Amaliy mashg’ulot 1 Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari


Download 75.37 Kb.
bet5/5
Sana25.01.2023
Hajmi75.37 Kb.
#1122062
1   2   3   4   5
Bog'liq
Аmaliyot-1

Mavzuga doir masalalar.

        1. 245 g 10% li kislota eritmasini neytrallash uchun 20 g NaOH sarf bo’ldi. Kislataning ekvivalenti nechiga teng?

        2. Ikki valentli metalning ekvivalent massasi 12 g/mol ga teng. SHu metall hosil qilgan oksidning ekvivalent massasinihisoblang.

        3. 0,2 g kislorod va 3,17 g galogen bilan bir xil miqdorda birikadi. Galogenning ekvivalent massasini aniqlang.

        4. Mo’l miqdorda olingan NaOH eritmasi orqali 1,03 l (n.sh.) CO2 va SO2 gazlar aralashmasi o’tkazilganda, eritmaning massasi 2,3 g ga ortgan. Boshlang’ich gazlar massasining foiz tarkibini aniqlang.

        5. Vodorod kisloroddan iborat 0,5 l gazlar aralashtirmasining vodorodga nisbatan zichligi 10 ga teng. Dastlabki gazlarning hajmiy foiz tarkibini aniqlang.

        6. 76 g mis (1)-asetilenidiga konsentrlangan HNO2 ta’sir ettirib,( n.sh) da o’lchangan necha l CO2 va NO2 gazlarining aralashmasini olish mumkin?

        7. 180 va 101,325 kPa bosimda ajralib chiqish uchun kislota necha grami rux eritilishi kerak?

        8. 1,204x1023 dona kislorod bo’lgan mis kuporosining massasini aniqlang.

        9. 5 g NH3 dagi azot atomlarining soni 5 g ammoniy sulfatdagi azot atomlarining sonidan necha marta ko’p.

        10. 20 g o’yuvchi natriy eritmasi 23,6 g oleumni neytrallashga sarf bo’ladi. Oleumdagi sulfat angidridning har bir molekulasiga necha sulfat kislota molekulasi to’g’ri kelishini hisoblang.

        11. 2 mol suv va ikki mol H2SO4 dagi atomlar sonining nisbatini toping.

        12. 0,5 mol N2O5 va 1,5 mol Na2O dagi atomlar sonining nisbatini toping.

        13. Odam organizmida o’rtacha 4,5 g miqdorda temir bo’lib, uning 65% i qon tarkibida bo’ladi. Qon tarkibidagi temir atomlarining sonini toping.

        14. Odam organizmining (o’rtacha massasi 70 kg) =2% ini kalsiy tashkil etib, uning 99% miqdori suyak va tishlar tarkibini tashki etadi. Suyak va tishlar tarkibidagi kaliy ionlarining sonini toping.

        15. Tabiatda tarqalgan magniyning 78,6% ini 24Mg izotopi, 10,1% ini 25Mg izotopi va 11,3% ini 26Mgizotopi tashkil qiladi. Magniyning o’rtacha nisbiy atom massasini toing.

        16. 8 mol (lV) oksid va 3 mol karbonat kislotadagi atomlar sonini nisbatini toping.

        17. Sulfat kislota va berfolle tuzi tarkibiga kiruvchi har bir elementning massa ulushi hisoblang.

        18. 11,2 l kislorod va 2,24 l azotdan iborat gaz aralashmasining massasini hisoblang.

        19. 5,6 g karbanat angidrid va 6,4 g oltingugurt (IV) oksiddan iborat aralashmaning hajmini hisoblang.

        20. 25g kalsiy karbanat xlorid kislota bilan ishlanganda qancha hajm karbanat angidrid hosil bo’ladi?

        21. 2,73g oksid tarkibida 1,53g metall bo’lsa, vanadiy oksidning formulasini toping.

        22. Azotning garsimon vodorodli birikmasi tarkibida 12,5% vodorod bor. Shu moddaning vodorodga nisbatan zichligi 16ga teng. Moddaning formulasini toping.

        23. 20g o’yuvchi natriy bilan reaksiyaga kirishgan sulfat kislotaning massasini hisoblang. Reaksiya natijasida orta tuz hosil boladi.

        24. Tarkibida 26,53% Kaliy, 35,37% xrom, 38,1% kislorod bo’lgan oddiy moddaning formulasini toping.

        25. 7,3 g HCl va 4g NH3 o’zaro ta’sirlashganda necha gram ammoniy xlorid hosil bo’ladi?

        26. 15l azot va kislorod aralashmasida vodorod qo’shib portlatilganda hajm 9 l g ga kamaydi. Dastlabki aralashmadagi gazlarning hajmiy ulushlarini aniqlang .

        27. 8g temir bilan n.sh.da xlorning qanday hajmi kirishadi?

        28. 0,75 g ikki valaentli metallning suv bilan o’zaro ta’siridan 420 ml (n.sh.da) vodorod ajralib chiqdi. Bu qaysi metall?

        29. 500 ml vodorod va kisloroddan iborat aralashmaning vodorodga nisbatan zichligi 10 ga teng. Aralashmadagi har bir gazning hajmini toping.

        30. 12g temir va misdan iborat aralashma xlorlanganda 5,6 xlor sarflandi. Dastlabki aralashmaning tarkibini aniqlang.

        31. Tarkibida 80% CaCO3 bo’lgan 1 kg ohaktoshni qizdirish natijasida necha litr (n.sh.) CO2 ajralib chiqadi?

        32. 4,9g bertolle tuzi parchalanganda 1,344 l (n.sh) kislorod ajralib chiqdi. Bertolle tuzi tarkibidagi necha foiz kislorod bor?

        33. 5g metall yonganda 9,44g metall oksidi hosil bo’ldi. Metallning ekvivalent massasini hisoblang.

        34. 2,18g kislotani neytrallash uchun 2,49g KOH safr bo’ldi. Kislotaning ekvivalent massasini hisoblang.

        35. Qandaydir element gidridida, elementning massa ulushi 75 % . Elementning ekvivalentligini hisoblang

        36. 0,864 gramm metal xlor bilan massasi 1,148 g bo’lgan xlorid hosil qiladi. Agar xlorning ekvivalenti 35,5 g /molga teng bo’lsa, metalning ekvivalentini hisoblang.

        37. Massasi 2,68 g bo’lgan metall oksidi vodorod bilan qaytarilganda massasi 0,648 g suv hosil bo’ldi. Metalning ekvivalentini hisoblang.

        38. Massasi 3,6 bo’lgan qandaydir metal oksidini qaytarish uchun 1,77 l (n.sh da) vodorod sarf bo’ldi. Metalning ekvivalentini hisoblang.

        39. FeCl2 va FeCl3 birikmalarida temirning ekvivalenti bir xilmi?

        40. 0,07kg azotning 210C va 142 kpa bosimdagi hajmini hisoblang.

        41. 1l havo tarkibidagi COmolekulalari sonini hisoblang. Havo tarkibidagi CO2 ning hajmiy ulushi 0,03% .

        42. 2l H2 150C va 100,7 kpa bosimga qanday massaga ega bo’ladi?

        43. Massasi 1,714 g bo’lgan gaz (n.sh da) 600ml hajmni egallaydi. Gazning molyar massasini hisoblang.

        44. 1m3 havoning 170C va 83,2 kpa bosimdag massasini hisoblang.

        45. O’zgarmas haroratda gaz 93,3 kpa bosimda 3 l hajmini egallaydi. Gaz hajmi 2.8 litr bo’lganda uning bosimi qanday bo’ladi ?

        46. 270C haroratda azot 600 ml hajmni egallaydi. Agar bosim o’zgarmas bo’lsa, 570C da uning hajmi qanday bo’ladi.

        47. 250C ga 99,3 kpa bosimda gaz hajmi 152 ml bo’lsa, uning n.sh.dagi hajmini hisoblang.

        48. 8 l NO va CO2 dan iborat gazlar aralashmaning massasini hisoblang. Aralashmadagi (NO)=25% (CO2)=75%

        49. Aralashma uch xil gazdan iborat. Gazlarning aralashmadagi massa ulushlari tegishlicha: w (NO)= 30% w(CO)=25% w(CO2)= 45% bo’lsa, ularning hajmiy ulushlarini hisoblang.

        50. 20 ml vodorod va kisloroddan iborat gaz aralshmasi portlatilgandan keyin 3,2 ml yonishga yordam beradigan gaz ortib qoldi. Aralashmadagi har bir gazning hajmini hisoblang.

        51. Qandaydir element gidridi tarkibida vodorodning massa ulushi 8,87% gat eng. Elementning ekvivalent massasini hisoblang.

        52. Mishyak 2 ta oksid hosil qiladi. Oksidlar tarkibida mishyakning massa ulushi tegishlicha 65,2 % va 75,8 % bo’lsa oksidlar tarkibidagi mishyakning ekvivalent massasini hisoblang.

        53. CO va CO2 dan iborat gaz aralashmasida CO2 ning hajmiy ulushi 65% ga teng bo’lsa, aralashmasining massasini hisoblang.

        54. 270 C da kislorod bilan to’ldirilgan 750 ml li kolbaning massasi 83,3g keladi. Kolbaning massasi 82,1 g bo’lsa, kislorodning bosimini aniqlang.

        55. Massasi 1,9 g bo’lgan kimyoviy birikma yoqilganda 200 va 755 mm s.u. bosimda o’lchangan 604 ml CO2 ajralib chiqdi. Agar modda tarkibida massa ulushi jihatdan 46,66% azot va 6,66% vodorod borligi ma’lum bo’lsa, uning formulasini toping.

        56. Tarkibida yod saqlovchi kislotaning molekulyar massasi 176. Bu kislota H2S bilan reaksiyaga kirishib, S, I2 va H2 hosil qilishi ma’lum bo’lsa, kislotaning formulasini toping. Reaksiya tenglamasida 1 mol yodga 5 mol oltingugurt to’g’ri keladi.

        57. 0,3 g ikki valentli va uning oksididan iborat aralashma xlorid kislotada eritildi. (V­HCL=8 ml C(HCL)= 1 n ) bunda 36,4 ml n.sh.da vodorod ajralib chiqdi. Aralashmaning foiz tarkibini va noma’lum metallni aniqlang.

        58. Tarkibida 10% qo’shimcha mahsulotlar bo’lgan 80 g mis oksid CuO vodorod oqimida qizdirilgan. Reaksiya tamom bo’lgandan keyin qizdirish to’xtatilgan. a) necha gram vodorod reaksiyaga kirishgan? b) bu tajribada qancha mis va qancha suv hosil bo’lgan?

        59. Normal sharoitda olingan 20 l korbonat angidrid (CO2), 7 l kislorod (O2) va 14 l azotdan iborat gazlar aralashmasining massasini hisoblang.

        60. 4.6 g organik modda batamom yondirilganda 8.8 g korbanat angidrid va 5.4 g suv hoil bo’lgan. Bu modda bug’ining 1 litrli normal sharoitda 2.053 g keladi.Uning molekullar formulasini toping.

Download 75.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling