Amaliy mashg’ulot №1 Mavzu: Informatikani boshlangich ta’limda o’rgatish muommalari Darsning maksadi


Download 20.29 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi20.29 Kb.
#1246250
Bog'liq
01-amaliy mashgulot


AMALIY MASHG’ULOT
Amaliy mashg’ulot №1
Mavzu: Informatikani boshlangich ta’limda o’rgatish muommalari
Darsning maksadi: Talabalarga boshlangich ta’limda informatika elementlaridan foydalanishning usullari tugrisida ma’lumotlar berish.
Dars jixozlari: Boshlangich sinflarga doir adabiyotlar, turli matnli va grafikli muxarrirlar, klaviatura trenajeri, “Kalkulyator” dasturi va kompterlar.
Metodik ko’rsatmalar:
Xozirgi paytda umumta’lim maktablarida informatika fani DTS ga ko’ra, 8-9 sinflarda o’qitilmoqda. Ushbu sinf oquvchilarining zamonaviy texnologiya asoslarini yanada yaxshiroq uzlashtirishlari uchun boshlangich ta’limda informatikaning elementlarini oqitish samarali natijalar berishini rivojlangan davlatlar tajribasi ko’rsatmoqda. Bunday tajribalar respublikamizning iqtidorli sinflarida o’tkazilmoqda. Informatika elementlaridan foydalanish uchun boshlangich ta’lim o’quvchilarining fikrlash doirasini kengaytirish masalasi birinchi navbatda turmoqda. Chunki mantiq asoslarini urganish orqali o’quvchilar fizika, matematika va kimyo kabi murakkab fanlar bo’yicha qonun va ta’riflarni o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Mantikiy fikrlash gumanitar va ijtimoiy fanlarning mavzularini ketma-ketlik qoidasiga rioya qilgan xolda eritish va to’g’ri xulosalar chiqara olishiga yakindan yordam beradi. Mantiqiy masalalarni boshlangich ta’limda o’qitish masalasi o’quvchining fikrlash doirasini o’stirishning asosiy usullaridan biri xisoblanadi.
Mantiqning boshlangich ta’limda o’qitilishdan asosiy maqsad-o’quvchilarni formal klassik va matematik mantiqning asosiy tushuncha va terminlari bilan tanishtirishdan iboratdir.
Mantiq tushunchasiga tegishli darslarni quyidagi mavzular doirasida olib borish mumkin:

Mantik tushunchasi bilan tanishgandan so’ng, kompyuter xonsida quyidagi mavzular doirasida laboratoriya-amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish mumkin:

  • Kompyuter qurilmalari bilan tanishish;

  • Klaviatura trenajeri bilan tanishish va u yordamida klvaishlar bilan ishlash malakasini xosil qilish;

  • “Sichqoncha” manipulyatori biln ishlashni o’rganish;

  • WINDOWS OT muxitida PAINT grafikli muxarriri bilan ishlash texnologiyasini o’rganish;

  • PAINT yordamida turli shakl va rasmlar chizish;

  • Sodda matni muxarrirlardan biri eki MS WORD protsessoridan foydalanib, diktant yozishni o’rganish;

  • “Kalkulyator” dasturi bilan ishlash texnologiyasini o’rganish;

  • “ Kalkulyator” dasturi yordamida turli arifmetik amallarni bajarish.




  1. Topshiriklar

  1. Mantiqiy 3 ta masala tuzing.

  2. Muloxaza yuritishga mos keluvchi masalalar ishlab chiqing.

  3. Mantiqiy amallarni kullashga doir masalalar tuzing.

  4. Isbotlash va fikrlashga doir masalalar ishlab chiqing.

  5. MS DOS muxitida grafikli muxarrir yordamida chizma, sxema va shakllar chizing.

  6. WINDOWS muxitida turli murakkablikdagi shakllar chizib, ularni jixozlashni o’rganing.

  7. WORD Pad va Bloknot da yozish malakasini xosil qiling.

  8. “Kalkulyator” dasturida turli muxandislik xisoblarini bajarishni amalga oshiring.




  1. Nazorat savollari

  1. Mantiq deganda nimani tushunasiz?

  2. Muloxaza tushunchasi nima?

  3. Mantiqiy amallardan qanday foydalanish mumkin?

  4. Sichqoncha manipulyatori bilan ishlash usullari qanday?

  5. PAINT dasturida nusxalash va ko’chirish qanday amalga oshiriladi?

  6. PAINT dasturida ko’shimcha qanday amallarni bajarish mumkin?

  7. Kalkulyator dasturi yordamida qaysi soxadagi ishlarni bajarish qulay?

Download 20.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling