Amaliy mashg‘ulot 1,2 Yo‘lovchi va yuk lokomotivlarini aylanish uchastkasidagi aylanish grafigini qurish


Download 0.53 Mb.
bet1/14
Sana03.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1322594
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Lokomotiv eksp. amaliyot


Amaliy mashg‘ulot 1,2
Yo‘lovchi va yuk lokomotivlarini aylanish uchastkasidagi aylanish grafigini qurish;

Temir yo‘l tarmog‘ida lokomotiv deposini joylashtirish va lokomotivlarning eng maqbul aylanma uchastkasi ularning qum, yonilg‘i va TXK-2 lar orasidagi maksimal bosib o‘tadigan yo‘liga asosan tanlab olinadi.


Teplovoz va elektrovozlarning qum olish punktlari bo‘yicha maksimal bosib o‘tadigan yo‘li “qum elkasi” quyidagi formula bilan aniqlanadi.
(1)
bu erda 0,9- lokomotivning qum bunkeridagi 10% qolgan qumni xisobga oluvchi koeffitsient;
EQ-qum bunkerinig hisobot kitobiy hajmi, m3
Lp- 1 mln km bruttoga maksimal sarflanadigan qum me’yori (1 jadval. Yo‘l profilining turi va hisob-kitobiy ko‘tarilish topshiriq bo‘yicha belgilanadi)
Qt- yuk poezdining massasi (topshiriq bo‘yicha belgilanadi)
Teplovozni yonilg‘i bilan ta’minlash punktlari orasida maksimal bosib o‘tadigan yo‘li (“yonilg‘i elkasi”) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
(2)
bu erda 0.9- teplovozning yonilg‘i bakida 10% dizel yonilg‘isi qolganini hisobga oluvchi koeffitsient;
Eyo- yonilg‘i baklarining umimiy sig‘imi;
Lyo- xar 104tkm bruttogo dizel yonilg‘isi sarfining me’yori(topshiriq bo‘yicha belgilanadi).
2- jadvalda lokomotivlarning qum bunkerining (Eq) va teplovozlardagi yonilg‘i baklarining (Eyo)sig‘imi keltirilgan.
Lokomotivlarning TXK-2 lar orasida bosib o‘tadigan yo‘li quyidagi formula bilan aniqlanadi.
(3)
Bu erda Ttxk-2- N341N buyruq bo‘yicha TXK-2 lar orasida bosib o‘tiladigan yo‘l me’yori
awbw - Lokomotivlarning mos ravishda asosiy va aylanma depolarning yo‘llarida bo‘lish vaqti: teplovozlar uchun aw=2,5s. bw=1,5s , elektrovozlar uchun aw=2,04 s, bw=1,3s.
-o‘rtacha uchastka tezligi, -texnik tezlik (topshiriq bo‘yicha belgilanadi).
Jadval 1
YUk lokomotivining 1mln. tkm bruttoga maksimal sarflaydigan qum me’yori, m3 da.

Seriya
lokomotiva

Tipi
pro-
filya
puti

Massa poezda, t.

2500

3000

3500

4000

4500

5000

5500

6000

VL60K

I.

0,46

0,43

0,39

0,38

0,37

0,35

0,33

0,33

II.

0,50

0,47

0,44

0,43

0,41

0,40

0,39

0,38

III.

0,75

0,71

0,68

0,65

0,63

-

-

-

VL80S

I.

0,39

0,35

0,32

0,30

0,30

0,30

0,30

0,30

II.

0,45

0,42

0,38

0,36

0,35

0,35

0,35

0,35

III.

0,63

0,58

0,54

0,50

0,48

0,46

0,44

0,42

«Uzbekiston»



I.

0,51

0,47

0,43

0,42

0,41

0,39

0,36

0,36

II.

0,55

0,52

0,48

0,47

0,45

0,44

0,43

0,42

III.

0,83

0,78

0,75

0,72

0,69

-

-

-

2(3,4)TE10
(V,M,U)

I.

0,19

0,21

0,22

0,24

0,24

0,24

0,24

0,24

II.

0,22

0,24

0,26

0,27

0,27

0,27

0,27

0,27

III.

0,26

0,27

0,28

0,29

0,30

0,30

0,31

-

2TE116
UzTE16M

I.

0,18

0,20

0,21

0,23

0,23

0,23

0,23

0,23

II.

0,21

0,23

0,25

0,26

0,26

0,26

0,26

0,26

III.

0,25

0,26

0,27

0,28

0,29

0,29

0,29

-

Izox: Qumning maksimal sarflash me’yori elektrovoz va taplovozlarni qum bilan ta’minlashda ekipirovka qurilmalariga joylashtirishda hisob – kitoblar uchun qo‘llaniladi.
Lokomotiv brigadasining almashinish punktlari ularning I yoki II kategoriyali uchastkalarda ishlash shartidan kelib chiqqan xolda belgilanadi.
I kategoriyali uchastkada brigadaning maksimal ishlash masofasi.
I kategoriyali uchastkalarda lokomotivlarga brigadalar aylanma depolarda dam olmasdan xizmat ko‘rsatadi. Bunday uchastkaning uzunligi (km. larda quyidagi ifoda bilan aniqlanadi).
(4)
Bu erda tbrI - I kategoriyali uchastkada lokomotiv brigadasining uzluksiz ishlashning davomiyligi (8. . .9 soat qabul qilinadi)
- reysning avvali va oxirida brigadaning jami yordamchi ish vaqti, u quyidagi ifodadan aniqlanadi.
soat (5)
bu erda – i, x, y o‘zaro mos ravishda lokomotivning nazorat punkitiga kelguncha va lokomotivni reysidan so‘ng asosiy depoda topshirguncha bo‘lgan davrdagi brigadaning ishlagan vaqti. 3- jadval bo‘yicha qabul qilinadi.
t1 - brigadaning nazorat postidan to poezdni jo‘nashigacha bo‘lgan davrga ishlagan vaqti. Me’yorlar bo‘yicha t1 – 0,25...0,40s, t1 =0,33 soat qabul qilamiz;
t4 -brigadaning poezd bilan kelgan vaqtidan boshlab to uning nazorat pastiga kelguncha bo‘lgan davrdagi ishlagan vaqti. Me’yorlar bo‘yicha t4=0,l5...0,25s, t4=0,25 soat qabul qilamiz;
-brigadaning lokomotivni topshirish va qabul qilish bo‘yicha almashinish punkitidagi ishlagan vaqti.3-jadval bo‘yicha qabul qilinadi.
-brigadaning teskari yo‘nalishdagi poezdni kutish vaqti, soat.
n - aylanma uchastkadagi poezdlar juftligining soni (topshiriq bo‘yicha belgilanadi)
Jadval 2
YUk lokomotivlarning qum bunkerlarining sig‘imi va teplovozlardagi yonilg‘i zaxirasi.

Teplovoz

Elektrovoz

Seriya

Emkost pesochnits,
En, m3

Zapas topliva ET,kg

Seriya

Emkost pesochnits,
En, m3

2TE10(V,M,U)
UzTE16M2

1,31

2x6300 (12600)

2VL60K VL60K

1,31
0,655

ZTE10M
UzTE16M3

1,90

3x6300 (18900)

2VL80 VL80

2,56
1,28

4TE10M

2,62

4x6300 (25200)

2VL82M

2,50

2TE116

1,70

2x7000 (14000)

2VL85

2,95

TEP70BS

1,17

6000

Uzbekiston




Jadval 3
Lokomotivni qabul qilish-topshirish vaqtining me’yorlari

Lokomotiv seriyasi

Asosiy va aylanma depo yo‘llarida (x, u), daq. (soat)

Brigada almashiniladigan stansiya yo‘llarida ( ),daq.(soat)

3(4)TE10M

24 min (0,44)

18 min (0,3 ch)

2TE10(V,M,U)

24 min (0,44)

18 min (0,3ch)

2TE116 UzTE16M

24 min (0,44)

18 min (0,3ch)

VL60, VL80, «Uzbekiston»

20 min (0,33ch)

16 min (0,27ch)

II kategoriyali uchastkalar birigada ishlashining maksimal masofasi


Birigada II kategoriyali uchastkalarning aylanma punktlarida belgilanga tartib (avvalgi ishlash davomiliyligining 50% undan kam bo‘lmagan ish vaqtiga) dam olish vaqti beriladi.
Bunday uchastkaning uzunligi (km. da) quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.
(6)
bu erda tbrII - lokomotiv brigadasining—kategoriyali uchastkada uzluksiz ishlashining davomiyligi, 8...9 soat qabul qilinadi
-brigadaning reys avvali va oxiridagi punktlarda yordamchi ishlash vaqti quyidagi ifodadan aniqlanadi
soat (7)
Uchastkalarga lokomotivlar va lokomotiv brigadalari bilan xizmat ko‘rsatishga misol 1 – rasmda keltirilgan





SHartli belgilar
Aylanma uchastkasida lokomotivning aylanmasi.
— • — • Lokomotivning asosiy dapoga ta’mirga kirishi
Lokomotiv brigadasining aylanmasi
Asosiy depo stansiyasi; TXK-2-2 –texnik xizmat ko‘rsatish

Aylanma punktlar (aylanma depo) B,V


Lokomotiv brigadasining almashinish punkti


YOO- teplovozning yonilg‘i olishi; QO- Qum olish
BYAJ- lokomotiv brigadasining yashash joyi.


Amaliy mashg‘ulot 3,4
Yo‘lovchi va yuk lokomotivlarini foydalanish parkini aylanish grafigi bo‘yicha aniqlash;
Poezdlarning harakatlanishi grafigi quyidagilarni ta’minlanishi kerak: yuk va yo‘lovchilar tashish rejavining bajarilishini; uchastkalarning va ishlov beruvchi stansiyalarning o‘tkazuvchanlik olib yurish qobiliyatida samaraliroq foydalanishni; harakatlanuvchi tarkibdan yuqori samarali foydalanish; lokomotiv brigadasining belgilangan, uzliksiz ish davomiyligiga amal qilish yo‘lining, markazlashgan blokirovka qurilmalarining aloqa va elektr ta’minoti qurilmalarining joriy ta’mirlashni mumkinligi.
Poezdlarning haraktlanish grafigi lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish xususiyatlarini aks ettirishi kerak: peregon, ya’ni stansiyalar orasida yurish vaqtini, saralash va uchastka stansiyalarida lokomotivlarning to‘xtab turish vaqtining me’yorlarini, shuningdek aylanma stansiyalarda, ekipirovka va texnik xizmat ko‘rsatishlarda me’yorlarini aks ettirish kerak.
Poezdlarning tortuv harakatlanish grafigini tuzish uchun quyidagilarni aniqlash kerak.
Poezdning peregon bo‘yicha yurish vaqtini, ya’ni
Tx=L/Vu,
bu erda
L - peregonning uzunligi (stansiyalar orasidagi masofa)
Vu - uchastka tezligi (1 ishda aniqlangan).

Izoh: agar A-B va A-V peregonlarning uzunligi mos tushmasa u holda yurish vaqti har qaysi uchastka uchun alohida-alohida aniqlanadi. YUrish vaqtini 5 ga karrali bo‘lgan daqiqalargacha yaxlitlanadi.


So‘ngra qabul qilingan lokomotivlar aylanmasi bo‘yicha (1-rasm) aylanma depo stansiyasida poezdni kutish vaqti belgilanadi (1 ishda aniqlangan) yoki lokomotivni ekipirovka qilish vaqti belgilanadi (2 ishda aniqlangan). To‘liq ekipirovka qilish vaqti va TXK-2 qabul qilingan lokomotivlar aylanmasining sxemasi bo‘yicha lokomotivlarning TXK-2 lar orasidagi ishlashini hisobga olgan holda hisobga olinadi.
Poezdlarning harakatlanish grafigi stansiyalarning kecha va kunduz (sutka) davomida reja asosida yuklanishini ta’minlashi kerak.
Poezdlarning harakatlanish grafigi A-3 formaktli millmetrli qog‘ozda quyidagiketma ketlikda bajariladi:
- jadval chiziladi, uning ustunlari kecha va kunduzning 0 dan 24 gacha bo‘lgan vaqtini aks ettiradi (tavsiya etiladigan masshtab 1soat-15mm)
Jadvalning yuqorigi va chegaralari aylanma depo stansiyalari bilan belgilanadi, o‘rtada esa asosiy depo stansiyasini belgilovchi qator ( 30…40 mm balandlikda) ya’ni asosiy depo chegarasini belgilovchi qator qoldiriladi;
---- so‘ngra mos ravishdagi stansiyagacha boradigan poezdning yurish vaqtiga moskeladigan chiziq chiziladi, bunda stansiya chegarasini kesib o‘tuvchi chiziqqa mos keladigan soat intervalining daqiqalari qo‘yiladi.(Masalan poezd 9 u 30 min. da keladi, ya’ni bunda stansiya chegarasini kesib o‘tuvchi chiziq soat 9 va 10 vertikal chiziqlari orasida bo‘ladi, u chiziqlar kesishgan joy 30 daqiqani ko‘rsatadi.)
---- Stansiyalarda mos ravishdagi to‘xtab turish xisobga olinadi, so‘ngra poezdning harakati davom ettiriladi;
---- CHegara (aylanma) stansiyalarda poezd xarakat yo‘nalishini va o‘zining tartib nomerini o‘zgartiradi. SHartli ravishda B-A-V uchastkada xarakatlanuvchi poezdlar 2001 dan boshlanuvchi toq nomerlarga V-A-B yo‘nalishda xarakatlanuvchi poezdlar esa 2002 dan boshlanuvchi toq nomerlarga ega dab qabul qilamiz 1 rasmga qarang.
---- Xarakatlanish grafigini B stansiyasidan boshlab qurish tavsiya etiladi.
---- Lokomotivlar aylanmasining tortuv grafigini qurishga misol .
---- Dastlabki berilgan ma’lumotlar bo‘yicha 11 juft poezdga xizmat ko‘rsatishda lokomivlar aylanmasining sxemasi simetrik sxema tarzida va lokomotiv brigadasiningishlashi asosiy depo A ga nisbatan yurish vaqti 9 soatni, ekipirovka A stansiyada (1 soat) va TXK-2 ni ekipirovka bilan (2 soat 30 daqiqa) aylanma depoda xar 24 soatdan kam bo‘lmagan vaqtda o‘tkaziladigan bo‘lsin.
---- Poezdlarning tortuv grafigi qurilgandan so‘ng 3.1 jadval shaklidagi poezdlar harakatlanishining jadvali tuziladi. Harakatlanish jadvalini tuzishdagi asosiy talab xar bir ishlanayotgan aylanma uchastkalaridagi stansiyalarda xar bir stansiyaga kelish va ketish tartibi soat O u 00 dan boshlab xronologik tartibda



1 rasm Poezdlar xarakatlanishining tortuv grafiki

2.rasm Poezdlar xarakatlanishining tortuv jadvali



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling