Ikkinchi chorakda joylashgan nuqtaning chizmasi. Fazoda berilgan B nuqtaning (3.7–rasm)
proeksiyalarini yasash uchun bu nuqtadan H va V tekisliklarga perpendikulyarlar o‘tkazamiz, bu
perpendikulyarlarning proeksiyalar tekisliklari bilan kesishgan B’ va B” asoslari B nuqtaning
gorizontal va frontal proeksiyalari bo‘ladi. B nuqtaning chizmasini tuzish uchun H tekislikni 3.8–
rasmda ko‘rsatilganidek V tekislikka jipslashtiramiz. B nuqtaning B” frontal proeksiyasining vaziyati
o‘zgarmay qoladi. Uning B’ gorizontal proeksiyasi esa H tekislik bilan V tekislikka jipslashadi va Ox
o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan, chiziqda bo‘ladi (3.9–rasm).
3.7-rasm
3.8-rasm
3.9-rasm
Demak, II chorakda joylashgan har qanday nuqtaning gorizontal va frontal proeksiyalari Ox
o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan bir bog‘lovchi chiziqda va Ox o‘qining yuqorisida joylashadi.
Uchinchi chorakda joylashgan nuqtaning chizmasi. Fazodagi C nuqta III chorakda joylashgan
(3.10–rasm). Bu nuqtaning gorizontal va frontal proeksiyalarini yasash uchun H va V tekisliklarga
perpendikulyar tushiramiz. Bu perpendikulyarlarning H va V tekisliklardagi C’ va C” asoslari C
nuqtaning gorizontal va frontal proeksiyalari bo‘ladi. Nuqtaning epyurini yasash uchun H tekislikni
qabul qilingan qoidaga muvofiq V tekislikning davomi bilan jipslashtiramiz (3.11–rasm). Bunda H
tekislik yuqorida joylashadi. C nuqtaning C” frontal proeksiyasi V tekislikda bo‘lgani uchun vaziyati
o‘zgarmay qoladi, C’ gorizontal proeksiyasi esa H tekislik bilan birga V tekislikka jipslashadi va 3.12–
rasmda ko‘rsatilgan vaziyatni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |