Shashmaqomning mushkulot qismi haqida


Download 1.17 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi1.17 Mb.
#234061
Bog'liq
Ziyotova Zilola

Shashmaqomning mushkulot qismi haqida

404 guruh talabasi Ziyotova Zilola Samaraliyevna

Shashmaqom ((oʻzb. shashmaqom, toj. шашмақом, fors شش‌مقام)) —

  • Shashmaqom ((oʻzb. shashmaqom, toj. шашмақом, fors شش‌مقام)) —
  • Tojik, oʻzbek, qoraqalpok va buxoro yahudi xalqlari musiqiy merosida markaziy oʻrin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang , usul, shakl, uslub kabi vositalar bilan oʻzaro uzviy bogʻlangan mumtoz kuy va ashulalar majmui.
  • Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgаn.

U muayyan shartsharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yoʻnalishlarida orttirilgan koʻp asrlik ilmiyijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Shashmaqom milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa anʼanalarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator bastakorlar avlodi sanʼatining qomusiy mahsulidir.

  • U muayyan shartsharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yoʻnalishlarida orttirilgan koʻp asrlik ilmiyijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Shashmaqom milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa anʼanalarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator bastakorlar avlodi sanʼatining qomusiy mahsulidir.

Shashmaqom Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan tashkil topgan boʻlib, jami 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula namunalaridan iborat. Shu qunga qadar sozanda, hofiz va bastakorlar maqom yoʻllarining koʻplab ijroviy talqinlarini kashf etdilar, ovoz, tanbur, surnay, dutor va boshqalar maqom yoʻllarida bir qismli va turkumli asarlar ijod qildilar, ular asosida yangi kuy va ashulalar yaratdilar.

  • Shashmaqom Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan tashkil topgan boʻlib, jami 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula namunalaridan iborat. Shu qunga qadar sozanda, hofiz va bastakorlar maqom yoʻllarining koʻplab ijroviy talqinlarini kashf etdilar, ovoz, tanbur, surnay, dutor va boshqalar maqom yoʻllarida bir qismli va turkumli asarlar ijod qildilar, ular asosida yangi kuy va ashulalar yaratdilar.

Shashmaqom ikkiga bo’linadi:

— cholgʻu (mushkilot) va ashula (nasr) yirik boʻlimlaridan iborat.

Cholgʻu boʻlimlarida bir xil nom bilan ataluvchi cholgʻu qismlari mavjud boʻlib, ohanglari oʻzlari mansub boʻlgan maqom kuyiga xos, doira usullari esa bir xildir. Ulardan asosiylari Tasnif, Tarje, Gardun, Muxammas va Saqil deb ataladi.

Bu qismlar maqom nomlariga qoʻshib (mas, Tasnifi Buzruk, Tarjei Dugoh, Garduni Segoh kabi), ayrimlari esa bastakorlar nomi bilan birga (mas, Muxammasi Nasrulloyi, Saqili Islimxon) ataladi. Baʼzi cholgʻu qismlari alohida nomga ega (mas, Nagʻmai Orazi Navo), Dugoh va Segoxda esa maqom nomi bilan qoʻshib aytiladi (mas, Peshravi Dugoh, Samoi Dugoh, Xafifi Segoh). 

  • Bu qismlar maqom nomlariga qoʻshib (mas, Tasnifi Buzruk, Tarjei Dugoh, Garduni Segoh kabi), ayrimlari esa bastakorlar nomi bilan birga (mas, Muxammasi Nasrulloyi, Saqili Islimxon) ataladi. Baʼzi cholgʻu qismlari alohida nomga ega (mas, Nagʻmai Orazi Navo), Dugoh va Segoxda esa maqom nomi bilan qoʻshib aytiladi (mas, Peshravi Dugoh, Samoi Dugoh, Xafifi Segoh). 

Mushkulot, mushkilot (arab. qiyinchiliklar, ogʻirliklar) — Shashmaqom tarkibidagi maqomlarning cholgʻu boʻlimlari.

  • Mushkulot, mushkilot (arab. qiyinchiliklar, ogʻirliklar) — Shashmaqom tarkibidagi maqomlarning cholgʻu boʻlimlari.
  • Mushkulot odatdagi tasnif, tar-je, gardun, muhammas, saqil qismlaridan tashqari, har bir maqomning oʻziga xos cholgʻu yoʻllaridan tashkil topadi.
  • Shashmaqom tarkibida jami 46 ta cholgʻu kuy mavjud. Gardun, muhammas va saqillar shu nomli doira usullari joʻrligida ijro etiladi.

Oʻzbek musiqa merosida maqom majmualariga kiritilmagan, biroq Mushkulot deb nomlangan turkumli va turkumsiz cholgʻu asarlar ham mavjud. Ular yirik shakddagi xalq kuylari, koʻproq maqomlarning cholgʻu, baʼzida ashula yoʻllari negizida yaratilgan (mas, "Mushkiloti Segoh", "Mushkiloti Dugoh"), Ushbu Mushkulotlarning yuzaga kelishida asosan surnay maqom yoʻllari usulsiz kuy uslubining taʼsiri katta.

  • Oʻzbek musiqa merosida maqom majmualariga kiritilmagan, biroq Mushkulot deb nomlangan turkumli va turkumsiz cholgʻu asarlar ham mavjud. Ular yirik shakddagi xalq kuylari, koʻproq maqomlarning cholgʻu, baʼzida ashula yoʻllari negizida yaratilgan (mas, "Mushkiloti Segoh", "Mushkiloti Dugoh"), Ushbu Mushkulotlarning yuzaga kelishida asosan surnay maqom yoʻllari usulsiz kuy uslubining taʼsiri katta.

Doira jo`rligidagi raqslar o`zbek va tojik xalqlari orasida juda keng tarqalgan. Shashmaqom doira usulisiz ijro qilinmaydi. Buxoroda har bir maqom aytuvchi hofiz, maqom usullarini doirada ustalik bilan o`zlashtirganlar va o`z ashulalariga jo`r bo`lganlar. Shashmaqomdagi har bir kuyning o`ziga xos usuli bor. Shunga ko`ra, usullar shu kuy nomi bilan yuritiladi. Masalan: “Usuli Muhammas” (Muhammas usuli), “Usuli Talqin”, ”Usuli Tasnif” va boshqalar.

  • Doira jo`rligidagi raqslar o`zbek va tojik xalqlari orasida juda keng tarqalgan. Shashmaqom doira usulisiz ijro qilinmaydi. Buxoroda har bir maqom aytuvchi hofiz, maqom usullarini doirada ustalik bilan o`zlashtirganlar va o`z ashulalariga jo`r bo`lganlar. Shashmaqomdagi har bir kuyning o`ziga xos usuli bor. Shunga ko`ra, usullar shu kuy nomi bilan yuritiladi. Masalan: “Usuli Muhammas” (Muhammas usuli), “Usuli Talqin”, ”Usuli Tasnif” va boshqalar.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling