Amaliy ishi mavzu: Uglerodli po’latlarning yumshatilgan holatda mikrostruktura analizi


Download 18.95 Kb.
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi18.95 Kb.
#1119006
  1   2   3
Bog'liq
amalij-4


  1. Amaliy ishi

MAVZU: Uglerodli po’latlarning yumshatilgan holatda mikrostruktura analizi



Ishdan maqsad:Po’latning turlari va ishlatilish soxalarini o’rganish.



I. Ishni bajarish uchun umumiy ma’lumotlar
1.Po’latlarni klassifikastiyasi
Po’latlar o’z ishlab chiqarilishi usullariga ko’ra kanvertorli, martenli va elektr po’latlarga bo’linadi.
Kimyoviy tarkibiga ko’ra po’latlar uglerodli va legirlangan vazifasiga ko’ra esa konstrukstion, instrumental (asbobsozlik) va maxsus po’latlarga ajratiladi. Po’latlar bir-biridan o’zaro quyidagicha farqqiladi.
S 0,25% bo’lsa, kam uglerodli,
S 0,25,,, 0,60% bo’lsa, o’rta uglerodli,
S 0,6% dan boshlab esa yuqori uglerodli po’latlar deb qabul qilingan.
2. Uglerodli konstrukstion sifatli po’latlar.
Bunday po’latlar GOST 1050-74 bo’yicha tayyorlanib, ular quyidagi belgilari bo’yicha klassifikastiyalanadi.
a) materialni topshirish (etkazib berish) xolatiga qarab termik ishlovsiz, termik ishlangan-T va xokazolar;
b) vazifasiga qarab;
v) ishlov berish turiga qarab;
g) oshish (achish) darajasiga qarab;
d) mexanik xossalarini sinashdagi talablar bo’yicha.
Oddiy sifatli uglerodli po’latlar GOST 380-71 bo’yicha tayyorlanib, vazifalariga ko’ra 3 gruppaga bo’linadi:
A-mexanik xossalari bo’yicha topshirish:
B-kimyoviy tarkibi bo’yicha topshirish:
V-mexanik xossalari bo’yicha va kimyoviy tarkiblari bo’yicha topshirilishi.
Xar bir gruppadagi po’latlar o’z normativ ko’rsatgichlariga boғliq xolda kategoriyalarga bo’linadi, yaqni:
A gruppa-1,2,3; B gruppa-1,2; V gruppa-1,2,3,4,5,6.
Oddiy sifatli uglerodli po’latlar quyidagicha tayyorlanadi.
A-gruppa-StO, St1, St2, St3, St4, St5, St6;
B-gruppa-Bst0, Bst1, Bst2, Bst3, Bst4, Bst5, Bst6;
V-gruppa-Vst0, Vst1, Vst2, Vst3, Vst4, Vst5, Vst6;
1-4 nomeridagi hamma gruppalardagi po’lat markalarida oshish darajasiga qarab qaynaydigan, yarim tinch va tinch, 5 va 6 nomerli esa yarim tinch va tinch ko’rinishlarda tayyorlanadi.
Yarim tinch ko’rinishdagi po’lat markalaridagi 1-5 larda marganest miqdori oshirilgan bo’ladi. St0 va Vst0 po’lat markalari esa oshish darajasiga qarab bo’linmaydi.
Yuqorida keltirilgan po’lat markasidagi «St» qisqartirilgan xarflar «stal» (po’lat), 0 dan 6 gacha. Raqamlar esa tegishli po’latlarning kimyoviy tarkiblari va mexanik xossalariga boғliq xolda shartli marka nomerlarini bildiradi. Masalan: St0, St1. agar po’lat markalari oldida B va V xarflari qo’yilgan bo’lsa, tegishli po’latlarning qanday gruppaga kirishini bildiradi.
A gruppaga kiruvchi po’lat markalari oldida xech qanday tegishli xarf Aqo’yilmaydi. Masalan St3, St4 va boshqalar.
Po’lat markalaridan keyin oshishi darajalarini indeks sifatida xam ifodalar ko’rsatish qabul qilingan, ya’ni KP-qaynoq, P6-yarim tinch, SP-tinch. Masalan: St3ps2, VSt3kp2, VSt4ps2. Birinchi kotegoriya po’lat markalarini ifodalashda raqam ko’rsatilmaydi.
Agar po’lat markalarida oshish darajalari ko’rsatilmagan bo’lsa, u xolda tegishli po’lat kotegoriyalari chiziq (-) orqali ajratib ko’rsatiladi. Masalan: St-2, VSt3-2 va boshqalar
Yarim tinch xolatdagi po’latlarning tarkibida oshirilgan yoki ko’paytirilgan marganest miqdori mavjud bo’lsa, tegishli po’lat markasidan keyin G xarfi quo’yiladi. Masalan: St3Gps, VSt3Gps, VS3Gps3.
Yuqori kesib ishlanuvchan xususiyatga ega bo’lgan konstrukstion po’latlarni GOST 1414-75 bo’yicha tayyorlanadi. Bunday po’latlar kimyoviy tarkiblarga asosan 6 gruppaga bo’linadi: uglerodli-sulfidli; uglerodli-qo’rғoshinli; uglerodli-sulfidoselenli, xromli-sulfidoselenli, sulfidomarganest-qo’rғoshinli legirlangan qo’rғoshinlar.
Uglerodli sulfidli po’latlar A11, A12, A20, A30, A35, A40 ko’rinishidagi markalarda xarflardan keyin raqamlar tegishli po’lat tarkibidagi o’rtacha uglerod miqdorini yuzlik biriligi foiz (%) xisobida ekanligini ko’rsatadi.
G xarfi esa tegishli po’lat tarkibidagi marganest miqdorini oshirilganlini bildiradi. Bunday po’latlardan aniqligi yuqori darajada talab qilinmaydigan detallar, boltlar, gaykalar, shpilkalar, vintlar va shunga o’xshash detallar uchun ishlatiladi.



Download 18.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling