Konsentratsiyaning ta’siri.
agar dastlabki moddalarning birortasining konsentratsiyasi oshirilsa yoki mahsulot konsentratsiyasi kamaytirilsa to’g’ri reaksiya tezlashadi. Buda dastlabki moddalarning konsentratasiyasi kamayib muvozanat o’ng tomonga siljiydi.
Agar dastlabki moddalar konsentratsiyasi kamaytirilsa yoki mahsulot konsentratsiyasi ortsa u holda teskari reaksiya tezligi ortib, mahsulot konsentratsiyasi kamayadi muvozanat esa chapga siljiydi.
Quyidagi sistemada N2 konsentratsiyasi oshirilsa yoki NH3 konsentratsiyasi kamaytirilsa, bunda muvozanat o’ngga siljiydi.
Temperaturaning ta’siri.
Tenperatura oshganda muvozanat endotermik (issiqlik yutilishi bilan) boradigan reaksiya tomonga, temperatura kamaysa ekzotermik (issiqlik chiqishi bilan) boradigan reaksiya tomonda boradi.
sistemada to’g’ri reaksiya ekzotermik, teskarisi esa endotermik shuning uchun temperatura ko’tarilganda muvozanat chapga siljiydi (temperaturani pasaytiruvchi teskari reaksiya kuchayadi) temperatura pasayganda esa muvozanat o’nga siljiydi (temperaturani oshiruvchi to’g’ri reaksiya kuchayadi)
Bosimning ta’siri. Bosim va hajmning o’zgarishi faqat gazlar ishtirok etadigan reaksiyalar muvozanatiga ta’sir ko’rsatadi va bu sharoitda reaksiya gazsimon moddalarning malekulalar sonini o’zgarishiga olib keladi. Sistema bosimi o’zgarmas temperatira (T) va hajmda (V) gazsimon moddalarning malekulalari soniga to’g’ri proporsional, shuning uchun sistema bosimining o’zgarishiga gaz malekulalari ta’sir qiladi.
Bosim ortganda sistema muvozanati gazsimon moddalar malekulalari sonini kamayishi bilan boradiga reaksiya yo’nalishi tomoniga (hajm kam tomonga), bosim kamayganda gazsimon moddalar molekulalarining sonini ortishi bilan boradigan (hajm ko’p tomonga) reaksiya yo’nalishi tomonga siljiydi.
sistemada bosim ortganda hajm kam tomonga to’g’ri reaksiya tomonga, bosim kamayganda hajm ko’p teskari reaksiya tomonga siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |