Amaliy mashg’ulot №1 Mavzu: Kimyoviy birikmalarning asosiy sinflari


Download 1.56 Mb.
bet28/39
Sana11.01.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1089458
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
Bog'liq
1-Amaliy mashg’ulot

Atom yadrosining tarkibi

1. Atom massasi 96, yadro zaryadi 42 bo‘lgan Molibden (Mo) izotopi yadrosida nechta proton va neytron bo‘ladi?


2. Nisbiy atom massasi 238, yadro zaryadi 92 bo‘lgan uran atomi yadrosida nechta neytron bor?


3. Quyidagi izotoplar yadrolaridagi protonlar, neytronlar sonini toping?





Element

izotop

proton

neytron

Aktiniy

227Ac







Amerisiy

243Am

.




Berkliy

247Bk







Vismut

209Bi







Evropiy

152Eu







Uran

235U








4. Quyidagi modda va ionlar tarkibidagi protonlar va neytronlar va elektronlar sonini aniqlang?






Modda, ion

proton

neytron

elektron

a

HCl










b

NaCl










c

H2SO4










d

SO4-2










e

NH4+










f

Fe+3










g

CD4










h

H3O+










j

D2O










k

T2O










l

PO4-3










m

Na+










n

OH -










o

CuSO4·5H2O










4. Molekulaning tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish.





Kimyoviy bog’lanish.





Vodorod bog’lanish.

Metall bog’lanish.

Kovalent bog’lanish.

Ion
bog’lanish.





Kimyoviy bog’lanish – ikki yoki bir necha atomning elektron almashishi natijasida hosil bo’ladigan o’zaro ta’sir. Atomlar kimyoviy bog’ hosil qilishda ular o’zining sirtqi qavatini barqaror oktet (sakkiz elektronli) yoki dublet (ikki elektroknli) qilishga intiladi. Elektronlar yadrolar ortasida taqsimlanishi boyicha kimyoviy bog’lanishlar quyidagi turlarga bo’linadi: kovalent (qutbli, qutbsiz va donor-akseptor) ion, vodorod va metall bog’lanishlar. Kimyoviy bog’ hosil bo’lishida elementlarning elektromanfiyliklari muhim o’rin egallaydi.
Коvalent bog’lanish – elektron juftlar vositasida vujudga keladigan bog’lanishdir. Bunda hosil bo’lgan juft har ikkala atomga tegishli bo’ladi. Kovalent bog’lanish ikki xil mexanizm bilan hosil bo’ladi:
1. Almashinnuv mexanizmi – bunda har bir atom bittadan juftlashmagan elektronni berib, umumiy elektron juftni hosil qiladi:
2. Donor–akseptor mexanizmi–bunda bir atom (donor) elektron jufti bilan, ikkinchi atom (akseptor) esa bo’sh orbital bilan ishtirok qiladi

Ikki atom orasida bir necha juft elektron umumlashuvi mumkin. Bunda karrali bog’lar (qo’sh bog’, uch bog’) hosil bo’ladi. Agar hosil bo’lgan umumiy elektron jufti har ikkala atom uchun simmetrik joylashsa, bunday bog’lanish qutbsiz kovalent bog’lanish deyiladi


Qutbsiz kоvаlеnt bоg’lаnish elеktrоmаnfiyliklаri bir хil bo’lgаn elеmеnt аtоmlаri оrаsidа sоdir bo’lаdi (N2, О2, …). Hоsil bo’lgаn elеktrоn jufti bir аtоm tоmоn siljigаn bo’lsа, bundаy kоvаlеnt bоg’lаnish qutbli bоg’lаnish dеyilаdi.



Kоvаlеnt bоg’ hоsil qilgаn аtоmlаrning elеktrоmаnfiyliklаr fаrqi qаnchа kаttа bo’lsа, bоg’ning qutbliligi shunchа kаttа bo’lаdi (N2О, NH3…). Аgаr elеmеnt аtоmlаrining nisbiy elеktrоmаnfiyliklаr fаrqi kаttа bo’lsа, hоsil bo’lаdigаn elеktrоn jufti elеktrоmаnfiyligi kаttа bo’lgаn аtоmgа o’tаdi vа iоnlаr hоsil bo’lаdi.


Iоn bоg’lаnish – qаrаmа - qаrshi zаryadlаngаn iоnlаr оrаsidа sоdir bo’lаdigаn elеktrоstаtik tоrtish kuchlаri nаtijаsidа vujudgа kеlаdigаn bоg’lаnishdir.

(natriy ftоrid nаtriy ionlari Na+ va ftоrid iоnlaridan F- tashkil topgan)


Iоn bоg’lаnish kоvаlеnt bоg’lаnishdаn fаrq qilib, toyinuvchаnlik vа yo’nаluvchаnlik хоssаlаrigа egа emаs. Iоn bоg’lаnishli mоddаlаr kristаll mоddаlаr bo’lib, ulаrning suvdа eritmаlаri kuchli elеktrоlitlаrdir. Bundаy bоg’lаnishli mоddаlаrning suyuqlаnish vа qаynаsh hаrоrаtlаri yuqоri bo’lаdi.
Vоdоrоd bоg’lаnish – bir mоlеkulаning musbаt zаryadlаngаn vоdоrоdi bilаn ikkinchi mоlеkulаning mаnfiy zаryadlаngаn аtоmi bilаn vujudgа kеlаdigаn bоg’lаnishdir. Vоdоrоd bоg’lаnish qismаn elеktrоstаtik, qismаn dоnоr-аksеptоr хususiyatgа egа. Vоdоrоd bоg’lаnish suv, spirtlаr vа kаrbоn kislоtаlаrning yuqоri hаrоrаtdа qаynаshigа sаbаb bo’lаdi. Vоdоrоd bоg’lаnish: ichki mоlеkulyar vа mоlеkulаlаrаrо turlаri mаvjud.



Mеtаll bоg’lаnish – nisbаtаn erkin elеktrоnlаrning mеtаll iоnlаri bilаn o’zаrо tа’sirlаshuvi nаtijаsidа hоsil bo’lаdigаn bоg’lаnishdir.
Mеtаllning vаlеnt elеktrоnlаri o’zining yadrоsi bilаn judа zаif bоg’lаngаni uchun аtоmdаn judа оsоn аjrаlib chiqаdi. Shuning uchun mеtаll tаrkibidа erkin elеktrоnlаr, musbаt zаryadlаngаn mеtаll iоnlаri vа nеytrаl mеtаll аtоmlаri bo’lаdi. Shu sаbаbli mеtаll kristаll pаnjаrа tugunlаridа jоylаshgаn qаtоr musbаt zаryadlаngаn iоnlаrdаn vа ulаr оrаsidа hаrаkаtlаnа оlаdigаn ko’plаb erkin elеktrоnlаrdаn ibоrаt. Mеtаll bоg’lаnish tufаyli mеtаllаr elеktr tоkini, issiqlikni yaхshi o’tkаzаdi, bоlg’аlаnuvchаnlik vа mеtаll yaltirоqlik хоssаlаrigа egа.

1-masala. Agar I2 va Cl2 molekulalarida yadrolar orasidagi masofa tegishlicha 2,67·10-10 va 1,99·10-10 m ga teng bo’lsa, ICl molekulasidagi bog’ uzunligini hisoblang.


Yechish. Molekulalarda kovalent bog’ uzunligini taqribiy hisoblashda quyidagi formulani qo’llash mumkin:

bu yerda dA-B – molekulada AB bog’ uzunligi; dA-A va dB-B – A2 va B2 molekulalaridagi yadrolararo masofa.
I-Cl dagi bog‘ uzunligi quyidagiga teng:

2-masala. KCl kristal panjarasi doimiysi 3,16·10-10 m ga teng. Agar Cl- ioni radiusi 1,811·10-10 m ga teng bo’lsa, K+ ioni effektiv radiusini hisoblang.


Yechish.

3–masala. Agar vodorod – vodorod va kislorod – kislorod bog’larning energiyalari tegishlicha 435,9 va 498,7 kJ/mol ga teng bo’lsa, hamda 2 mol vodorod yonganda 483,68 kJ issiqlik ajralsa suv molekulasidagi kislorod–vodorod bog’ning energiyasini aniqlang.
Yechish.

Ikki molekula suvda 4 ta kislorod-vodorod bog’ning o’rtacha energiyasi:
1854,18/4 = 463,54 kJ/mol.
3-masala. SO2 molekulasi elektr dipol momenti 5,4·10-30 Kl·m ga teng. S-O dipol uzunligini aniqlang.
Yechish. Bog’ qutbliligi dipol elektr momenti p bilan xarakterlanadi: p=Ql,
bu yerda Q-elektron zaryadi (1,602·10-19 Kl); l-dipol uzunligi, m.
Bundan:
l = p/Q = 5,4·10-30/1,602·10-19 = 3,37·10-11 m.
4-masala. Agar HI molekulasi dipol elektr momenti (pamal) 1,3·10-30 Kl·m, H–I bog’ uzunligi esa 1,61·10-10 m ga teng bo’lsa, kovalent bog’ni hosil qiluvchi vodorod va iod atomlarining effektiv zaryadlarini aniqlang.
Yechish. Qutbli kovalent bog’ hosil qiluvchi atomlarning effektiv zaryadlari
quyidagi nisbatdan foydalanib topiladi: δ = pamal/pion , bu yerda δ–atomning effektiv zaryadi; pion – molekula elektr dipol momenti qiymati (ionga nisbatan elektron zaryadi orqali nazariy topiladigan qiymat); pamal – molekula elektr dipol momentining amaliy aniqlamgan qiymati. HI molekulasi uchun pion ni hisoblaymiz: pion = Ql = 1,602·10-19 · 1,61·10-10 = 2,6·10-29 Kl·m. Molekulada H va I atomlari effektiv zaryadlarini topsak: pamal/pion=1,3·10-30/2,6·10-20=0,05;
δH = +0,05; δI = – 0,05.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling