Amaliy mashgulot -1 Umm Kulsum o’zining serqirra ijodi bilan arab dunyosida Ishning maqsadi


Download 27.92 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi27.92 Kb.
#1541912
Bog'liq
1-AM MAV SHARQ XALQ


Amaliy mashgulot -1
Umm Kulsum o’zining serqirra ijodi bilan arab dunyosida
Ishning maqsadi: Umm Kulsum hayoti va ijodiyotini o’ranish
Anis Mansur Umm Kulsumga bargan tarifi haqida anglash.


Vazifa:
1. Umm Kulsum ijodi arab she’riyatining timsoli haqida bilish
2. Umm Kulsum o’zining serqirra ijodi va yaratgan kuy qo’shiqlarining o’rni butun dunyoda va buhaqida bilimga ega bo’lish
Umm Kulsum arab dunyosida o’zining yorqin ovozi, betakror ijodi bilan juda katta obro’-e’tibor va ahamiyatga ega bo’lgan qo’shiqchi san’atkordir. U yakkaxon xonanda bo’lib komillik darajasida faoliyat olib borgan va butun arab xalqlari tomonidan e’tirof etilgan san’atkordir. Shu bois uning ijodi ko’p asrlik arab musiqasi tarixida ham alohida o’ringa egadir.15 Uning ijodi Misrdagi yetti
mo’jizalardan biri - ehromlar bilan ham tenglashtirib, barhayot qo’shiqlari bilan mangu qolishi e’tirof etiladi. Mashhur arab publitsisti, shoir va dramaturgi Anis Mansur Umm Kulsumni qadim yunon qo’shiqchisi Orfey bilan tenglashtirgan edi.
U san’at sohasida arab dunyosida mavjud barcha faxriy unvonlarga ega bo’lgan. 1972 yili "Xalq san’ati arbobi" degan eng yuqori unvonga sazovor bo’lgan.
Ma’lumki, azaldan arab mamlakatlari an’anaviy musulmon maktablarida til, adabiyot, tarix va odob darslari bilan bir qatorda Qur’on va uni qiroat bilan o’qish ham o’rgatilib kelingan. Qur’on qiroat qilishni o’zlashtirgandan so’ng musiqiy cholg’ulardan biri - ud yoki qonunda asosiy maqomlar amaliy, ya’ni ustoz- shogird tarzida o’rgatilgan.16 Umm Kulsum Arab dunyosida shakllanib kelayotgan yangi avlod qo’shiqchilariga ibrat edi. Umm Kulsum ijodi arab she’riyatining chuqur ma’nosi timsolidir. Xonanda shoirlarning qo’shiq uchun yozgan matnlari ichida juda talabchanlik bilan ishlar edi. Uning repertuaridan shoirlar sardori Ahmad Shavqiy va Nil shoiri Hofiz Ibrohim va boshqalarning betakror va eng sara qasida, she’rlari o’rin olgan. Mazkur qo’shiqlar yo’nalishini uch yo’nalishga bo’lish mumkin: sevgi-muhabbatni madh etuvchi qo’shiqlar; vatanparvarlik to’yg’ularini aks ettiruvchi namunalar; diniy-falsafiy mavzudagi qo’shiqlar.17 Umm Kulsum o’zining serqirra ijodi, betakror ovozi bilan nafaqat arab dunyosida, balki jahonda ham obro’ topdi.
Download 27.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling