Amaliy mashg’ulot №1 Mavzu: Kimyoviy birikmalarning asosiy sinflari


Download 1.56 Mb.
bet34/39
Sana11.01.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1089458
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
1-Amaliy mashg’ulot

Zn+2 + 4H2O ® [Zn(H2O)4]2+
Hosil bo’lgan kompleks birikmada to’rtta donor-akseptor bog’i yuzaga kelgan. Bunda Zn2+ ioni elektro-akseptor, suv molekulalari bo’lsa elektro-donordir. Ana shunday donor-akseptor bog’lar barcha kompleks kation va anionlarda yuzaga kelib kompleks ionlarni hosil qiladi.
Ularga: NH4+ va uning tuzlarida, H3O+, CO, NH4OH, NH4Cl, koordinatsion birikmalarda, [Cr(H2O)6]3+, [Fe(H2O)6]2+, [Fe(H2O)]3+, (CoF6)3+, [Co(NH3)6]3+, HNO3 va uning tuzlarida, N2O5, (PF6)-, [Cu(H2O)6]2+, [AlF6]3+, [SbF6]2+, [Fe(CN)6]2+, [Fe(CN6)]3+, NH4NO3, N2O, O3, O2F2, HN3, NO2, N2O4 va boshqalar kiradi.

Kompleks birikmalarda markaziy atom va ligandlar o’rtasida donor-akseptor, tashqi sfera va ichki sfera o’rtasida ionli bog’lanish mavjud. Bu bog’lanish ham elektron juftlarining hosil bo’lishi hisobiga sodir bo’ladi. Yuqoridagi misollardan farqi, elektron juft donor atomiga tegishli bo’lib, aktseptor atom o’zining bo’sh orbitali hisobiga bog’lanadi. Donor-aktseptor bog’lanish hosil bo’lish shartlari – atomlarning birida kimyoviy bog’lanishda qatnashmagan elektron juftlari bo’lishi va ikkinchi atomda bo’sh orbital bo’lishi kerak.



Quyidagi misolda donor-aktseptor bog’lanish hosil bo’lishi uchun barcha shartlar bajarilgan. Ammiak molekulasida kimyoviy bog’lanishda qatnashmagan elektron juftlar, vodorod atomida bo’sh orbital mavjud. Ammiak molekulasida azot tashqi qavatidagi uchta juftlashmagan elektroni hisobiga uchta vodorod atomlari bilan kovalent bog’lanish hosil qiladi. Azotning tashqi qavatida yana ikkita juft holdagi s-elektronlari bor, ular orbital bo’sh bo’lgan vodorod ionlari bilan donor-akseptor bog’ orqali ammoniy hosil qiladi. O’zining elektron jufti bilan qatnashuvchi zarracha (atom) donor, o’zining bo’sh orbitali bilan qatnashuvchi zarracha (yoki ion) akseptor bo’ladi. Bizning misolimizda azot – donor, vodorod ioni esa akseptor. Ammoniy ionidagi to’rttala bog’ning xossalari bir xilda, shuning uchun donor-akseptor bog’ni kovalent bog’ning bir ko’rinishi deb qarash mumkin.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling