Amaliy mashg’ulоt №1 Ishning nomi: Ovoz, grafik kodlash. Matnli axborotlarni kodlash. Kompyuter
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Amaliy 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moviy ekran muammosi.
ShK qotib qolishi. Agar ShK tez-tez qotib qoladigan bo’lsa, unda bu holatning asosiy
sababi quyidagilar: kompyuterning qizib ketishi, sifatsiz quvvat manbai, bir yoki bir necha komponentlarining notekis ishlashi, dasturiy ta’minotdagi (operatsion tizim, drayverlar, qo’shimchalarda) xato yuz bergan bo’lishi mumkin. Tizimning qaysi bir komponenti qizib ketayotganligini aniqlash uchun monitoring dasturlari biridan foydalanish kerak bo’ladi. Shundan keyin ShK eng ko’p qotib qoladigan sharoitlarni hosil qilish kerak. Monitoringni kuzatib borib, kompyuterda nima qizib ketayotganligini aniqlang va qo’shimcha sovitish manbai kiritish to’g’risida o’ylang. Agar hammasi joyida bo’lsa ham, muammo bartaraf etilmayotgan bo’lsa, quvvat manbai blokiga e’tibor qarating. Birinchi navbatda, quvvat manbai bloki bilan korpusni arzon narxda sotib olganlar shunday qilishlari kerak. Arzon bahoda sotib olgan bo’lsangiz, ishlab chiqaruvchilarning bloklarini ko’rasiz. Aytib o’tilgan «brendlarning» mahsulotlar sifati yaxshi emas. Bundan tashqari, uy sharoitlarida blokni test sinovlaridan o’tkazish metodikasini ham o’rganib qo’ygan ma’quldir. Moviy ekran muammosi. Monitor moviy ekrani ko’pincha bir yoki bir necha qurilmalar ishida nosozliklar bo’lganida hamda dasturiy ta’minotda muammolar bo’lganida paydo bo’ladi. Kompyuter qotib qolishidan BSOD’ning farqi ShK ishlamay qolganida moviy fonda oq rangli matn ko’rinishida ogohlantirishga ulguradi. Ba’zida ekranda umuman o’qib bo’lmaydigan «yozuvsimon shakllarni» ko’rish mumkin. Agar o’chib qolish sabablari to’g’risidagi axborotni o’qib ulgursangiz BSOD bergan axborot qaysi qurilmaga taalluqli ekanligini aniqlashga urinib ko’ring. Agar aniqlay olmasangiz, Internetdagi temirlar to’g’risidagi saytlar forumiga yordam bilan murojaat eting. Shundan keyin BSOD tomonidan shikoyat qilingan qurilmani almashtirish yoki test sinovidan o’tkazish bilan ayb qayerda ekanligini aniqlashga harakat qiling. Agar moviy ekran paydo bo’lib, tezda yo’q bo’lsa va ShK qayta yuklana boshlasa, operativ xotira va quvvat blokini tekshiring. Operativ xotirani boshqa kompyuterda tekshirib ko’rish mumkin. Ba’zida kontaktlarni oddiy qalam bilan tozalab keyin spirt bilan artish ham yordam beradi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling