Amaliy mashg’ulot №18 Mavzu: Shilimshiqlar bo’limi, Xitridiomitsetlar, sinflari


Download 495.39 Kb.
bet2/3
Sana14.12.2022
Hajmi495.39 Kb.
#1007271
1   2   3
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot-18

122-rasm. Karam plazmodioforasi. 1- Plazmodiy gifi, 2- o’simlik hujayrasidagi parazit plazmodiy, 3- o’simlik hujayrasidagi parazit sporalar. A, V - zararlangan karam o’simligi; D - ildiz hujayrasidagi plazmodiy; E – zararlangan ildizning ko’ndalang kesimi; F – ildiz hujayrasidagi sporalar; G – sporalarning o’sishi (1) va zoosporalar hosil bo’lishi (2), miksoamyobalar (3).

Zararlangan karam ildizlari
orqali qaralganda ko’plab sporalar bilan to’lgan yirik hujayralar ko’rinadi. Yosh o’simlikning zararlangan ildizdan tayyorlangan preparatda plazmodiofora parazitini ko’rish mumkin.
Sporalar hosil bo’lishidan oldin meyoz jarayoni bo’lib o’tadi. Ildizlar yerdan yulib olingandan so’ng sporalar tuproqda qoladi. Sporalar tuproqda turli hayvonlar (yomg’ir chuvalchanglari, hasharotlar), yomg’ir, sug’orish suvlari oqimi, orqali tarqaladi. Tuproqda qolgan sporalar bir necha yil o’sish xususiyatini yo’qotmaydi. Qulay sharoit tug’ilgach sporalar o’sib, ichki qismi ikki xivchinli, harakatchan zoosporalarga aylanadi. Keyinchalik xivchinlarini tashlab miksoamyobiylarga, plazmodiylarga aylanadi.
Miksoamyobiylar boshqa sog’lom o’simliklarni ildiz tukchalari ichiga kiradi. Ularda miksoamyobiylar o’zaro qo’shiladi (plazmogamiya) hosil bo’lgan hujayralar bir necha marta bo’linib, dastlab birlamchi gaploid plazmodiyalar hosil bo’ladi. Shu kabi plazmodiyalardan gametangiyalar yoki zoosporangiyalar shakllanib, ulardan zoosporalar (yoki gametalar) rivojlanadi. So’ngra zoosporalar ildiz tukchalari orqali tuproqqa chiqadi. Ular o’zaro qo’shiladi, lekin yadrolari qo’shilmaydi. Hosil bo’lgan ikki yadroli hujayra karam ildizini zararlaydi va dastlab yangi, nisbatan tirikroq ikkilamchi plazmodiyalarni hosil qiladi. Mitoz bo’linish natijasida hosil bo’lgan ko’plab yadrolar, juftlashadi, so’ngra diploid yadrolar reduktsion bo’linib, plazmodiyalardan sporalar yetiladi.
Shunday qilib, plazmodioforalari taraqqiyotining bir bosqichi tuproqda, bir qismi esa ildiz hujayralarida o’tadi. Shuni ta’kidlash lozimki, plazmodiofora zoosporalarida 2 ta silliq noteng xivchinlari mavjud.
3. Ko’rilganlarni barchasi albomga chizib olinadi.

Download 495.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling