Amaliy mashg’ulot-2 Mavzu: Aralashtirish jarayonini avtomatlashtirish. Mashg’ulotning maqsadi


Download 17.58 Kb.
bet1/2
Sana04.11.2023
Hajmi17.58 Kb.
#1746966
  1   2
Bog'liq
Amaliy mashg’ulot-2


Amaliy mashg’ulot-2
Mavzu: Aralashtirish jarayonini avtomatlashtirish.
Mashg’ulotning maqsadi:
1. Aralashtirish jarayonida nazorat qilinadigan, rostlanadigan va boshqariladigan parametrlarni o’rganish.
2. Aralashtirish jarayonining avtomatlashtirilgan funksional sxemalarini qurish.


Qisqacha nazariy ma`lumot
Ikki va undan ortiq suyuq yoki sochiluvchan komponentlar oqimlarini aralashtirish uchun davriy ishlovchi yoki uzluksiz ichlovchi aralashtirgichlar (smesitelь) qo`llaniladi. Aralashtirgichlar aralashtirishni tezlashtirish va aralashma tarkibi bir tekis bo`lishini ta`minlash maqsadida meshalkalar (aralashtiruvchi qurilmalar) bilan ta`minlanadi.
Avtomatlashtirish ob`yekti sifatida aralashtirgich kirish komponenti sarfi – aralashma sifatining ko`rsatkichi kanali bo`yicha kechikuvchi yoki kechikmaydigan rostlash statik ob`yekti sifatida qarab chiqilishi mumkin. Kechikishning mavjud bo`lishi hamda aralashtirish jarayonining inertsionligi aralashma komponentlarining fizik (tabiiy) parametrlariga va aralashtirishning samaradorligiga bog`liq. Aralashma sifatining talab qilinayotgan darajadan og`ishiga sabab bo`luvchi g`alayonlantiruvchi ta`sirlar aralashma komponentlari sarfining o`zgarishi, shuningdek, ular xossalarining o`zgarishi bilan bog`liqdir. Uzatilayotgan komponentlar sarfining o`zgarishi rostlovchi ta`sirlar hisoblanadi. Aralashtirgichni avtomatlashtirishning eng oddiy sxemasi har bir komponentning berilgan qiymatda sarflanishini barqarorlashtirishni nazarda tutadi. Agar komponentlardan birining sarfini barqarorlashtirish imkoni bo`lmasa, u holda boshqa komponentlar sarfi nisbat rostlagichi yordamida berilgan tarkibdagi aralashmani saqlash maqsadida unga nisbatan berilgan proporsiyada o`zgartirilishi kerak.


Aralashtirish jarayoni kechadigan aralashtirgich va boshqa qurilmalar tahlili
Jarayonni tashkil etish bo`ycha reaktorlar 3 guruhga bo`linadi:
Davriy ishlaydigan reaktorlarda jarayonning hamma bosqichlari har xil vaqtda ketma-ket kechadi.
O`zaro ta’sirdagi moddalar konstentrastiyasining o`zgarish xarakteri reakstion hajm-ning hamma nuqtalarida bir xildadir. Lekin, hajmning biror nuqtasi uchun vaqt bo`yicha turlicha bo`ladi. Bu turdagi qurilmada reaktsiya davomiyligini bevosita o`lchash mumkin, chunki reaktsiya vaqti va reakstion hajmda reagentlarning ta’sir vaqti bir xil. Davriy qurilmalarda texnologik jarayon parametrlari vaqt o`tishi bilan o`zgaradi. Bunday reaktorlar ish unumdorligi kichik va ularni avtomatlashtirish, hamda rostlash qiyin.
Uzluksiz ishlaydigan reaktorda kimyoviy aylanish jarayonining hamma bosqichlari parallel va bir vaqtda yuz beradi.
O`zaro ta’sirdagi moddalar konstentrastiyasining o`zgarish xarakteri har bir daqiqada reakstion hajmningturli nuqtalarida har xil. Lekin, hajmning biror nuqtasi uchun vaqt bo`yicha o`zgarmasdir. Bu turdagi qurilmada reaktsiya davomiyligini bevosita o`lchash mumkin emas, chunki uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda reaktsiya vaqti va reakstion hajmda reagentlarning ta’sir vaqti turlicha. Umumiy holda, moddalarning reaktorda bo`lish vaqti aralashtirish intensivligi, oqimlar tarkibiga bog`liq va har bir qurilma uchun alohida bo`ladi.


Download 17.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling