmi25.01 Kb.
#1720653
Bog'liq
Amaliy ishi-5


Amaliy ishi №5.
TORMOZ KOLODKALARIGA YO‘L QO‘YILGANSIQILISH KUCHINI ANILASH
5.1 Tormoz kolodkalarining hisobiy va haqiqiy bosish kuchini hisoblash
Tormoz kolodkasining g‘ildirakka haqiqiy bosish kuchi



5.1

Tormoz silindri shtokida hosil bo‘layotgan kuchni aniqlash uchun





5.2

bu yerda – tormoz silindri shtokida hosil bo‘layotgan kuch, N;


– tormoz silindrida havoning hisobiy bosimi, MPa;
– tormoz silindri diametri, m;
– tormoz silindrida ishqalanishlar sababli yo‘qotishlarni inobatga oluvchi koeffitsient, 0,98;
– tormoz silindrdagi qaytaruvchi prujinaning kuchi, N;
avtoregulyator prujinasi kuchi, N.
№483M havotaqsimlagichi bilan jihozlangan yuk va refrijerator vagonlarning tormoz silindrida hisobiy bosim o‘rnatilgan rejimga binoan tanlanadi. Vagon avtorejim va kompozitsion kolodkalar bilan jihozlangan holda havotaqsimlagich o‘rta rejimga o‘rnatiladi, cho‘yan kolodkalarda – yuklangan rejimga.
Avtorejim yo‘q bo‘lgan holda:
cho‘yan kolodkalar uchun – o‘qqa tushadigan yuklama 3 t gacha bo‘lsa – bo‘sh rejim, 3-6 t gacha – o‘rta rejim, 6 t dan yuqori – yuklangan rejim
kompozitsion kolodkalar uchun - o‘qqa tushadigan yuklama 6 t gacha bo‘lsa – bo‘sh rejim, 6 t dan yuqori – o‘rta rejim.
Havotaqsimlagichlar turli xil rejimlarga o‘rnatilganda tormoz silindrida hosil bo‘laytogan bosim qiymatlari 5.1-jadvalda keltirilgan.

5.1-jadval. Yuk va refrijerator vagonlari tormoz silindridagi hisobiy bosim



Yuklama o‘zgarganda havotaqsimlagich rejimi o‘zgarishi

Havotaqsimlagich rejimi

Hisobiy bosim qiymati, MPa

Tara

To‘liq yuklanganlik

Avtomatik (avtorejim)

O‘rta

0,13/0,16

0,30/0,34

Yuklangan

0,16/0,20

0,40/0,45

Qo‘lda

Bo‘sh

0,14/0,18

O‘rta

0,30/0,34

Yuklangan

0,40/0,45

5.2-jadval. Yo‘lovchi vagonlari tormoz silindridagi hisobiy bosim



Harakat tarkibi turi

Hisobiy bosim qiymati, MPa

Yo‘lovchi vagon

0,38/0,42

DDB1 dizel-poyezdi

0,32/0,34

Elektrpoyezdlar

0,32/0,36

Izoh – sur’atda keltirilgan qiymatlar vagonlarning tormoz kuchi bilan ta’minlanganligini va samarasini tekshirish uchun, maxrajdagi – g‘ildirak siqilib qolmasligi shartini tekshirish uchun.


Xar xil tormoz bosishi, yuklanganligi va turli xil vagonlardan iborat bo‘lgan tarkiblarning tormoz kuchini hisoblash mushkul. Buning sababi haqiqiy ishqalanish koeffitsienti bosish kuchiga bo‘gliqligida. Natijada hisob-kitoblar hajmi oshadi. Shu sababli va qiymatlarini hisobiy qiymatlar bilan alishtiriladi, quyidagi tenglamaga rioya etgan holda



5.3

bu yerda – g‘ildirak va rels orasida paydo bo‘layotgan haqiqiy tormoz kuchi;


– hisobiy tormoz kuchi;
– tormoz kolodkasining hisobiy ishqalanish koeffitsienti;
– tormoz kolodkasining hisobiy bosish kuchi.
3.3 tenglamadan hisobiy tormoz bosishini aniqlash uchun formula olinadi



5.4

Hisobiy ishqalanish koeffitsientlarini aniqlash uchun quyidagi formulalardan foydalaniladi:


- cho‘yan kolodkalar uchun (standart va fosfor miqdori yuqori bo‘lganlari)



5.5

- TIIR-300 materialidan tayyorlangan kompozitsion kolodkalar uchun





5.6

- TIIR-303 materialidan tayyorlangan kompozitsion kolodkalar uchun





5.7

1.3-1.6 va 3.5-3.7 formulalarni tegishli ravishda 3.4 tenglamaga qo‘yish orqali hisobiy va haqiqiy bosish kuchlari o‘rtasidagi bog‘liqlik olinadi.


- standart cho‘yan kolodkalar uchun



5.8

- fosfor miqdori yuqori bo‘lgan cho‘yan kolodkalar uchun





5.9

- TIIR-300 va TIIR-303 materialidan tayyorlangan kompozitsion kolodkalar uchun





5.10

3.8-3.10 formulalarda foydalanishda bosish kuchini kN da olish maqsadga muvofiq.


Cho‘yan kolodkalarga ega yuk vagonlari uchun o‘qqa bo‘lgan hisobiy bosish kuchi aniqlanadi (2 bir tomonlama bosishda, ikki tomonlama bosishda) va olingan qiyamtlar 5.1-jadvalda keltirilgan ruxsat etilgan qiymatlar bilan solishtiriladi. Hisob-kitoblar vagon bo‘sh va yuklangan holatlari uchun olib boriladi.
5.3-jadval. Yuk vagon o‘qiga cho‘yan tormoz kolodkalarining hisobiy bosish kuchi (tormozlarning samaradoriligi bo‘yicha minimal ruxsat etilgan kuchlar)

Yuklama o‘zgarganda havotaqsimlagich rejimi o‘zgarishi

Havotaqsimlagich rejimi

Vagon yuklanishi

Vagon tarasi, t

Tormoz kolodkalarining o‘qqa bosish kuchi, kN

Avtomatik (avtorejim)

Yuklangan

To‘liq

Ixtiyoriy

65

Bo‘sh vagon

27 gacha

35

27 dan 32 gacha

40

32 dan 36 gacha

45

36 dan 45 gacha

50

Qo‘lda

Yuklangan

To‘liq

Ixtiyoriy

65

Bo‘sh

Bo‘sh vagon

Ixtiyoriy

30

Download 25.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling