Amaliy mashg’ulоt №1 Ishning nomi: Ovoz, grafik kodlash. Matnli axborotlarni kodlash. Kompyuter


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana02.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1243330
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amaliy 1

kattaliklar deb, uzluksiz kattaliklar vositasida olinadigan axborotlar uzluksiz axborotlar deb 
ataladi. Masalan: jism massasi, isitilgan yoki yortilganlik darajasi, vaqt va x.k. 
Ma‘lum bir to’plamda cheklangan miqdordagi turli xil, alohida-alohida qiymatlar qabul qila 
oladigan kattaliklar uzlukli (diskret) kattaliklar deb, uzlukli kattaliklar vositasida olinadigan 
axborotlar uzlukli axborotlar deb ataladi. Masalan: odamlar soni, olamdagi elektronlar soni, 
kitob varag’ini tartib raqami, uyning soni, masalaning soni qiymati va x.k. 
Aynan ana shu uzlukli kattaliklar orqali axborotni ifodalash usuli kompyuterlarda 
qo’llaniladi. 
Kundalik hayotimizda uzlukli axborotni biz so’zlar orqali o’zlashtirib kelamiz. So’zlar esa 
o’z navbatida harf va maxsus belgilardan tashkil topadi. Bu turdagi axborotlar matnli axborot deb 
ataladi.
Misollar: 
1) Koptok sakkizta qutidan birida joylashgan degan xabarda - axborot noaniqligi 8 ga teng. 
Axborot noaniqligini teng ikki martaga kamaytiradigan ma‘lumot, bu axborot o’lchov birligi 
bit deb ataladi. 
2) Kitob javonining ikki qatoridan birida kitob joylashgan. Kitob birinchi qatorda deb 
aytsak, 1 bit axborot bergan bo'lamiz. 
Zamonaviy kompyuterlarda axborotni signallarning ketma-ketligi yordamida kodlashning 
ikki usuli ishlatiladi. Birinchi holatni 0 raqami bilan ikkinchisini 1 raqami bilan belgilash qabul 
qilingan. Bunday kodlash ikkilik kodlash deyiladi, 0 va 1 raqamlari esa bit (binary digit ya‘ni bit-
ikkilik raqam) deb ataladi. Matnli axborotni ikkilik kodlashda har bir belgiga uning kodi-
belgilangan miqdordagi 0 lar va 1 lar ketma-ketligi mos keladi. Kompyuterda bir belgiga bayt 
(byte) deb ataladigan 8 ta 0 va 1 dan tashkil topgan ketma-ketlik mos keladi. Bu turdagi ketma-
ketliklar jami 2 = 256 ta bo’lib, turli belgilarni kodlash imkonini beradi. Demak, har qanday 
belgi bayt yoki 8 bit axborot hajmiga ega. 
Uzatish tezligi-1 sekundga uzatiladigan bitlar soni bilan o’lchanadi (masalan 19200 bit/sek.). 
Bir sekundda bajara oladigan amallar soni kompyuterning hisoblash tezligi deb ataladi (masalan 


500000 amal/sek.). Ikkilik ma‘lumotlardagi axborot miqdorini o’lchash uchun bit va baytlardan 
tashqari, quyildagi birliklardan ham foydalaniladi. 
1 kbayt (bir kilobayt) = 2^10 = 1024 bayt (1 ming bit) 
1 mbayt (bir megabayt) = 2^20 = 1048576 bayt 
1 gbayt (bir gegobayt) = 2^30 = 1 mlrd. bayt 
1 tbayt ( bir terabayt) = 2^40 = 1 tlrd. bayt 
Yuqorida aytganimizdek ikkilik kodlashdagi 0 va 1 raqamlarini kompyuterda ifodalash 
uchun turg’un holati ikkita bo’lgan elementdan foydalaniladi. Elementning turg’un holatlaridan 
biri 0 ni ifodalasa, ikkinchisi 1 ni ifodalaydi. Ikkita turg’un holati bor bo’lgan elementni texnik 
jixatdan yaratish, 8 ta yoki 10 ta turg’un holatli elementni yaratishga qaraganda osonroq. 
Demak, har qanday sonlar 0 va 1 ning termalaridan (kombinatsiya) iborat bo’ladi. Shuning 
uchun ham ikkilik sanoq sistemai kompyuterning arifmetik asosi deyiladi. 
Odatda axborotlar biz o’rgangan o’nlik sanoq sistemaida kompyuter xotirasiga kiritiladi. 
Kompyuterning dasturiy ta‘minoti ana shu kiritilgan ma‘lumotlarni, oraliq 8 lik sistemasi 
vositasida, ikkilik sanoq sistemasiga utkazadi. O’nlikdan sakkizlik sanoq sistemasiga o’tish 
gruppalash (triada) bilan amalga oshiriladi. 
Kundalik turmushda turli ko`rinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, 
ovozli (audio), rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to`gri keladi. Har bir turdagi 
axborot bilan ishlash (yigish, saqlash va g.k.) uchun har xil texnik xarakteristikalarga ega bo`lgan 
axborot qurilmalari kerak bo`ladi.
Mikroelektronika ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va o`ta kuchli 
prosessorli 
kompyuterlarning 
yaratilishi 
axborotlarni 
qayta 
ishlash 
imkoniyatlarini 
kengaytirmoqda.
Interfeys kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiruvchi qurilma bo`lib, uning asosiy 
vazifasi tashqi qurilmalardan kiritiladigan ma'lumot (signal)larni kompyuterda qayta ishlash 
uchun qulay holga keltirishdan iborat.
Xozirgi kunda ta'lim sohasida o`qitishni avtomatlashtirishga katta e'tibor berilmokda. 
Chunki zamonaviy o`qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar 
beradi. O`qitishni avtomatlashtirish (axborotlashtirish) yoki axborot texnologiyalaridan 
foydalanish dasturiga qo`yidagilarni kiritish mumkin:
a) ta'lim tizimining barcha pogonalarida axborotlashtirishning etakchi bug`inligini 
ta'minlash;
b) barcha sohalar bo`yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni loyihalash 
va yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi;
v) axborotlashtirish sohalarida me'yoriy bazalarni yaratish (koordinasiyalar, metodlar
ilmiy-metodik birlashmalar va x,.k.);
g) texnik ta'minotni — kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari 
(fotoapparatdan mikroskopgacha), ularga xizmat ko`rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish;
d) telekommunikasiya (xavo orqali, erning sun'iy yuldoshlari va boshqa aloka kanallari) 
tarmoqlari;
e) ta'minot resurslari (dasturiy ta'minot, internetdagi axborotlar majmui, ma'lumotnomalar 
va x.k.).
Kompyuter texnikasidan foydalanishda unda yuzaga keladigan ayrim nosozliklarni 
aniqlash metodikalari va ularni yo’qotish usullariga doimo katta e’tibor qaratiladi. Bu masalada 
shaxsiy kompyuter (ShK) nosozliklarini tashhis qilish va sozlash bo’yicha axborotlarni 
umumlashtirib, o’rganish katta ahamiyatga ega. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling