Amaliy mashg`ulot №13


Mikroprotsessorning tuzilishi va asosiy xususiyatlari


Download 481.24 Kb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi481.24 Kb.
#1544833
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-amaliy mashg`ulot

2. Mikroprotsessorning tuzilishi va asosiy xususiyatlari
Ma’lumki, mikroprotsessor EXM-ning markaziy qurilmasi bo`lib, raqamli axborotlarning berilgan algoritm bo`yicha avtomatik ishlashini ta’minlaydi. Protsessor EXM-ning boshqa qurilmalari bilan rasmdagidek bog`langan.
So`zlarni qabul qilish, saklash va ular ustida amallarni bajarish uchun registrlar, jamlagichlar va boshqa uzellardan tashkil topgan protsessorning operatsion qismi deb ataluvchi arifmetik – mantiqiy qurilma ishlatiladi.
Har qanday amal axborot so`zlari (operandlar) ustida bajariladigan mikroamallar ketma-ketligidan iborat bo`ladi. Mikroamallarning bajarilish tartibi amal bajariladigan algoritm orqali aniqlanib, uzellarning kirish yo`llariga boshqaruvchi signallar ketma-ketligini berish bilan amalga oshiriladi. Boshqaruvchi signallar hosil qilishda protsessorning boshqaruvchi qismi deb yuritiluvchi boshqarish qurilmasidan foydalaniladi.
Bu qurilma kirish yo`liga berilgan amal kodiga mos holda uning chiqish yo`lida u1, u2, …, un boshqaruvchi signallar ketma-ketligi shakllanadi.
Amalning bajarilish jarayonida arifmetik mantiqiy qurilmadan boshqaruvchi qurilmaga mikroamallarning bajarilish tartibini boshqaruvchi r1,r2, …, rn mantiqiy shartlarni akslantiruvchi xabarlovchi signallar uzatiladi.
Bu signallar mikroamallar ta’sirida o`zgaruvchi so`zlarnig qiymatlariga qarab «1» yoki «0» qiymatlarini oladi.






p1 p2 … p






у1
у2

уn





АМК

(операцион кисм)



Бк

(бошкарувчи кисм)














натижа

операндлар

буйрук




ХК

Bir taktda bajariladigan mikroamallar majmui mikrokomanda deb yuritiladi. Takt protsessor ishlaydigan diskret vaqtning ikkita t va (t+1) paytlari oralig`ini bildiradi.
Berilgan amalning bajarilishini ta’minlovchi mikrokomandalar va mantiqiy shartlar ketma-ketligi shu amalning mikroprogrammasi deyiladi. Misol tariqasida qo`zgalmas vergulli sonlarin bir-biriga bo`lish amalining mikroprogrammasini ko`raylik. Bu amalni bajaruvchi qurilma (rasm) amal bajarilishidan oldin bo`linuvchini saqlovchi to`plovchi jamlagich (SM)-dan; bo`luvchini saqlovchi registr (RGX)- dan, amal bajarilgandan so`ng hosil bo`lgan bo`linmani saqlovchi registr (RGY)- dan, takt schyotchigi (CrT) va xona turining to`lib – toshishini belgilovchi trigger (TP) dan iborat.



Download 481.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling