Amaliy mashg’ulot. 1-mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Qadimgi turkiy tilda ko’plik shakli qanday ifodalangan?


Download 27.14 Kb.
bet3/5
Sana17.02.2023
Hajmi27.14 Kb.
#1207308
1   2   3   4   5
Bog'liq
o\'zbek tili tarixi

    Bu sahifa navigatsiya:
  • -ning
5.Qadimgi turkiy tilda ko’plik shakli qanday ifodalangan?
Turkiy tillarda, jumladan eski o‘zbek tilida ham egalik ma’nosi asosan qayd etilgan qo‘shimchalar orqali, ya’ni morfologik usul bilan anglashilgan. Ba’zan egalik ma’nosi qaratqich kelishigi bilan ham anglashilgan. Bunday holni qadimgi yodgorliklarda uchratish mumkin. Jumladan, “Devoni lug‘atit turk”da ham uchraydi: Qolmish tovar azining-qolgan tovar o‘zganing; Bu ot saning-mu? Bu hol keyingi davrdagi ba’zi yodgorliklarda uchraydi. Masalan, Bu qamug‘kimning turur? Aydi:bu o‘g‘lonnung turur.O‘g‘lan kimning turur? Aydi:Ibrohimning (Rabg‘uziy.31 b.)kabi.
Ushbu misoldagi ”tovar o‘zganing“,”ot saning-mu”, ”qamug‘-kimning turur“, ”Ibrohimning“ so‘zlaridagi qaratqich kelishigiga xos bo‘lgan -ning qo‘shimchasi hozirgi o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan -niki qo‘shimchasi ma’nosiga teng. Bu affiks aslida-ning+ki=-niki tarzida shakllangan. Egalik ma’nosining bu usulda ifodalanishi abstrak egalik deb yuritiladi.
Ko‘plik shakllari
1-shaxs-mыz/miz,-muz/mүz-akamiz,qыzыmыz/ishimыz,
-umuz/-үmүz- og‘lumuz/kőzүmүz;
2-shaxs-ңыz/ңiz,-ңuz/ңүz-ataңыz-qыzыңыz/ishiңiz,
-ыңыz/-iңiz, -uңuz/-үңүz- og‘luңuz /kőzүңүz;
3-shaxs-larы/-ləri-qыzlarы,akalari kabi.


6. Egalik qo’shimchalarining birlik shakllarini yozing.
Egalik qo`shimchalari – ismlarga qo`shilib asos qismida ifodalangan narsaning belgisini, xusiyatini, harakat-holatini uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan qo`shimchalar egalik qo`shimchalari deyiladi.

birlik ko`plik

I onam borishim onamiz borishimiz

II onang borishing onangiz borishingiz

III onasi borishi ona(lar)i borish(lar)i



Undosh bilan tugagan ismlarga –im, -imiz, -ing, -ingiz, -i, -lari; unli bilan tugagan ismlarga –m, -miz, -ng, -ngiz, -si, -(lar)i qo`shimchalari qo`shiladi.
viloyat, shahar, tuman, korxona nomlarida qo`llangan egalik qo`shimchalari xoslik, tegishlilik,umumdan ajralganlik ma’nolarini ifodalaydi: Orol dengizi, Bobur bog`i, Amir Temur xiyoboni. Bu gaplarda egalik ma’nolari anglashilmaydi.
Ravishlarida egalik qo`shimchalari ajratilmaydi, ular yaxlitlanib qolgan bo`ladi: kechasi, kunduzi, ertasiga, uzunasiga, kechalari.
Egalik qo`shimchasini olgan so`zdan oldin qaratqich kelishigi shaklidagi so`z belgili va belgisiz qo`llaniladi: kitobning varag`i, cho`l havosi, mening ustozim.
Sifatdosh va xarakat nomi tarkibidagi egalik qo`shimchalari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi. Shuning uchun ulardan oldin qaratqich kelishigini olgan so`zning ko`pincha qo`llanilishiga ehtiyoj bo`lmaydi. Masalan: Bilganingni ayt. Kachon kelishini bilmaymiz.
Ba’zan egalik qo`shimchasi belgisiz shaklda qo`llaniladi: bizning uy, sizning ko`cha. Egalik qo`shimchasini olgan so`z bosh kelishikdagi so`zga birikishi ham mumkin, bunda xoslik, umumiylik ma’nosi ifodalanadi: Toshkent shahri, Navoiy ko`chasi, «Qutlug` qon» romani.
Qarashlilik ma’nosi ismlarga –niki lug`aviy shakl yasovchi qo`shimchasini qo`shish orqali ham ifodalaniladi. Bu shaklni olgan so`z gapda faqat kesim vazifasida keladi, shaxs-sonda o`zgarmaydi: kitob meniki, kitob Karimniki.


Download 27.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling