Amaliy mashg’ulot №1 Mavzu: Kimyoviy birikmalarning asosiy sinflari


Donor-akseptor kimyoviy bog’lanish, murakkab birikmalardagi kimyoviy bog’lanishlar tabiati, molekulaning dipol momenti va uni hisoblash


Download 1.56 Mb.
bet33/39
Sana11.01.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1089458
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
Bog'liq
1-Amaliy mashg’ulot

Donor-akseptor kimyoviy bog’lanish, murakkab birikmalardagi kimyoviy bog’lanishlar tabiati, molekulaning dipol momenti va uni hisoblash.
Donor-akseptor (koordinatsion) bog’lanish.
Ba’zi molekulalar tarkibiga kiruvchi atomlarda kimyoviy bog’lanishda ishtirok etmagan – “taqsimlanmagan” elektron juftlari, ba’zi birlarida esa bo’sh elektron orbitallar mavjud. Shunday ikki turdagi molekulalar o’zaro ta’sirlashganda ular o’rtasida kimyoviy ta’sir kuchlari yuzaga keladi. Bunday ta’sirni “donor-akseptor ta’sir” deyiladi. Donor – akseptor juda ko’p katalitik, solvatasiya jarayonlarida, kompleks birikmalar hosil bo’lishida yuzaga keladi. Bu ta’sir natijasida hosil bo’luvchi komplekslarning tarkibi, hosil bo’lish mexanizmi, elektron orbitallarining tuzilishiga bog’liq.
Donor akseptor bog’lanish deb − bir elementning taqsimlanmagan elektron jufti bilan boshqa bir elementning bo’sh orbitallari o’zaro bir-birini qoplashi natijasida vujudga keladigan bog’lanishga aytiladi. Masalan, ammoniy ionining hosil bo’lishi qaralsa:

H
· ·
H:N:H
· ·
Bu yerda azot atomi bog’ hosil qilishda beshta elektroni bilan, uchta vodorod atomi bo’lsa bittadan elektroni bilan bog’ hosil qilishda ishtirok etgan. 8 ta elektrondan 6 tasi 3 ta kovalent bog’ hosil qilishda ishtirok etadi. Lekin ikkita elektron faqat azotga tegishli va bo’linmagan elektronlar juftini hosil qiladi. Bu elektronlar jufti bo’sh orbitali bor bo’lgan boshqa atom bilan kovalent bog’lanish hosil qiladi. Bo’sh 1s orbital vodorod ionida bor H+. Shuning uchun ham ammiakning vodorod ioni bilan ta’sirlashuvi natijasida kovalent bog’ hosil bo’ladi. Azotning bo’linmagan elektron jufti ikkala atom uchun umumiy bo’lib qoladi va NH4+ ioni hosil bo’ladi:
:NH3 + H+  [:NH4]+

Bunda kovalent bog’lanish oldin azot (donor) ga tegishli elektronlar hisobiga vodorod atomi (akseptor) dan orbital berilishi hisobiga hosil bo’ladi. Tajribalar natijasida to’rttala N-H bog’lari ham bir xilligi topilgan. Bundan donor-akseptor bog’lanish tufayli hosil bo’lgan bog’lar juftlashgan elektronlar hisobiga hosil bo’lgan bog’lardan farq qilmaydi degan xulosa kelib chiqadi. Suv molekulasidagi kislorod ikki juft bo’linmagan elektronlarga ega. Agar suvga H+ ioni ta’sir ettirilsa, unda kisloroddagi bo’linmagan elektronlar jufti hisobiga yangi donor-akseptor bog’ yuzaga keladi. Ana shunday bog’lanish hisobiga gidroksoniy ioni hosil bo’ladi. Gidroksoniy ionidagi musbat zaryad butun ionga tegishli. Protonning o’zi juda kichik o’lchamga ega u erkin holda mavjud emas. U suv molekulasiga birikkanligi tufayli endi barqaror bo’lib qoladi. Suv molekulasi ham metall ionlari atrofiga tortilib koordinatsion bog’ hosil qilishi mumkin. Metall ionlarining gitratlanishi hisobiga akva komplekslar hosil bo’ladi:



Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling