Amaliy mashg’ulot 15-mavzu
Download 45.85 Kb.
|
Amaliy mashg\'ulot ishlanma
Тошкент– 2020Kurs loyihani baholash taqrizchi, himoya hay’ati a’zolarining bergan ballari yoki bahosi asosida amalga oshiriladi. Kurs loyiha 100 ballik tizimda baholanadi: 90-100 ball. Agar kurs ishi fan talablariga mos ravishda ijodiy, mustaqil, mazmunli, mantiqan to‘g‘ri yozilgan, adabiyotlar va dastlabki manbaalardan yetarli darajada foydalanilgan bo‘lsa, kurs ishi himoyasida talaba ishining mazmunini batafsil yoritib bersa, hay’at a’zolari tomonidan berilgan barcha savollarga to‘liq javob berilsagina qo‘yiladi. 70-89,9 ball. Agar mavzuga oid tuzilgan rejadagi barcha masalalar batafsil yoritilgan bo‘lib, talaba himoya hay’ati a’zolari bergan savollarga to‘liq javob bera olmagan taqdirda qo‘yiladi. 60-69,9 ball. Agar belgilangan masalalar to‘liq yoritilib, xulosa qismi sayoz yozilgan, matn faqat o‘quv qo‘llanmalarga muvofiq tuzilgan bo‘lib, atiga bir necha adabiyotdan foydalangan, talaba himoya hay’ati tomonidan berilgan savollarga qisman javob bergan taqdirda qo‘yiladi. 59,9 baldan past. Kurs loyiha mazmun-mohiyati bo‘yicha qo‘yilgan talablarga javob bermaydigan va himoya qila olmagan talabaga qo‘yiladi. Kurs loyihani himoya qilish oxirgi bosqich hisoblanadi. Kurs loyiha quyidagi tartibda himoya qilinadi: Himoya qilishni kafedra tomonidan tasdiqlangan hay’at boshqaradi. Taqrizchi 3 kishidan kam bo‘lmagan hay’at tarkibiga kiradi. Himoya o‘quv auditoriyasida o‘tkaziladi. Kurs loyihani himoya qilish uchun har bir talabaga 5-10 daqiqa vaqt ajratiladi. Shu vaqt mobaynida talaba ishning mazmun va mohiyatini aytib berishi lozim bo‘ladi. Talabaga yakunlovchi ball (baho) taqrizda bildirilgan e’tirozlarga va hay’at a’zolari tomonidan berilgan savollarga qay darajada javob qaytargandan keyin qo‘yiladi. Agar himoya paytida talaba o‘z mavzusi va umuman fan bo‘yicha berilgan savollarga yaxshi javob bermasa yakunlovchi baho pasaytiriladi. Himoyadan so‘ng talaba olgan ballar reyting daftarchasiga yoziladi va shundan so‘nggina u yakuniy nazorat topshirishga qo‘yiladi. Download 45.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling