Amaliy mashg‘ulot-2 Nuqta. Koordinatalar bo‘yicha nuqtaning proeksiyalarini yasash. Xususiy vaziyatdagi nuqtalar


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#220206
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Амалий машғулот



Amaliy mashg‘ulot-2 

Nuqta. Koordinatalar bo‘yicha nuqtaning proeksiyalarini yasash. Xususiy vaziyatdagi 

nuqtalar. 

O‘zaro  perpendikulyar  bo‘lgan  ikki  tekislik  bir–biri  bilan  kesishib  fazoni  to‘rt  qismga  – 

kvadrantlarga  (choraklarga)  bo‘ladi.Fazoda  gorizontal  vaziyatda  joylashgan    (3.1–rasm)  H  tekislik 

gorizontal  proeksiyalar  tekisligi,  vertikal  joylashgan  V  tekislik  frontal  proeksiyalari  tekisligi  deb 

ataladi. H va V proeksiyalar tekisliklari o‘zaro kesishgan Ox chizig‘i proeksiyalar o‘qi deyiladi.  

Proeksiyalar  tekisliklari  sistemasining  bunday  fazoviy  modelida  turli  geometrik  shakllar, 

shuningdek, detallar, mashina va inshootlarni joylashtirib, so‘ngra ularning chizmalarini yasash katta 

noqulayliklar tug‘diradi va zaruriyati ham bo‘lmaydi. Tekisliklarning 

Konstruktorlik  hujjatlarini  bajarishda  bu  bir  tekislikka  joylashtirilgan  (jipslashtirilgan)  tekis 

tasvirlaridan  foydalaniladi.  Shu  maqsadda  H  gorizontal  proeksiyalar  tekisligini  Ox  proeksiyalar  o‘qi 

atrofida  aylantirib,  V  tekislik  bilan  ustma–ust  tushirib  jipslashtiriladi  (3.2–rasm).  Natijada,  H  va  V 

tekisliklarda  bajarilgan  barcha  yasashlar  asosiy  chizma  tekisligi  sifatida  qabul  qilingan  V  frontal 

proeksiyalar  tekisligiga  joylashtiriladi.  Bunda  nuqta  yoki  geometrik  shaklning  bitta  tekislikda 

joylashtirilgan  ikki  –  gorizontal  va  frontal  tasvirlari  –  Monj  chizmasi  (yoki  kompleks  chizma)  hosil 

qilinadi. 

Amalda  geometrik  shakllarning  to‘g‘ri  burchakli  proeksiyalarini  yasashda  asosan  proeksiyalar 

o‘qlaridan  foydalaniladi.  Shuning  uchun  chizmada  proeksiyalar  tekisliklarining  konturini  tasvirlash 

shart emas (3.3–rasm). 

 

 

 



3.1-rasm   

 

 



3.2-rasm 

 

 



3.3-rasm 

Nuqta  yoki  geometrik  shakl  fazoning  turli  choraklarida  joylashuvi  mumkin.  Quyida  I–IV 

choraklarda joylashgan nuqtalarini ko‘rib chiqamiz. 


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling