AMALIY MASHG’ULOT № 2
Mavzu: Kimyoviy jarayonlarda katalizatorlarni qo’llanilishi.
Katalizning klassifikatsiyasi va umumiy xususiyatlari
Katalizatorning klassik ta’rifi Ostvald tomonidan quyidagicha ta’riflangan: «Katalizator – kimyoviy reaksiyaning termodinamikasini emas, balki tezligini o‘zgartiruvchi modda». Ushbu ta’rifdan kelib chiqqan holda, katalizni dinamik hodisa deb aytish mumkin.
Kataliz reaksiyada ishtirok etuvchi reagent va katalizatorlar agregat holatiga qarab, ikki xil klassifikatsiyalanadi: gomogen va geterogen kataliz.
Gomogen katalizda reaksiyada ishtirok etuvchi reagentlar va katalizatorlar bir xil agregat holatda bo‘ladi.
Geterogen katalizda esa reaksiyada ishtirok etuvchi reagent va katalizatorlar turli xil agregat holatda bo‘ladi.
Boudart ta’kidlaganidek, qattiq moddalarda katalitik jarayonlar sodir bo‘lganda, sharoitlar keskin o‘zgaradi. Jumladan, katalitik reaksiyaning harorati minus 195 oC dan yuqori va 1200 oC dan past, bosim esa 10-9 va 100 MPa oralig‘ida o‘zgarishi mumkin.
Katalizatorlar va katalitik jarayonlar uchun quyidagi asosiy belgilarni ajratish mumkin:
katalizatorlar va reagentlarning agregat holati (sistemalarning fazaviy holati bo‘yicha sinflash);
elektronlarning katalizator va reagentlar orasida ajralishi usuli (gomolitik va geterolitik kataliz);
kislota-asosli kataliz;
katalizatorlarning kimyoviy tarkibi;
qattiq katalizatorlarning tuzilishi;
purkalgan va shimdirilgan katalizatorlar;
biokatalizatorlar;
fazalararo kataliz;
nanokatalizatorlar.
Katalizator va reaksiyaga kirishayotgan moddalar agregat holati bo‘yicha katalitik jarayonlar sinflanishi
Katalizator ishlatish yo’li bilan tezligini o’zgartirish mumkin bo’lgan reaksiyalar katalitik reaksiyalar deb ataladi. Kataliz — kimyoviy reaksiya tezligining katalizator ishtirokida o’zgarishidir. Ba'zi katalizatorlar reaksiyani juda tezlashtirib yuboradi — musbat kataliz yoki to’g’ridan-to’g’ri kataliz deb, boshqalari sekinlashtiradi, ularni manfiy kataliz deyiladi.
Musbat katalizga
Sulfat kislotaning olinishi,
Ammiakning platina katalizator ishtirokida oksidlanib azot (I) oksidga aylanishi
va boshqalar misol bo’la oladi
reaksiya tezligini kamaytiruvchi manfiy katalizatorlar esa — ingibitorlar deyiladi (ularning ta'sir etish mexanizmi katalizatorlarning ta'siridan farq, kiladi).
Manfiy katalizga
Natriy sulfid eritmasi bilan havo kislorodining o’zaro ta'sir reaksiyasining etil spirt ishtirokida sekinlashishi
Vodorod peroksid parchalanish tezligining oz miqdordagi sulfat kislota (0,0001 mas.k,.) ishtirokida kamayishi
Do'stlaringiz bilan baham: |