Amaliy mashg’ulot № odam organizmidagi hujayra va to’qimalarning tuzilishi. Suyaklarning tuzilishi va klassifikatsiyasi. Suyaklarning birlashuvi. Muskullar sistemasi. Ishdan maqsad
Download 52 Kb.
|
1 amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyaklarning kimiyoviy tarkibi.
Skeletning tuzilishi. Skeletda 200 dan ortiq suyak bor. Skelet odam organizmining tayanch qismi hisoblanadi, gavda shaklini saqlab turadi. Suyaklar bir-biri bilan birikib, ichki organlar joylashadigan bo'shliqlar hosil qiladi va bu bo'shliqlarda joylashgan organlarni himoya qiladi. Masalan, bosh skeleti bosh miyani, ko'z va quloqlarni; ko'krak qafasi yurak, o'pka va boshqa organlarni; chanoq suyagi chanoq bo'shlig'idagi organlarni himoya qiladi. Nihoyat, skelet o'ziga birikkan mushaklar bilan birga gavdaning harakatlanishida ishtirok etadi. Skelet suyaklari shakliga qarab bir necha xil bo'ladi. Skeletda naysimon, yassi va aralash suyaklar bo'ladi. Naysimon suyaklar o'z navbatida uzun va katta bo'lishi mumkin. Uzun naysimon suyaklarga son, boldir, yelka, tirsak va bilak suyaklari, kalta naysimon suyaklarga qo'l va oyoq kafti suyaklari bilan barmoq suyaklari kiradi. Kalla, ko’rak, chanoq, to'sh suyaklari, qovurg'alar yassi suyaklardir. Umurtqalar, kaft usti va tovon suyaklari aralash hisoblanadi. Ilik o'rniga sariq ilik hosil bo'ladi. Qizil ilik esa faqat epifiz qismidagi g'ovak modda orasida qoladi. Qizil ilikda qon hujayralari rivojlanadi. Shuning uchun qizil ilik qon hosil qiluvchi organ hisoblanadi va organizmda qon hosil qilishda katta rol o'ynaydi. Suyaklarning epifiz qismi asosan, g'ovak moddadan tuzilgan. Uning ustini bir qavat zich modda qoplab turadi. Kalta naysimon suyaklarning ko'p qismi epifizga o'xshab tuzilgan. Yassi suyaklar Suyaklar ustki pishiq biriktiruvchi to'qimalardan iborat yupqa parda - suyak ust pardasi (nadkostnitsa) bilan qoplangan. Pardada qon tomirlari va nerv tolalari ko'p. Bundan tashqari, suyak ust pardasida maxsus hujayralar (osteoblast) bo'lib, ular suyak o'sishi davrida suyak to'qimasini hosil qilishda va singan suyakning bitishida ishtirok etadi. Suyak ust pardasi tagida zich modda, uning ichida g'ovak modda bo'ladi. Uzo’n ikki ta zich modda plastinkasidan iborat bo'lib, bu plastinkalar o'rtasida yupqa qatlam — g'ovak modda joylashadi.
Suyaklarning kimiyoviy tarkibi. Suyaklar tarkibida organiq va anorganiq moddalar bo'ladi. Organiq moddalarga ossein va ossemukoid, anorganiq moddalarga asosan, kalsiy va fosfor tuzlari kiradi. Suyak moddasining 1/3 qismini organiq, 2/3 qismini anorganiq moddalar tashkil qiladi. Bunday tarkibdagi suyak baquvvat va ma'lum darajada elastik bo'ladi. Suyaklarning xossasi tarkibidagi organiq va anorganiq moddalar miqdoriga bog'liq. Yosh organizmdagi suyak tarkibida anorganiq moddalar birmuncha kamroq. Shuning uchun yoshlarning suyagi egiluvchi, tarang bo'lib, kam sinadi. Odam qarigan sari suyagida anorganiq moddalar ko'payib borishi tufayli u mo'rt bo'lib qolib, tez sinadi. Diafiz va epifiz o'rtasidagi tog'ay hisobiga suyaklar bo'yiga o'sadi. O'sish 20-25 yoshda tugaydi. Organiq va anorganiq moddalardan tashqari suyaklar tarkibida A, D va C vitaminlari ham bo'ladi. Yosh bolalarda suyaklar tarkibida kalsiy tuzlari va vitamin D yetishmaganligi sababli raxit kasalligi vujudga keladi, suyaklarning mustahkamligi kamayadi va har tomonga qiyshayadi. Suyaklarda vitamin A yetishmasa, suyaklar haddan tashqari yo'g'onlashib, ichidagi bo'shliqlar, kattalashib qoladi. Download 52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling