Amaliy mashg‘ulot-2 Nuqta. Koordinatalar bo‘yicha nuqtaning proeksiyalarini yasash. Xususiy vaziyatdagi nuqtalar


Birinchi  chorakda  joylashgan  nuqtaning  chizmasi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#220206
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Амалий машғулот

Birinchi  chorakda  joylashgan  nuqtaning  chizmasi.    A  nuqtaning  (3.4–rasm)  H  va  

tekisliklardagi  proeksiyalarini  yasash  uchun  bu  nuqtadan  mazkur  tekisliklarga  perpendikulyar 

o‘tkazamiz va ularning bu tekisliklar bilan kesishish nuqtalarini aniqlaymiz. Faraz qilaylik, A nuqtadan 

H  tekislikka  tushirilgan  perpendikulyarning  asosi  A’  bo‘lsin.  A  nuqtadan  V  tekislikka  tushirilgan 

perpendikulyarning  asosi  A”  ni  aniqlash  uchun  A’  dan  Ox  o‘qiga  perpendikulyar  o‘tkazamiz  va  A



x 

nuqtani aniqlaymiz. V tekislikka tushirilgan perpendikulyar bilan Ox o‘qidagi A



x 

nuqtadan ko‘tarilgan 

vertikal bilan kesishtirib A” nuqtasini topamiz. 

A  nuqtadan  H  va  V  tekisliklarga  o‘tkazilgan  perpendikulyarlarning  A’  va    A”asoslari  A  nuqtaning 

to‘g‘ri burchakli proeksiyalari

 

deyiladi.  Bu erda  A’–  A nuqtaning  gorizontal  proeksiyasi,  A”  –  uning 



frontal  proeksiyasi  deb  ataladi.  Shakldagi  AA’  va  AA”  chiziqlar  proeksiyalovchi  nurlar  yoki 

proeksiyalovchi chiziqlar deyiladi. 

A  nuqtaning  chizmasini  tuzish  uchun  tekisliklarning  fazoviy  modelini  yuqorida  qayd  qilingan 

qoidaga muvofiq tekislikka jipslashtiramiz (3.5–rasm). Bunda A nuqtaning A” frontal proeksiyasi V 

tekislikda bo‘lgani uchun uning vaziyati o‘zgarmay qoladi. Gorizontal A’ proeksiyasi H tekislik bilan 

Ox o‘qi atrofida pastga 90

o

 ga buriladi va V tekislikning davomida jipslashadi. Natijada, A nuqtaning 




A’  gorizontal  hamda  A”  frontal  proeksiyalari  Ox  o‘qiga  perpendikulyar  bo‘lgan  bir  bog‘lovchi 

chiziqda joylashadi (3.6–rasm).  

 

3.4-rasm   



 

3.5-rasm 

 

 

 



3.6-rasm 

Demak,  I  chorakda  joylashgan  har  qanday  nuqtaning  gorizontal  proeksiyasi  Ox  o‘qining  ostida, 

frontal  proeksiyasi  uning  yuqorisida,  Ox  o‘qiga  perpendikulyar  bo‘lgan  bir  bog‘lovchi  chiziqda 

joylashadi.  




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling