Amaliy mashg’ulot 1 Mavzu: Integral mikrosxemalarini parametrlarini hisoblash
Integral mikrosxemalarning tarmoqlanish koeffitsienti
Download 322,73 Kb.
|
Amaliy mashg\'ulot sirtqi 4-kurs Elektronika (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
- Amaliy mashg’ulot 2 Triggerlarning parametrlarini hisoblash
Integral mikrosxemalarning tarmoqlanish koeffitsienti
Tarmoqlanish koeffitsienti (Kraz,N) yoki yuklama qobiliyati – bu mikrosxemaning alohida chiqish yo‘liga ulanishi mumkin bo‘lgan maksimal kirish sonlari yo‘llaridir. Bunda kirish toklarining yig‘indisi mikrosxemaning alohida chiqish yo‘li tokidan kichik bo‘lishi kerak. Agar mikrosxema bir nechta chiqish yo‘liga ega bo‘lsa, unda barcha chiqish yo‘llaridagi tok yig‘indisi ushbu mikrosxemaning pasportida belgilangan qiymatdan oshmasligi kerak. N- ni aniqlash uchun j-chiqish yo‘lida mantiqiy 0 va 1 uchun kirish yo‘llarining alohida ikkita yig‘indisi aniqlanadi. TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
Amaliy mashg’ulot 2 Triggerlarning parametrlarini hisoblash EHMlarning sonli elementlari deb, mantiqiy funksiyalarni bajaruvchi, axborotlarni xotirasida saqlovchi va signallarni kuchaytiruvchi va qayta ishlovchi qurilmalarga aytiladi. Sonli avtomatlarda funksiya qiymati o‘zgaruvchilarning joriy taktdagi qiymatiga bog‘liq bo‘lmay, balki oldingi taktdagi qiymatlariga ham bog‘liqdir. Demak, sonli avtomatlar bir va undan ortiq taktdagi signallarni o‘zida saqlashi kerak. EHMlarda bu vazifalarni asosan triggerlar bajaradi. Trigger - ikkita teng kuchli, alternativ turg‘un holatga ega bo‘lgan (0 yoki 1) va axborotni yozish, saqlash va uzatish uchun xizmat qiladigan qurilmadir. Boshlang‘ich signallar ta’sirida trigger bir turg‘un holatdan ikkinchisiga o‘tishi mumkin. Odatda trigger ikkita chiqish yo‘liga ega: birinchisi to‘g‘ri chiqish yo‘li deyiladi va Q bilan belgilanadi. Ikkinchi chiqish yo‘li teskari chiqish yo‘li deyiladi va bilan belgilanadi. Triggerning kirish yo‘llarining soni uning bajariladigan funksiyasiga bog‘liq. Axborotlarni yozish bo‘yicha triggerlar 2 ga bo‘linadi:
Asinxron triggerlarda axborotning o‘zgarishi uchun istalgan paytda kirish signallarining berilishi bilan o‘zgaradi. Sinxron triggerlarning chiqish yo‘lida signallarning o‘zgarishi uchun uning kirish yo‘liga qo‘shimcha sinxrosignal (boshkarish signali) berish kerak. Aks holda bunday triggerlarda axborotlarni yozib bo‘lmaydi. EHM qurilmalarida turli funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan triggerlar qo‘llaniladi. Lekin barcha sxemalarning asosini asinxron RS trigger tashkil etadi.
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling