Amaliy mashg‘ulot 1,2 Yo‘lovchi va yuk lokomotivlarini aylanish uchastkasidagi aylanish grafigini qurish


Download 0.53 Mb.
bet6/14
Sana03.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1322594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Lokomotiv eksp. amaliyot

Amaliy mashg‘ulot 9,10,11
Depodagi yo‘lovchi, yuk va manyovr lokomotivlariga TXK va ta’mirlash siklogrammasini qurish va lokomotivlarni ta’mirlash dasturini hisoblash
Lokomotivlarni soz xolda ushlab turish, ularning barqaror ishlashi va ularning ekspluatatsiyadagi ishonchligini oshirish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasini raisining 09.09.2009 yildagi № 341-N buyrug‘i bilan elektrovoz va teplovozlarga quyidagi rejali texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning turlari belgilangan.
Hozirgi kunda TK-1, TK-2, TK-3, TK-4, TK-5 turlardagi texnik xizmat ko‘rsatishlar bajariladi, ularda lokomotiv jihozlari, ayniqsa harakat havfsizligi bilan bog‘liq elementlari, ko‘zdan kechiriladi, mahkamlanishlar ishonchliligi va butunligi, ishqalanuvchi detallar moylanishi sharoiti tekshiriladi, jihozlarning alohida uzellari tekshiriladi va rostlanadi.
TK-1 da harakat havfsizligini ta’minlovchi uzellar, agregatlar, qurilmalarni ko‘zdan kechirish, tozalash, moylash, holatini nazorat qilish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. TK-1 lokomotiv brigadasi tomonidan har bir yo‘lga chiqish oldidan bajariladi.
Magistral lokomotivlar uchun TK-2 texnik xizmat ko‘rsatish lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish punktlarida yuqori malakali chilangarlar tomonidan usta boshchiligida, manevr ishidagi lokomotivlar uchun esa lokomotiv brigadalari tomonidan amalga oshiriladi. TK-2 da flydalanish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni oldini olish maqsadida dizel-generator qurilmasi, lokomotiv elektr jihozlari holati nazorat qilinadi. Yurish qismi, tormoz jihozlari, uzluksiz ta’sirli avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi, tezlik o‘lchagich, havfsizlik asboblari va radioaloqa holatiga alohida ahamiyat qaratiladi. TK-2 bajarilgandan so‘ng TU-
152 shakldagi jurnalga lokomotivning texnik holati bo‘yicha kerakli yozuvlar kiritiladi.
TK-3 lokomotivlar biriktirilgan depoda kompleks yoki ixtisoslashgan brigadalar tomonidan bajariladi. TK-3 da lokomotivning barcha jihozlari ko‘rikdan o‘tkaziladi.
TK-4 – lokomotivlar va motor-vagon harakat tarkiblari g‘ildirak juftliklari bandajlarini ularni O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llaridan Texnik foydalanish qoidalari (TFQ) va harakat havfsizligi talablari muvofiq xolatda bo‘lishini ta’minlash maqsadida yechib olmasdan yo‘nish uchun bajariladi.
TK-5 (lokomotivlar va motor-vagon harakat tarkiblarini komissiya tomonidan ko‘rikdan o‘tkazish) hajmida texnik xizmat ko‘rsatish – lokomotivlar va motorvagon harakat tarkiblarini bahorgi-yozgi va kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash uchun lokomotiv deposida bir yilda ikki marotaba, bahor va kuz fasllarida o‘tkaziladi.
Ta’mirlash deb tortuv harakat tarkiblarini sozligi yoki ishga yaroqliligini tiklash maqsadida va uning resursini, TFQ talablariga muvofiq me’yorlangan tashqi ko‘rinishini tiklash, shuningdak foydalanish jarayonida yuzaga keluvchi yoki TK jarayonida aniqlanuvchi nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan amallar kompleksiga aytiladi.
Lokomotivlar asosiy uzel va agregatlarini ishga yaroqliligini tiklash uchun lokomotivlarni rejali JT-1, JT-1r va JT-3 joriy ta’mirlari amalga oshiriladi. Joriy ta’mirlar davrida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar hajmi mos seriyadagi lokomotivlar uchun texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash qoidalari bilan me’yorlanadi. Har bir lokomotiv deposida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar tarkibi va lokomotiv parkini foydalanish bo‘yicha mahalliy sharoitlardan kelib chiqib lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan joriy ta’mir hajmi belgilanadi.
JT-1 va JT-3 joriy ta’mirlar – mos ta’mirlar oraliqlarida lokomotivlar va motor-vagon harakat tarkiblarini ekspluatatsion tavsiflari va ishga yaroqliligini alohida detallar, uzellar va agregatlarni taftishdan o‘tkazish, rostlash va reostat sinovlaridan o‘tkazish, shuningdak qisman modernizatsiyalash yo‘li bilan tiklash uchun bajariladi.
JT-1 da asosan TK-3 da bajariladigan ishlar bajariladi. Qo‘shimcha ravishda ayrim agregatlar va asboblar ta’mirlash uchun yechib olinadi, tirsakli vallar podshipniklarida moy uchun tirqishlar aniqlanadi, lokomotiv energiya qurilmasi rostlanadi va nazorat reostat sinovlari o‘tkaziladi. JT-1 odatda lokomotiv biriktirilgan depolarda bajariladi.
JT-3 da dizel qisman qismlarga ajratiladi, aravachalar lokomotiv ostidan chiqarib olinadi, qismlarga ajratiladi, bandajlar yo‘niladi, radiator seksiyalari ta’mirlanadi va boshqa turdagi ishlar bajariladi. JT-3 “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning ixtisoslashgan lokomotiv depolarida bajariladi.
JT-1r joriy ta’miri – elektrovozlarni ekspluatatsion tavsiflari va ishga yaroqliligini alohida detallar, uzellar va agregatlarni taftishdan o‘tkazish, ta’mirlash va almashtirish yo‘li bilan, shuningdak elektrovoz kuzovi va aravachasi ramalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan darzlarni aniqlash va bartaraf etish, yedirilishga ega ayrim uzel va detallarni almashtirish, ularni modernizatsiyalash uchun kuzovni ko‘tarish bilan bajariladi.
JT-4 joriy ta’miri – elektrovozlar va elektr poyezdlarini ekspluatatsion tavsiflarini yedirilishga ega uzellar va detallarni ta’mirlash va almashtirish, ularni modernizatsiyalash yo‘li bilan tiklash uchun bajariladi.
Lokomtivlarni kapital ta’mirlash (KT). Kapital ta’mir uchun sarflar yangi lokomotiv narxining 30 % dan ortmaydi, metall sarfi esa sezilarli darajada kam. Bundan tashqari, foydalanish jarayonida harakat tarkibi detal va uzellari yedirilishlari turlicha bo‘lganligi va ishga yaroqli qismlarning iste’mol narxi ancha yuqori bo‘lishi sababli ularning resursini kapital ta’mir orqali tiklash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuning uchun lokomotivning har qanday qismini tiklash yoki almashtirish yo‘li bilan resursini tiklash uchun KT-1, KT-2 hajmlaridagi kapital ta’mirlash bajariladi.
KT-1 kapital ta’miri – ekspluatatsion tavsiflar, sozlik va ta’mirlar oralig‘idagi resurs (xizmat muddati) ni yedirilishga ega va shikastlangan agregatlar, detal va uzellarni ta’mirlash va almashtirish, ularni modernizatsiyalash yo‘li bilan tiklash uchun bajariladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling