Роль маркентинга и рекламы во внешно-экономической деятельности российских компаний


Download 18.27 Kb.
Sana27.05.2020
Hajmi18.27 Kb.
#110616
Bog'liq
Reja va Kirish


ТЕМА: РОЛЬ МАРКЕНТИНГА И РЕКЛАМЫ ВО ВНЕШНО-ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ РОССИЙСКИХ КОМПАНИЙ
MАVZU: ROSSIYA KOMPАNIYALАRINING TАSHQI IQTISODIY FАOLIYATIDА MАRKETING VА REKLАMАNING OʼRNI

MUNDАRIJА

KIRISH
1-BOB. TАSHQI IQTISODIY FАOLIYATDА MАRKETINGNI АMАL QILISHINING ILMIY-NАZАRIY АSOSLАRI

1.1 Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketingning o’rni va roli

1.2. Tashqi bozorga kirib borishda marketingning asosiy bosqichlari va uning korxona faoliyatiga ta’siri.
2-BOB: TАSHQI IQTISODIY FАOLIYATDА ROSSIYA KOMPАNIYALАRINING MАRKETING STRАTEGIYALАRI

2.1. Gazprom kompaniyasi marketing strategiyasining o’ziga hos xususiyatlari

2.2. Rossiyaning eng yirik banki Zverbank marketing faoliyatining asosiy yoʼnalishlari

3-BOB: ROSSIYA KOMPАNIYALАRINING MАRKETING FАOLIYATI TАJRIBАSIDАN FOYDАLАNISh IMKONIYATLАRI

3.1. Oʼzbekiston kompaniyalarining marketing faoliyatini hozirgi holati

3.2. Tashqi bozorlarga chiqish boʼyicha Rossiya-Oʼzbek qoʼshma korxonalarining marketing faoliyati tajribasi

3.3. Tashqi bozorlarga chiqishda Rossiya kompaniyalarining marketing faoliyati tajribasidan foydalanish istiqbollari

XULOSА

FOYDАLАNILGАN АDАBIYoTLАR

Kirish



Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Zamonaviy marketing iste’molchilarning extiyojlarini aniqlash, shakllantirishdan boshlab tovarni yaratish, sinash, uning tarkibi, sifati, hajmini belgilash, bozorga kiritish, sotish, narx, raqobatchilar kabi keng ma’nodagi tovarlar bilan bog‘liq barcha, ayrim shaxslardan tortib yirik transmilliy kompaniyalar, xolding, konsern kabilar faoliyatini o‘z ichiga oladi. To’gri marketing strategiyasi yuritish mamlakat eksport salohiyatini oshirish va yirik kompaniyalarning vujudga kelishining bugungi kunda asosiy sabablaridan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev qayd qilib o‘tganidek: Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo, keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd etish lozim: ochiq iqtisodiyot, sogʻlom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoyitlarni yaratish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirish,iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlash,“yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish, valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish, iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni roʻyobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash lozim1. XXI asrda iqtisodiyotda marketing va reklamaning o’rni nihoyatda muhim va deyarli barcha yirik korporatsiyalarning dunyo bo’ylab rivojlanishi, yirik daromadga ega bo’lishida asosiy sabablaridan hisoblanadi. To‘gri amalga oshirilgan marketing o‘z egasiga foyda olib keladi. Marketing strategiyasidan foydalanish esa xarajatni kamaytirib, foydani oshiradi. Mavzu Rossiya kompaniyalarining tashqi iqtisodiy faoliyatida marketing va reklamaning o’rni deb nomlanishi ham, aynan, tashqi iqtisodiy faoliyatida marketing tizimlarini takomillashtirish va rivojlangan marketing bilan bog’liq. Iqtisodiyotimizda biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda marketing strategiyasidan foydalanish o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Rossiya kompaniyalari bugungi kunda dunyo iqtisodiyotida o’z o’rniga ega bo’lgan va samarali marketing harakatlarini olib bormoqda. MDH mamlakatlari orasida ham iqtisodiy o’sish va eksport jihatdan Rossiya Federatsiyasi yetakchi hisoblanadi. Rossiya kompaniyalarining so’nggi yillarda dunyo bo’ylab quloch yozishi va o’z o’rniga ega bo’lishida to’g’ri va samarali marketing harakatlarini olib borganligi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shunga asoslanib, marketing sohasida Rossiya kompaniyalarining faoliyatini tahlil qilish, iqtisodiy ko’rsatkichlarni taqqoslash, Rossiya marketing tajribasini o’rganish va O’zbekistonda uning tajribalarini samarali qo’llash mazkur mavzuni tanlashni taqozo etdi va tadqiqot dolzarbligini belgilab berdi.



Tadqiqot ob’ekti va predmetining belgilanishi. Rossiya kompaniyalarining tashqi iqtisodiy faoliyatida xalqaro marketing strategiyasidan foydalanishning hozirgi holati, uni tahlili tadqiqot ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Tadqiqotning predmeti bo‘lib, Rossiya kompaniyalarining tashqi iqtisodiy faoliyatida xalqaro marketing strategiyasidan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi tashkil etadi.

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Rossiya kompaniyalarining tashqi iqtisodiy faoliyatida xalqaro marketing strategiyasidan foydalanish bilan bog‘liq masalalarini o‘rganish, marketing sohasida Rossiya tajribasini tahlil qilish ushbu magistrlik dissertatsiyasining asosiy maqsadi qilib olindi. Tadqiqot ishida qo‘yilgan maqsad ilmiy izlanishning quyidagi asosiy vazifalari belgilab berdi:

 Rossiya kompaniyalarining faoliyatida xalqaro marketingning o‘rnini atroflicha o‘rganib chiqish;

 Rossiya kompaniyalarining marketing strategiyalarini qiyosiy tahlil etish;

 respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatini tahlil etish va baholash;

 korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatida xalqaro marketingni tashkil etish va boshqarish tajribasini o‘rganib chiqish;

 korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatida xalqaro marketing strategiyasidan foydalanish yo‘llarini belgilash va unga asosan takliflar ishlab chiqarish.



Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Mazkur tadqiqotni bajarishda quyidagi masalalar va farazlar belgilangan:

- tashqi iqtisodiy faoliyatida Rossiya kompaniyalarining marketing faoliyatini nazariy-uslubiy mohiyatini yoritib berish;

- tashqi iqtisodiy faoliyatida Rossiya kompaniyalarining marketing faoliyati ko‘rinishlarini izohlash;

tadqiqot ob’ekti misolida Rossiya kompaniyalarining korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatida xalqaro marketing strategiyasi o’rganilgan holda O’zbekiston korxonalari uchun foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.



Tadqiqot mavzusi bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Davlatning tashqi savdo siyosatini shakllantirish, korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatini shakllantirish, ularning xalqaro marketingni boshqaruvini tashkil etish mehanizmining muammolari ko’p sohali ekanligini e’tiborga olib tashqi savdo siyosatini shakllantirish masalalari turli maktab hamda yo‘nalishlarga mansub bo‘lgan xorijdagi va mamlakatimizdagi ko‘pgina olimlar tomonidan o‘rganib kelinmoqda. Tashqi savdoni tartibga solish jarayonini tadqiq etish uchun A.V.Daysi, J.Keyns, V.V.Leontev, P.Lindert, A.Marshall, B.Olin, M.Pebro, D.Rikardo, A.Smit, J-B.Sey, R.Samuelson, E.Xeksherning fundamental asarlari juda muhim ahamiyatga egadir.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar sharoitida korxonalar iqtisodiyotini qayta qurishdagi roli, korxonalarni iqtisodiy samaradorligi, ular faoliyatida xalqaro marketingni tashkil etish masalalari mamlakatimiz iqtisodchi olimlari Yo.K. Qoriyev, S. Jo‘rayev, O.Axmedov, M.Raximova, va boshqalar tomonidan o‘rganilgan.

Rossiya iqtisodiyot fani vakillari Yu.M.Rostokov, V.Yu.Grechkov, O.G.Abdukumova, V.I.Belyayev, T.P.Danko ham salmoqli hissa qo‘shdilar.

Ilmiy iqtisodiy hamjamiyatning savdo siyosatining shakllanishi bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish sohasidagi sa’y-harakatlari faollashuviga qaramay, mamlakatimiz miqyosida ijtimoiy soha korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatida xalqaro marketing strategiyasidan foydalanish muammolari yetarlicha ochib berilmagan. Shu boisdan ushbu masalani shakllanish mexanizmini o‘rgana borish maromida amalda tadqiq etilmagan yo‘nalishi sifatidagi mohiyatini ochib berish zarurati yuzaga keladi.



Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Ushbu ishni tayyorlash jarayonida asosan moliyaviy va statistik tahlil,iqtisodiy-matematik, segmentlash usullaridan foydalanildi. Qo‘shimcha usul sifatida axborot to‘plash hamda kuzatishusullaridan foydalanildi.

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqot nazariy tomondan korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatida xalqaro marketing strategiyasidan foydalanish, marketing xizmatining xususiyatlarini ochib berish va marketingda axborot tizimlaridan foydalanish borasidagi nazariy bilimlarni mustahkamlash ahamiyatini kasb etadi. Tadqiqot natijalarini amalda qo‘llash bilan tadqiqot ob’ekti faoliyatining kelajakdagi barqarorligini ta’minlash mumkinligi va mijozlar talabi atroflicha tahlil qilinib, talab hamda taklif o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash mumkinligi nuqtai nazaridan muhim ahamyat

ahamiyat kasb etadi.



Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Dissertatsiya ishining asosiy ilmiy yangiliklari quyidagilardan iborat:

-korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatida xalqaro marketing tushunchasining mohiyati yoritib berilgan;

- korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatida marketing faoliyatining strategiyalarini tanlash yo‘llari ishlab chiqilgan;

- marketing faoliyatiga axborot tizimlarini tadbiq qilish yo‘llari ishlab chiqilgan;

- marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarishning uslubiyoti ishlab chiqilgan;

- marketing strategiyasiga asoslanib yangi xizmat turlarini joriy qilish yo‘llari ishlab chiqilgan.



Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi. Tadqiqot ishi kirish, uch bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

1Sh. Mirziyoyev. “O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi”. –T.: Adolat, 2017.–B.54.

Download 18.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling