Amaliy mashg‘ulot-2 Nuqta. Koordinatalar bo‘yicha nuqtaning proeksiyalarini yasash. Xususiy vaziyatdagi nuqtalar


Ikkinchi chorakda joylashgan nuqtaning chizmasi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#220206
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Амалий машғулот

        Ikkinchi chorakda joylashgan nuqtaning chizmasi. Fazoda berilgan B nuqtaning (3.7–rasm) 

proeksiyalarini  yasash  uchun  bu  nuqtadan  H  va  V  tekisliklarga  perpendikulyarlar  o‘tkazamiz,  bu 

perpendikulyarlarning  proeksiyalar  tekisliklari  bilan  kesishgan  B’  va  B”  asoslari  B  nuqtaning 

gorizontal  va  frontal  proeksiyalari  bo‘ladi.  B  nuqtaning  chizmasini  tuzish  uchun  H  tekislikni  3.8–

rasmda ko‘rsatilganidek V tekislikka jipslashtiramiz. B nuqtaning B” frontal proeksiyasining vaziyati 

o‘zgarmay qoladi. Uning B’ gorizontal proeksiyasi esa H tekislik bilan V tekislikka jipslashadi va Ox 

o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan, chiziqda bo‘ladi (3.9–rasm). 

 

  



   

 

3.7-rasm   



 

3.8-rasm 

 

 

3.9-rasm 



    Demak,  II  chorakda  joylashgan  har  qanday  nuqtaning  gorizontal  va  frontal  proeksiyalari  Ox 

o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan bir bog‘lovchi chiziqda va Ox o‘qining yuqorisida joylashadi.  

 Uchinchi  chorakda  joylashgan  nuqtaning  chizmasi.  Fazodagi  C  nuqta  III  chorakda  joylashgan 

(3.10–rasm).  Bu  nuqtaning  gorizontal  va  frontal  proeksiyalarini  yasash  uchun  H  va  V  tekisliklarga 

perpendikulyar  tushiramiz.  Bu  perpendikulyarlarning  H  va  V  tekisliklardagi  C’  va  C”  asoslari  C 

nuqtaning  gorizontal  va  frontal  proeksiyalari  bo‘ladi.  Nuqtaning  epyurini  yasash  uchun  H  tekislikni 

qabul  qilingan  qoidaga  muvofiq  V  tekislikning  davomi  bilan  jipslashtiramiz  (3.11–rasm).  Bunda  H 

tekislik  yuqorida joylashadi. C nuqtaning C” frontal proeksiyasi V tekislikda bo‘lgani uchun vaziyati 

o‘zgarmay qoladi, C’ gorizontal proeksiyasi esa H tekislik bilan birga V tekislikka jipslashadi va 3.12–

rasmda ko‘rsatilgan vaziyatni egallaydi. 





Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling