Amaliy mashg’ulot №18 Mavzu: Shilimshiqlar bo’limi, Xitridiomitsetlar, sinflari
Zamburug’lar bo’limi. Xitridiyalar sinfi
Download 495.39 Kb.
|
Amaliy mashg\'ulot-18
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olpidium (Olpidium brassica)
- Sinxitrium turkumi - Synchytrium Uning vakillari gulli o’simliklarning barg, poya va ildizlarida parazitlik qiladi. Ular orasida Synchytrium endobioticum
- Mustahkamlash uchun savollar
Zamburug’lar bo’limi. Xitridiyalar sinfi.
Bu tartib o’z ichiga 80 turkum, 400 turni oladi. Ko’pchilik vakillari suvda va nam tuproqda o’suvchi o’simliklarda parazitlik qiladi. Vegetativ tana yalong’och plazmadan iborat ko’pincha yumaloq silindr hosil kiladi. Jinssiz ko’payishi zoosporalar yordamida sodir bo’ladi, ba’zi vakillarida zoosporaning qopqoqchasi bo’ladi. Zoospora noqulay sharoitda sistaga aylanadi. Olpidium turkumining vakillaridan biri Olpidium (Olpidium brassica) dir. 123-rasm. Olpidium (Olpidium brassicae) A – olpidium bilan kasallangan karam ko’chati; V – ildizbo’g’zi hujayrasidagi (1) plazmodiy va (2) sistalar; D — ildiz bo’g’zi hujayrasidagi zoosporangiy; E—zoosporalar. Bu karam ko’chatining ildiz bo’g’zi yaqinidagi ildiz po’stlog’i-epidermis hujayrasi ichida parazitlik qilib, qora oyoq kasalligini vujudga keltiradi. Olpidiy bilan kasallangan karam ko’chati to’qimasi qorayadi, so’ng chiriydi va nobud bo’ladi. O’simlik to’qimasi ichida parazitning yalang’och protoplasti bo’linib, sharsimon yoki naysimon o’simtali zoosporangiy hosil qiladi. Zoosporangiylar ichidan bir xivchinli zoosporalar o’simtalari orkali tashqariga chiqadi va nam tuproqda harakat qilib, sog’lom karam ko’chatining ildizi epidermiyasiga joylashadi va o’simlik hujayrasi ichiga o’z protoplastini qo’yadi. Zoospora hujayra ichiga o’sib ko’payadi va 2-3 kundan keyin vegetativ tana yana bir xivchinli zoosporalar hosil qiladi, uning taraqqiyot sikli yana qaytadan boshlanadi. Olpidiy parniklardagi karam ko’chatlari va sernam tuproqlardagi nuxat hamda qizil sho’ra ildizida parazitlik qilib, xosilorlikning kamayishiga sabab bo’ladi. Olpidiyning tinim davridagi sporasi (tsistasi) yulduzsimon shaklda bo’lib, qalin po’st bilan qoplangan. Parniklarni tez-tez shamollatib turish, ko’chatlarni me’yorida sug’orish unga qarshi kurashning eng muxim chorasidir. Sinxitrium turkumi - Synchytrium Uning vakillari gulli o’simliklarning barg, poya va ildizlarida parazitlik qiladi. Ular orasida Synchytrium endobioticum turi kartoshka tugunaklarida rak kasalligini keltirib chiqaradi. Bunday parazit bilan kasallangan kartoshka tugunaklari qalin po’stli, g’adur-budir, ichida parazitning sistasi bo’ladi. Sista ichida sorus, sorus ichida 5-9 zoosporangiy va 300 ga yaqin zoospora yetishadi. Zoospora zoosporangiydan chiqib, butun yoz bo’yi sog’lom o’simliklarni zararlantiradi. Kuzda esa kartoshka tuganaklari ichiga parazitning tinim davridagi sporasi (tsista) joylashib oladi. Bundan tashqari, tinim davridagi spora tuproqda ham uzoq vaktgacha saqlanishi mumkin. Qulay sharoitda sista o’sib, zoospora hosil qiladi. Mustahkamlash uchun savollar: 1. Shilimshiqlar tana tuzilishining o’ziga xosligi nimada? 2. Miksoamyoba nima, ular qanday vazifani o’taydi? 3. Plazmodiofora qanday parazit? 4. Olpidium zamburug’i qaysi o’simlikda parazitlik qiladi? 5. Sinxitrium zamburug’i qanday kasallikni keltirib chiqaradi? 6. Bu zamburug’larga qarshi qanday kurash olib boriladi? 7. Zamburug’lar tallomi qanday nomlanadi? 8. Qanday belgilarga asosan tuban va yuksak zamburug’larga bo’linadi? 3. Karam olpidiumining taraqqiyot sikli qanday? Download 495.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling