Ii. Asosiy qism Mavzu; O’rta asr,,O’n ikki maqom’’ tizimi Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism
Download 10.96 Kb.
|
Mavzu; O’rta asr,,O’n ikki maqom’’ tizimi Reja I. Kirish. II. A-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Mavzu; O’rta asr,,O’n ikki maqom’’ tizimi Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism Mavzu; O’rta asr ,,O’n ikki maqom’’ tizimi Reja: I.Kirish. II.Asosiy qism: 2.1.Maqomning kelib chiqishi va uning turlari. 2.2. O’rta asr ,,O’n ikki maqom’’ tizimini kelib chiqishi va uning ahamiyati 2.3. Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining ashula bo‘limini kelib chiqishi 2.4. Chorgoh (fors-to‘rt va joy, o‘rin) O‘n ikki maqom tizimidagi 24sho‘balardan biri haqida Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.II.Asosiy qism: 2.1.Maqomning kelib chiqishi va uning turlari.XX asrda maqom sanatining qadimiy o’choqlaridan bo’lmish Buxoro, Samarqand, Xorazm, Farg’ona va Toshkent uslublari umumlashtirilib, mushtarak anana sifatida ko’rila boshlandi. O’tmishda “ustoz-shogird” ananalariga tayangan maqom ijrochiligi yangi vosita va uslublar orqali o’zlashtirilib kelinmoqda. Yangi talim tizimida ananaviy ijrochilik uslublari XX asrning 20-yillarmdan Buxoro “Sharq musiqa maktabi”da, Samarqanddagi “Musiqa va xoriagrafiya instituti”da, Xorazm va Farg’onalarda ochilgan talim muassalarida o’pganish va o’zlashtirish ishlari amalga oshirildi. Maqomlar va ularning tarkibiy tuzilishi to’g’risida talaba yoshlarga dars davomida va bo’sh vaqtlarida ham malumotlar olishi uchun bugungi kunda yurtimizda barcha imkoniyatlar yaratilgan “Shashmaqom” turkumidagi birinchi maqomi- Buzruk (katta, ulug’) “12 maqom” turkumida asosiy maqomlardan biri bo’lib ashulalarni birlashtirgan. “Shashmaqom”da mazmunan, shaklan va hajmi jihatdan katta maqomlar toifasiga kiradi. Buzruk maqomining cholg’u-Mushkulot-bo’limi 7 qismli bo’lib, unga: Buzruk tarjei, Buzruk garduni, Buzruk muhammasi, Nasrulloyi mug’ammasi, Islimxon saqili va Sulton saqili kiradi. Har biri o’z mavzui, kuy-ohang rivoji va harakati, shakli va usuli bilan ajralib turadi. Buzruk tasnifi ohanglari mazkur maqomning bosh mavzui sifatida uning boshqa qismlarida ham namoyon bo’ladi va ruhiy holatni gavdalantiradi. Buzruk maqomining hamma cholg’u yullari kuy tuzilishi jihatdan mukammal va betakror asarlar bo’lib, ohangdorligi va tantanavorligi bilan insonni maftun etadi. Maqomning ashula-Hasr-bo’limi ikki guruh sho’balardan iborat. Birinchi guruh tarkibi: Buzruk sarohbori oltita taronasi bilan, Uzzol talqini taronasi bilan, Nasrulloyi uchta taronasi bilan, Uzzol nasri va Uzzol ufori. Download 10.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling