Amaliy mashg`ulot – 11 Mavzu: Absorbtsiya jarayonini avtomatlashtirish Ishdan maqsad


Neftdan ajratib olingan gazlarni tozalash texnologik tizimi


Download 337.47 Kb.
bet2/2
Sana16.12.2020
Hajmi337.47 Kb.
#168127
1   2
Bog'liq
11-амалий ТЖА

Neftdan ajratib olingan gazlarni tozalash texnologik tizimi.

Jarayonni amalga oshirishdan maqsad - gazni navbatdagi qayta ishlashga tayyorlash, undan H2S va karbonat angidridni ajratish. Gazni tozalashda absorbtsion va adsorbtsion usullar qo`llaniladi. Absorbtsion usulda asosan kimyoviy absorbtsiya jarayoni amalga oshirilib, gaz tarkibidagi H2S va SO2 moddalar turli kimyoviy brikmalar holida ajratib olinadi. Adsortsion usulda tozalash esa asosan aktiv ko`mir va sintetik tseolit vositasida amalga oshiriladi.

Absorbtsion usulda gaz tarkibidagi H2S ning 99% (massa) gacha, adsorbtsion usulda esa 98% (massa) gacha ajratib olinishi ta`minlanishi mumkin. Absorbtsion usulda H2S bilan bir vaqtda SO2 ham ajratib olinadi.

Ushbu mavzuda gazni monoetanolamin eritmasi vositasida absorbtsion tozalash texnologik tizimi ko`rib chiqiladi. Bu tizim bo`yicha jarayon quyidagi tartibda amalga oshiriladi:



Gaz K-1 absorberning pastki qismidan beriladi va kolonna yuqorisidan berilayotgan 15% li monoetanolamin bilan kontaktda bo`lib, absorbtsiya jarayoni amalga oshiriladi.


2-rasm. Gazni tozalash texnologik tizimi.

I tozalashga berilayotgan gaz; II tozalangan gaz; III uglevodorod kondensati; IV – H2S; V – etanolamin eritmasi; VI – bug’; VII – suv.
Tozalangan gaz kolonna yuqorisidan chiqarilsa H2S ga tuyingan suyuqlik fazasi kolonna pastidan chiqariladi. Ushbu suyuqlik past bosimli S-1 separatorga berilib, unda suyuqlikga yutilgan uglevodorod gazlari va gaz kondensati ajratiladi. Suyuq faza separatordan T-1 va T-2 isitgichlar orqali K-2 desorberga uzatiladi va unda suyuqlik tarkibida yutilgan H2S va SO2 ajratiladi. Tozalangan suyuq faza T-1 isitgich va X-1 sovitgich orqali o`tib, zarur temperaturagacha sovitiladi va E-1 sig’imga, undan esa absorberga uzatiladi. Desorber yuqorisidan chiqarilgan H2S gazi va suv bug’lari XK-1 sovitgich-kondensator orqali o`tib E-2 sig’imga yig’iladi va undan H2S gaz holida chiqarilib, suv bug’lari kondensati esa desorberga qaytariladi.

Texnologik rejim.

Temperatura:

Absorberda - 35-400 S



Desorberda - 115-1300 S

Mashg`ulot topshirig`i:

  1. Absorbtsiya jarayonida nazorat qilinadigan, rostlanadigan va boshqariladigan parametrlarni o’rganish.

  2. Absorbtsiya jarayonining avtomatlashtirilgan funksional sxemalarini qurish.

Download 337.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling