Avtomagistrallarning qatnov qismida va qatnov qismining chetini bildiruvchi
chiziqdan o‘ng tomonda majburan to‘xtagan haydovchilarning vazifalari.
Qatnov qismida majburiy to‘xtaganda (K) haydovchi transport vositasini
Qoidalarning 9-bobi talablariga muvofiq belgilashi
va bunday holatlar uchun
mo‘ljallangan bo‘lakka (L) (qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan o‘ng
tomonga) olib chiqishning barcha choralarini ko‘rishi kerak.
III. Jihozlar va adabiyotlar:
1. Notebook va videoproyektor.
2. Ko`rgazmali vositalar.
39
4.
5.
AMALIY MASHG`ULOT №21, №22, №23.
MAVZU: Transport vositalaridan foydalanish.
I. Ishning maqsadi: Transport vositalaridan foydalanishni o`rganish hamda tahlil
qilish.
II. Umumiy ma’lumotlar:
Transport vositalarini boshqarishni o`rgatish. Transport vositalarini
boshqarishni dastlabki o`rgatish yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda o`tkazilishi
kerak.
Transport vositalarini
boshqarayotgan yosh, tajribasiz haydovchining rul
chambaragini
keskin burishi, ilashish (stsepleniye) tepkisini tez qo`yib yuborishi,
tormoz tepkisini keskin bosishi yon-atrofdagi harakat
ishtirokchilariga xavf
tug`dirib, yo`l-transport hodisalarini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun
boshqarishni o`rganuvchi transport vositalarini ravon
boshqarishning dastlabki
ko`nikmalarini yopiq maydonlarda, boshqa yo`l ishtirokchilaridan
ajratilgan
joylarda o`rganishi kerak
.