Amaliy mashg’ulot-2 Mavzu: Aralashtirish jarayonini avtomatlashtirish. Mashg’ulotning maqsadi
Arlashtirish jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasini ishlab chiqish
Download 17.58 Kb.
|
1 2
Bog'liqAmaliy mashg’ulot-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg`ulot topshirig`i
Arlashtirish jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasini ishlab chiqish
Ikki va undan ortiq suyuq yoki sochiluvchan komponentlar oqimlarini aralashtirish uchun davriy ishlovchi yoki uzluksiz ichlovchi aralashtirgichlar (smesitelь) qo`llaniladi. Aralashtirgichlar aralashtirishni tezlashtirish va aralashma tarkibi bir tekis bo`lishini ta`minlash maqsadida meshalkalar (aralashtiruvchi qurilmalar) bilan ta`minlanadi. Avtomatlashtirish ob`yekti sifatida aralashtirgich kirish komponenti sarfi – aralashma sifatining ko`rsatkichi kanali bo`yicha kechikuvchi yoki kechikmaydigan rostlash statik ob`yekti sifatida qarab chiqilishi mumkin. Kechikishning mavjud bo`lishi hamda aralashtirish jarayonining inertsionligi aralashma komponentlarining fizik (tabiiy) parametrlariga va aralashtirishning samaradorligiga bog`liq. Aralashma sifatining talab qilinayotgan darajadan og`ishiga sabab bo`luvchi g`alayonlantiruvchi ta`sirlar aralashma komponentlari sarfining o`zgarishi, shuningdek, ular xossalarining o`zgarishi bilan bog`liqdir. Uzatilayotgan komponentlar sarfining o`zgarishi rostlovchi ta`sirlar hisoblanadi. Aralashtirgichni avtomatlashtirishning eng oddiy sxemasi har bir komponentning berilgan qiymatda sarflanishini barqarorlashtirishni nazarda tutadi. Agar komponentlardan birining sarfini barqarorlashtirish imkoni bo`lmasa, u holda boshqa komponentlar sarfi nisbat rostlagichi yordamida berilgan tarkibdagi aralashmani saqlash maqsadida unga nisbatan berilgan proporsiyada o`zgartirilishi kerak. Sxemada berilgan aralashmani shakllantiruvchi (tashkil etuvchi) suv va spirt sarfi (1a poz.) va (1b poz.) sarf o`lchagichlar (rasxodomerlar) yordamida o`lchanadi. Shchitda ikkilamchi asbob sifatida Arduino UNO dasturlanuvchi mantiqiy kontroller (1b poz.) va (2b poz.) asbobi joylashtirilgan bo`lib, ularning o`lchash natijalarini uzluksiz nazorat qilib boriladi. 3-rasm. Aralashtirish jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasi. Aralashma sifatini uzluksiz o`lchash imkoni bo`lganda aralashma sifati bo`yicha korreksiyalovchi (tuzatish kirituvchi) ikki konturli ARS dan foydalanish mumkin. Aralashmaning sifati konsentratsiyasi o`lchanadi, shchitda asbob Arduino UNO kontrolleri yordamida nazorat qilinadi va tuzatish kirituvchi rostlagich vazifasini bajaradi. Avtomatlashtirish sxemasi suv komponentning sarflanishini aralashtirgichdagi sathga bog`liq holda rostlanishi ham ko`zda tutadi. Sath holatini datchik o`lchaydi va rostlagich rostlaydi, u masofadan turib boshqarish paneli suv komponentning rostlovchi klapanning ijro mexanizmga ta`sir ko`rsatadi. Avtomatik rostlashning qarab chiqilgan sxemasi amalda ishlashi juda qiyin, chunki aralashmaning sifatini o`lchash ancha murakkab masaladir. Shu munosabat bilan aralashmaning sifatli bo`lishiga kelayotgan komponentlarni qat`iy rostlash yo`li bilan, ya`ni aralashma komponentlarining sarflanishini avtonom rostlashga bog`liq bo`lmagan yo`l bilan ta`minlanadi. Mashg`ulot topshirig`i: Texnologik jarayonni avtomatlashtiring va funksional sxemasini tuzing Download 17.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling