Mikrosxema oyoqchalarining joylashishi
1 14
Integral mikrosxemalarning belgilanishi
Integral mikrosxemalarni belgilash asosan to‘rt qismdan iborat.
1) Birinchi raqam-konstruktiv texnologik guruhni belgilaydi (1,5,6,7-yarim o‘tkazgichli, 2,4,8-gibritli, 3-plenkali).
2) Ikkinchi qism- ikki yoki uchta raqam (00-dan 999-gacha) mikrosxemaning tartib rakamini belgilaydi.
3) Uchinchi- ikkita harf, mikrosxemaning funksional belgilanishi ( G-generatorlar, L-mantiqiy elementlar, F-formirovatellar, R-xotira elementlari va q.k.).
4) To‘rtinchi- mikrosxemaning mazkur seriyadagi funksional belgi bo‘yicha shartli nomeri.
Masalan: 155 LA 3
Seriyaning nomeri oldida qo‘shimcha harflar bo‘lishi mumkin:
K- keng qo‘llaniladigan mikrosxema (K 561 IR 1);
M- keramik korpusli mikrosxema ( KM 155 IM 3) va h.k.
Integral mikrosxemalarning uzatish xarakteristikalari
Bazali mantiqiy elementlar yoki ventillarning asosiy xarakteristikasi – bu invertorning uzatish xarakteristikasidir: Uvыx = f(Uvx).
Integral mikrosxemaning uzatish xarakteristikasida quyidagi belgilashlar kiritilgan. Uvыx1/Uoh – mantiqiy birga mos "1" bo‘lgan mantiqiy elementning chiqish yo‘lidagi kuchlanish. Uvыx1por/Uoht – hali "1"-ga mos bo‘lgan mantiqiy element chiqish yo‘lidagi porogli kuchlanish. Uvыx0/Uol – mantiqiy nolga - "0" mos bo‘lgan mantiqiy elementning chiqish yo‘lidagi kuchlanish. Uvыx0por/Uolt – hali nolga - "0" teng bo‘lgan mantiqiy elementning chiqish yo‘lidagi porogli kuchlanish. Uvx1/Uih – mantiqiy birga - "1" teng bo‘lgan mantiqiy elementning chiqish yo‘lidagi kuchlanish. Uvx1por/Uiht – xali - "1 -ga teng bo‘lgan mantiqiy elementning kirish yo‘lidagi porogli kuchlanish. Uvx0/Uil - mantiqiy nolga -"0" teng bo‘lgan mantiqiy elementning kirish yo‘lidagi kuchlanish. Uvx0por/Uilt – hali nolga -"0" teng bo‘lgan mantiqiy elementning chiqish yo‘lidagi porogli kuchlanish. Ucc – mantiqiy elementnieng elektr manba kuchlanishi.
Quyidagi jadvalda turli texnologiyalar asosida tayyorlangan mikrosxemalar parametrlarining o‘rtacha tipik qiymatlari keltirilgan.
Shuni ta’kidlash joizki, ayrim ma’lumotnomalarda jadvalda keltirilgan parametrlar va qiymatlar bir-biridan juda kichik miqdorda farq qkilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |