Amaliy mashg'ulot №1 mavzu: Nometall foydali qazilmalarni boyitishning texnologik sxemasini tanlash Ishdan maqsad
Download 0.63 Mb.
|
Amaliyot (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grafit rudasi
3-AMALIY ISH
Mavzu: Grafitli va baritli rudalami boyitishning texnologik sxemalarini tanlash Apolyar guruhga ko`mir, grafit, oltingugurt, apatit va boshqalar kiradi. Ular faol flotatsiyalanish qobiliyatiga ega bo`lib, bu ularning molekulyar yoki qatlamli kristal panjaraliligi bilan bog’liq. Ularning yuzalari yomon gidratlanganligi uchun havo pufakchalariga yengil yopishadi. Bunday minerallarni bitta ko`pik hosil qiluvchi reagent qo`llash bilan ajratib olish mumkin. Boyitmaning sifatini oshirish uchun esa yig’uvchi reagent sifatida to`yingan uglevodorodlardan foydalaniladi. Ular flotatsiyalanadigan minerallar zarrachalarining yuzalarini qoplab oladi. Ruda tarkibidagi bo`sh tog’ jinslarining flotatsiyalanish qobiliyatlarini tazyiqlash uchun esa suyuq shishadan foydalaniladi. Grafit rudalarini flotatsiya usulida boyitish Grafit rudalarini boyitish uchun rudaning o`lchami 3-4 mm gacha yanchiladi. Mayin yanchish darajasi oshgan sari qimmatbaho komponentning boyitmaga ajralishi kamayib boradi. Yanchish jarayonida grafit bo`sh tog’ jinslarining zarrachalariga singib qoladi. Shuning uchun ham bo`sh tog’ jinslarining flotatsiyalanish qobiliyatini tazyiqlash qiyinlashadi. Flotatsiya jarayoni ko`pik hosil qiluvchi reagent va kerosin aralashtirilib olib boriladi. Grafit rudasi Kerosin 600-650g/t Yanchish Og’ak (pH=8,5) suyuq shisha-2kg/t, sosna yog’i-180g/t Asosiy flotatsiya H2SO4 pH=3-5 gacha Qayta tozalash Nazorat flotatsiyasi Qayta tozalash chiqindi Boyitma Grafit rudalarini boyitish sxemasi. Kuchsiz ishqoriy bo’tana singdirilgan grafit natriy silikati bilan deflokulyatsiya qilinadi. Asosiy flotatsiyaning boyitmasi pH=3-5 bo`lgan kislotali muhitda 3 yoki 4 marta qayta tozalash flotatsiyasi jarayonida boyitiladi. Bo`sh jinslarni flotatsiyalanish qobiliyatini tazyiqlash uchun kaltsiylangan soda, suyuq shisha, kaustik sodasi yoki sianid qo`llaniladi. Grafit bilan ko`mir jinslarini tazyiqlash ba`zi rudalar uchun o`ta muhim. Bunday holatlarda tazyiqlash kraxmal, yelim va kolloidlarni qo`llash bilan amalga oshiriladi. Grafit rudalarini boyitish sxemasi 10-rasmda keltirilgan. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling