Amaliy mashg‘ulot-2 Nuqta. Koordinatalar bo‘yicha nuqtaning proeksiyalarini yasash. Xususiy vaziyatdagi nuqtalar
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Амалий машғулот
a) b) v) g) 3.20-rasm A nuqtadan W tekislikka tushirilgan perpendikulyarning asosini (3.20a–rasm) aniqlash uchun A′ dan Oy o‘qiga tushirilgan perpendikulyar o‘tkazamiz va A
ni belgilaymiz. So‘ngra A y dan Oy ga perpendikulyar qilib o‘tkazilgan chiziqning A nuqtadan W ga tushirilgan perpendikulyar bilan kesishgan A″′ nuqtasini topamiz. A nuqtadan W tekislikka tushirilgan perpendikulyarning asosi A″′ ni A″ dan Oz o‘qigacha o‘tkazilgan perpendikulyar orqali ham aniqlash mumkin.
A nuqtadan H, V va W tekisliklariga o‘tkazilgan perpendikulyarlarning asoslari A′, A″ va A″′ nuqtaning ortogonal proeksiyalari deyiladi. Bunda A′ – nuqtaning gorizontal proeksiyasi, A″ – frontal proeksiyasi va A″′ – profil proeksiyasi deyiladi va A(A′,A″,A″′) ko‘rinishida yoziladi. A nuqtaning chizmasini tuzish uchun V tekislikni qo‘zg‘atmasdan H va W proeksiyalar tekisliklarini V tekislikka jipslashtiramiz (3.20,b–rasm). A nuqtaning A″ frontal proeksiyasi V tekislikka tegishli bo‘lgani uchun uning vaziyati o‘zgarmay qoladi. Gorizontal A′ va profil A″′ proeksiyalar H va W tekisliklariga mos ravishda tegishli bo‘lgani uchun bu tekisliklar Ox va Oz o‘qlar atrofida pastga va o‘ngga 90° ga buriladi va 3.20,b,v–rasmda ko‘rsatilgan vaziyatni egallaydi. A nuqtaning hosil qilingan chizmasida uning A′ va A″ proeksiyalari Ox ga perpendikulyar bo‘lgan bir proeksion chiziqda, frontal A″ va A″′ profil proeksiyalari esa Oz o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan ikkinchi proeksion chiziqda joylashadi. Ta’rif: Har qanday nuqtaning frontal va profil proeksiyalari Oz o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan bitta proeksion bog‘lovchi chiziqda yotadi. Shuningdek, 3.20,g–rasmdan A x A′=OA y =A z A″′ ekanligini aniqlash mumkin. Demak, chizmada A nuqtaning A′ gorizontal va A″′ profil proeksiyalari orasidagi proeksion bog‘lanish chizig‘i, markazi O nuqtada bo‘lgan radiusi OA
ga teng yoy yoki A u nuqtadan 45° da o‘tkazilgan chiziq yordamida hosil qilinadi. Shuningdek, A′ va A″′ proeksiyalar orasidagi proeksion bog‘lanishni chizmaning doimiy chizig‘i A yo A y burchak A y bissektrisasi T zW chiziq yordami bilan A′A 0 A″′ to‘g‘ri burchak orqali ham hosil qilish mumkin.
1. Nuqtaning markaziy proeksiyasi qanday yasaladi? 2. Parallel proeksiyalash usuli qanday bajariladi? 3. «Monj usuli» qanday usul? 4. Qanday holda to‘g‘ri chiziqning parallel proeksiyasi nuqta bo‘ladi? 5. «Ortogonal» so‘zi nimani anglatadi? Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling