Amaliy mashg`ulot №17, №18, №19, №20. Mavzu: Murakkab yo’l sharoitlarida harakatlanish. I. Ishning maqsadi


Turar joy dahalarida harakatlanish


Download 399.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana09.02.2023
Hajmi399.51 Kb.
#1182120
1   2   3
Bog'liq
1-amaliy

Turar joy dahalarida harakatlanish

Turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yo‘l belgilari bilan 
belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida 
harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega bo‘ladilar, biroq ular 
transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak. 
Turar-joy dahalarida quyidagilar taqiqlanadi: 
➢ 
mexanik 
transport 
vositalarini 
boshqarishni o‘rgatish; 
➢ 
dvigatel ishlab turgan holda to‘xtab 
turish; 
➢ 
ruxsat etilgan to‘la vazni 3.5 
tonnadan ortiq bo‘lgan yuk 
avtomobillarining 
maxsus 
ajratilgan, yo‘l belgilari va (yoki) 
yo‘l chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida to‘xtab turishi. 
Turar joy dahalarida haydovchilar piyodalar xavfsizligini, shuningdek ushbu 
hududdagi inshoot, qurilma va o‘simliklarning shikastlanmasligini ta’minlashi 
zarur. 
Turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga 
yo‘l berishlari kerak. 
Ushbu bo‘lim talablari hovli hududlariga (uy-joy binolari orasidagi yer 
uchastkasiga) ham tegishlidir. 
Avtomagistrallarda harakatlanish. 
Avtomagistral – 5.1. yo‘l belgisi bilan belgilangan, har bir yo‘nalishning 
qatnov qismlari ajratuvchi bo‘lak bilan ajratilgan (u bo‘lmaganda yo‘l to‘siqlari 
bilan) hamda boshqa yo‘llar, tramvay va temir yo‘llari, piyoda va velosiped 
yo‘lkalari bilan bir sathda kesishmaydigan yo‘l. 
Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: 


37 
➢ 
piyodalar (A), uy hayvonlari (B), ot-aravalar, velosipedlar (V), mopedlar, 
traktorlar va o‘zi yurar 
mashinalar, 
texnik 
tavsifnomasiga 
yoki 
holatiga 
ko‘ra 
tezligi 
soatiga 40 kilometrdan 
kam bo‘lgan transport 
vositalarining 
harakatlanishi (G); 
➢ 
ruxsat etilgan to‘la vazni 
3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan 
yuk 
avtomobillarining 
birinchi 
va 
ikkinchi 
bo‘laklardan 
boshqa 
bo‘laklarda harakatlanishi 
(D); 
➢ 
5.15. yoki 6.11. belgilari 
bilan belgilangan maxsus 
to‘xtab 
turish 
maydonchala-ridan boshqa joylarda to‘xtash (YE); 
➢ 
ajratuvchi bo‘lakning texnologik uzilish joylariga kirish va qayrilib olish (J); 
➢ 
orqaga harakatlanish (3)
➢ 
transport vositasini o‘rganish uchun boshqarish (I). 
➢ 
Avtomagistrallarda yuqori tezlikni ta’minlash uchun sekin yurib 
harakatgato‘sqinlik qiladigan transport vositalarining harakatlanishi va 
transport oqimining tezligiga salbiy ta’sir etuvchi ba’zi manyovr va 
harakatlar taqiqlanadi. 

Download 399.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling