Guliston shahar Adliya
bo‘limi boshlig‘i
N.Qarshibayevga
Sirdaryo viloyat “Sirdaryo suv ta’minot” MCHJ Guliston shahar bo’limi tomonidan Sizning 2023 yil 10-martdagi 01-20/14-7/286-sonli “Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoyitlarni bartaraf etish to’g’risida”gi taqdimnomangizda ko’rsatilgan ma’salalar o’rganildi.
Sirdaryo viloyat “Sirdaryo suv ta’minot” MCHJ Guliston shahar bo’limi xodimlari ishtirokida muhokama qilib, yol qo’yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish, kelgusida amaldagi va yangi qabul qilinayotgan barcha normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va axamiyati mehnat jamosiga to’liq yetkazish, ijrosini so’zsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. O’tkazilgan yig’ilish bayonnomasi ilovaga ko’ra yuborilmoqda.
Ilova:___varaqda
“Sirdaryo suv taminoti” MCHJ
Guliston shaxar bo’limi boshlig’i: N.Raxmonqulov
“TASDIQLAYMAN”
Guliston shahar “Suv ta’minot”
MCHJ raxbari
__________N.Rahmonqulov
«24» mart 2023 yil
“Sirdaryo suv ta’minot” Guliston shahar bo‘limida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONI №____
24 mart 2023 yil Guliston shahar
Yig‘ilish raisi: N.Rahmonqulov - muassasa raxbari
Taklif etildi: Nair Tarirov-Guliston shahar adliya bo‘limi
Bosh maslaxatchi
Ishtirok etdilar: muassasa xodimlari
Jami:___nafar xodimlar
KUN TARTIBI:
1. Guliston shahar Adliya bo‘limining 2023 yil 10 martdagi Qonun xujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi 01-20/14-7/286-sonli taqdimnomasi muhokamasi.
2. Boshqa masalalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |