Amaliy mashg’ulot. 1-mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Qadimgi turkiy tildagi o’zlashma qatlamda qaysi tillarga oid so’zlar mavjud.?


Download 27.14 Kb.
bet2/5
Sana17.02.2023
Hajmi27.14 Kb.
#1207308
1   2   3   4   5
Bog'liq
o\'zbek tili tarixi

3.Qadimgi turkiy tildagi o’zlashma qatlamda qaysi tillarga oid so’zlar mavjud.?
Qadimgi turkiy tillar — turli turkiy xalqlar yozma yodgorliklarida saqlangan, lekin hozirgi kunda aloqaaralashuv vazifasini yoʻqotgan tillarni bildiruvchi shartli atama. Bu tillar amal qilgan vaqt chegarasi ancha katta davrni qamrab oladi. Turkiy tillardagi qadimiy yodgorliklar ichida adabiy tilni emas, balki soʻzlashuv, sheva tillarini ifodalovchi yodgorliklar ham bor: lotin grafikasida bitilgan qipchoq tili yodgorligi "Soyex Siptashsiz" (13—14-asrlar) va arman yozuvida qipchoq tilida bitilgan qozilik hujjatlari (KamenetsPodolsk, 15—17-asrlar).
Shunday qilib, Qadimgi turkiy tillart. 2 xil: adabiy va ogʻzakisoʻzlashuv (dialektal) tillarni oʻz ichiga oladi. Adabiy tillar, oʻz navbatida, 2 ga: keng makonda tarqalgan va uzoq vaqt amalda boʻlgan tillar (Markaziy va Oʻrta Osiyoda) hamda kichik hududlarda tarqalib, oʻzaro yagona anʼana bilan bogʻliq boʻlmagan tillarga boʻlinadi. Ogʻzakisoʻzlashuv va dialektal turdagi tillarda yaratilgan yodgorliklarga qaraganda adabiy Qadimgi turkiy tillart.da yaratilgan yozma yodgorliklar miqsori anchagina koʻp. Bu nomutanosiblik, birinchidan, turkiy elat va xalqlardagi tarixiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarning jadalligi bilan bogʻliq boʻlsa, ikkinchidan, turkiy xalklar davlat tuzilmalarining rivojlanish darajasi hamda ularning yuksak darajadagi kitobiy savodxonligi bilan bogʻliqdir.
Qadimgi turkiy tillart.ning va umuman turkiy tillarning oʻrganilishi, ularning ayrim fonetikgrammatik xususiyatlari haqida q. Turkiy tillar, Turkiyshunoslik, Eski oʻzbek tili.

4.Bilga xoqon matndan omonim va sinonimlarni aniqlang.
Bilga xoqon bitiktoshi — marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi. Bilga xoqon sharafiga qoʻyilgan (735-yil). Ulan Batordan 400 km janubdagi Qorabalgʻasun shahrining harobalaridan taxminan 40 km shimolda joylashgan. Boʻyi 3 m 45 sm, eni 1 m 74 sm, kalinligi 72 sm.
Bilga xoqon bitiktoshi 80 satrdan iborat: 41 satri toshning yuz tomoniga, 15 satrdan 30 satr ikki yon tomoniga, 7 satr orqa tomoniga, 2 satr toshning tarashlangan 2 qirrasiga yozilgan. Mazkur bitiktoshni Kultegin bitiktoshi bilan birga 1889-yilda rus olimi N. M. Yadrinsev Moʻgʻulistonning Kosho Saydam vodiysida Koʻkshin Urxun daryosi boʻyidan topgan. Yodgorlik matni nemis, fransuz, dan, ingliz va rus tillariga tarjima qilingan, turk va oʻzbek tillarida tavsif etilgan.


Download 27.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling