Amaliy mashg’ulot 15-mavzu


Download 45.85 Kb.
bet3/3
Sana24.03.2023
Hajmi45.85 Kb.
#1291885
1   2   3
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot ishlanma

2.Bitiruv malakaviy ishining himoyasi
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bitiruv malakaviy ishi (kompyuterda bajarilgan holda uning elektron varianti bilan birga) talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar bitiruv malakaviy ishi talab darajasida bajarilganiga ishonch hosil bildirgandan so‘ng ishni o‘z xulosasi (3- ilova) bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Xulosada talabaning faolligi, ishda qabul qilingan qarorlardagi aniqliklar va bitiruv malakaviy ishining boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi.
Kafedra mudiri taqdim etilgan materiallar asosida bitiruv malakaviy ishini talaba tomonidan Yakuniy Davlat attestatsiya komissiyasida himoya qilishga kiritish haqida qaror qabul qiladi.
Agar kafedra mudiri talabaning bitiruv malakaviy ishini himoyaga kiritish mumkin emas deb hisoblasa, masala kafedra majlisida ish rahbari ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra majlisining bayonnomasi fakultet dekani tomonidan tasdiq uchun rektorga taqdim etiladi.
Himoyaga kiritilgan bitiruv malakaviy ishi taqrizga (4-ilova) yuboriladi. Taqrizchilar tarkibi bitiruvchilarga ish beruvchi soha mutaxassislari safidan tanlanadi. Taqrizchilar sifatida boshqa oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari ham jalb etilishi mumkin. Fakultet dekani bitiruv malakaviy ishini taqriz bilan birgalikda himoya qilish uchun Yakuniy Davlat attestatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining «Yakuniy Davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizom» bilan belgilanadi.
Bitiruv malakaviy ishlar himoyasi zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida taqdimot (prezentatsiya) shaklida tashkil etiladi va o‘tkaziladi (8- bo‘limga qaralsin).
Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi mazmun-mohiyati va xususiyatlariga muvofiq ularning himoyasini tashkil etish va o‘tkazishning boshqa shakllari Universitet Ilmiy kengashi tomonidan o‘rnatilishi mumkin.
Arxiv, axborot resurs markazi va kafedralarda saqlanayotgan yoki internet resurslaridan foydalanish aynan ko‘chirib olinganligi rasmiy himoyagacha aniqlanib, tasdig‘ini topgan bitiruv malakaviy ishlari kafedra mudiri taqdimnomasiga asosan rektor buyrug‘i bilan bekor qilinadi va bitiruvchiga qoniqarsiz baho qo‘yilib, ish rahbari esa keyingi 3 yil davomida rahbar etib tayinlanmaydi.
Universitetda zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida taqdimot shaklida bitiruv malakaviy ishlar himoyasini tashkil etish uchun maxsus jihozlangan auditoriyalar belgilanadi.
Download 45.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling