Amaliy mashg`ulot №17, №18, №19, №20. Mavzu: Murakkab yo’l sharoitlarida harakatlanish. I. Ishning maqsadi


Download 399.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.02.2023
Hajmi399.51 Kb.
#1182120
  1   2   3
Bog'liq
1-amaliy



35 
AMALIY MASHG`ULOT №17, №18, №19, №20. 
 
MAVZU: Murakkab yo’l sharoitlarida harakatlanish. 
I. Ishning maqsadi: Tik nishablik va balandliklarda, turar joy dahalarida va 
avtomagistrallarda harakatlanishni o`rganish hamda tahlil qilish. 
II. Umumiy ma’lumotlar:  
Tik nishablik va tik balandliklarda harakatlanish. 
Yo‘lning 1.13 va 1.14 yo‘l belgilari 
bilan belgilangan qiyaliklarida, qarama-
qarshi yo‘nalishlarda harakatlanishni 
qiyinlashtiradigan biron-bir to‘siq bo‘lsa, 
nishablikka harakatlanayotgan transport 
vositasining haydovchisi yo‘l berishi 
kerak. 
Qiyaliklarda avtomobshlarning tik og‘irlik kuchi pastga qarab tik yo‘nalishda 
va nishablik tomon yo‘nalgan, tashkil etuvchlarga ajraladi. Nishablik tomonga 
yo‘nalgan, og‘irlik kuchining bir qismini tashkil etuvchi kuch shu yo‘nalishda 
ketayotgan avtomobshning harakatlanishini tezlashtiradi. Nishablik darajasi (% 0) 
yuqori bo‘lmasa, u xavf tug‘dirmaydi, balki haydovchiga moyil keladi. Lekin 
nishablik darajasi (%0) ortib, yo‘luzaygan sari bu kuchning ta’siri oshadi va 
harakatlanish xavfsizligiga aks ta’sir etib, avariya holatiga olib kelishi mumkin. 
Ayniqsa, tezlik (tezlanish) oshib ketishi natijasida tajribasiz yosh haydovchilar 
qiyaliklarda tez-tez tormoz beradilar. Bu esa, tormoz kolodkalarining qizib, ishdan 
chiqishiga olib keladi, bumuqarrar falokatdir. Dovonlarda va uzoq tik nishabli 
yo‘llarda to‘xtatish tizimi ishlamay qolgan transport vositalarining o‘z harakatini 
to‘xtatish uchun 5.40 belgisi bilan belgilangan (falokatli holatlar uchun 
mo‘ljallangan) yo‘lga kirishlari kerak. 
Tik nishablikda, dovonda va 1.13 belgisi o‘rnatilgan 
yo‘lda to‘xtatish tizimi ishlamay qolgan transport 
vositalari o‘z harakatini to‘xtatish uchun 5.40 belgisi 
bilan belgilangan falokatli holatlar uchun yo‘lga 
kirishlari shart. 
Yo‘lning 1.13 «Tik nishablik» yo‘l belgisi bilan 
belgilangan 
qismida 
uzatma 
yoki 
tishlashish 
mexanizmining 
ajratilgan 
holatda 
harakatlanishi 
taqiqlanadi. 
Tik nishablik (1.13) belgisi o‘rnatshgan qiyalik 
joylarida nishablik tomon yo‘nalgan transport vositasi 


36 
og‘irlik kuchi ta’sirida tezlashib, uni boshqarishda katta xavf tug‘iladi. Yo‘l 
sharoitiga nisbatan yuqori bo‘lgan tezlikda haydovchi avtomobilni boshqara olmay 
avariya sodir etishi mumkin. Bu holatda nishablik tomonga yo‘nalgan, og‘irlik 
kuchi, yurgizgichga aks ta’sir etib, avtomobil harakatini sekinlashtiradi. 
Nishablik tomon yo‘nalgan og‘irlik kuchi balandlik tomonga ko‘tarilayotgan 
transport vositasi yo‘nalishiga teskari bo‘lib, uning harakatchanligiga aks ta’sir 
etadi. Tik balandlik tomonharakatlanayotgan avtomobil qo‘shimcha qarshilikni 
yengishi kerak. Haydovchi yo‘l sharoiti, balandlik darajasi va avtomobilning 
dinamikasini hisobga olishi, zarur bo‘lsa, balandlikning oxirigacha to‘xtamasdan 
yetib olishi maqsadga muvofiqdir. 

Download 399.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling