Reja 1.Maqsadli tadqiqotlarda xaridorlar va iste’molchilar guruhlarini tanlash. 2.Xarid faoliyati strategiyasi. 3.Brend tadqiqotida bozor segmentining o‘sish sur’atlari. Maqsadli tadqiqotlarda xaridorlar va iste’molchilar guruhlarini tanlash - Maqsadli xaridorlar, ya’ni shunday xaridorlarki, ular brend to‘g‘risida eshitib yoki ularni ko‘rib, hali bir maqsadda to‘xtamagan, amma bu vaziyatda brend kompaniya o‘ziga ishontirib, ularni o‘z iste’molchilariga aylantirish uchun qilinadigan hatti-harakatlar dasturini Petti va Kachoppo olimlari kashf etdilar. Ular brend kompaniya ularni ikki yo‘l bilan ishontirishi mumkinligini bildirishadi.
- Markazlashgan.
- Periferik.
Markazlashgan yo‘lda brend-kommunikatsiya sifatiga va uslubiga qaratiladi. Xaridor har bir brend tomonidan qilingan reklama ustidan fikrlab chiqadi, sotuvchining ma’lumotlarini inobatga oladi va unga ishonish yoki ishonmaslikni o‘zi hal qiladi. - Markazlashgan yo‘lda brend-kommunikatsiya sifatiga va uslubiga qaratiladi. Xaridor har bir brend tomonidan qilingan reklama ustidan fikrlab chiqadi, sotuvchining ma’lumotlarini inobatga oladi va unga ishonish yoki ishonmaslikni o‘zi hal qiladi.
- Periferik yo‘lda iste’molchi markazlashgan yo‘lda qilingan argumentlarga uncha rioya qilmaydi. U behosdan brendda biror-bir yozuvni ko‘rib, uni o‘ziga mos tutib xarid qilishi mumkin, yoki bo‘lmasam imtiyozli narx chegirmalari uni jalb etishi mumkin.
- Mahsulotni xaridorga nisbatan sotuvni kuchaytirish, xarid faoliyatini oshirish uchun bir necha omillar darkor. Prognozlash uslubi bizga bo‘ladigan xaridlarni oldindan ko‘rib berishga yordam beradi.
- Oldindan bir mahsulot sotib olingandan keyin keyinchalik kam miqdorda mahsulotni xarid qilish.
- mavsumiy bo‘lgan mahsulotning yilning oylariga qarab xaridning o‘zgarishi;
- mahsulotni xaridani reklama vositalari orqali rag‘batlantirish;
- xarid imtiyozlari, sempling dasturi bo‘yicha xarid va mahsulot iste’molchini qoniqtirmaganligi sababli xaridni tushib ketishi;
- xarid imtiyozlari, sempling dasturi bo‘yicha xarid va mahsulot iste’molchini qoniqtirganligi sababli xaridni o‘sishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |